Oliy Rada tomonidan tayinlangan Ukraina prezidenti vazifasini bajaruvchi Aleksandr Turchinov Rossiya tarkibiga kirgan Qrim va Sevastopol shahri “vaqtinchalik bosib olingan hudud” deb atalgan qonunni imzoladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
“Ukrainaning vaqtinchalik bosib olingan hududida fuqarolar huquq va erkinliklarini ta’minlash hamda huquqiy rejim” qonunida mamlakat fuqarolari Qrim va Sevastopoldan erkin chiqib ketishlari kafolatlangan. Shu bilan birga, Qrim propiskasiga ega 16 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan shaxslarning chiqib ketishi uchun maxsus murakkablashtirilgan rejim yaratilishi haqida so‘z borgan.
Qonunga ko‘ra, “vaqtinchalik bosib olingan hudud” Ukrainaning ajralmas qismi va u yerda ukrain qonunchiligi amal qiladi. Biroq hududda inson huquqlari buzilsa, bunga Rossiya Federatsiyasi javobgar bo‘ladi. Shu bilan birga, Qrimning Rossiya tarkibiga kirishi yuzasidan kelib chiqqan moddiy ziyonlar Rossiya tomonidan qoplanishi kerak.
Izoh (0)