Rotshildlar oilasiga tegishli Rothschild Investment Corporation fondi “Gazprom”ning Amerika depozitar qaydlari (ADR)ga sarflangan mablag‘larni ko‘paytirdi. Bu haqda fondning AQSh qimmatli qog‘ozlar va birjalar bo‘yicha komissiyasiga yuborilgan hujjatlariga asoslanib, “ITAR-TASS” xabar berdi.
2013-yil oxirida Rotshildlarda “Gazprom”ning 241 ming dollarlik qog‘ozlari bo‘lgan bo‘lsa, aprelda portfel 1,7 million dollargacha oshdi.
Rossiya gaz monopolistining ADR’lari o‘tgan yil so‘ngida 8,65 dollar turgan bo‘lsa, aprelga kelib, 7,77 dollarga tushdi.
Hozirda Rossiya aksiyalari dunyodagi eng arzonlaridan biri hisoblanadi. Narxlarning daromadga nisbati Rossiya bozori bo‘yicha o‘rtacha 6:1 ni tashkil etadi, aslida 12—13:1 ko‘rsatkichi normal hisoblanadi.
Izoh (0)