Namangan shahrida tennis bo‘yicha qizlar o‘rtasida Namangan combined ITF Pro Circuit event xalqaro turniri boshlandi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Birinchi davrada kortga tushgan o‘zbekistonlik tennischilardan Nigina Abduraimova va Sabina Sharipova raqiblari ustidan g‘alaba qozonib, bosh sovrin uchun kurashni davom ettirmoqda.
Nigina Abduraimova serbiyalik Barbara Bonichni 6:1, 6:4 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa, Sabina Sharipova hindistonlik Ankita Rainadan 6:3, 7:6 hisobida ustun keldi.
Izoh (0)