2014-yilning 23—25-aprel kunlari Urganch shahrida dzyudo bo‘yicha 1996—1997-yillarda tavallud topgan sportchilar o‘rtasida mamlakat chempionati o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmatidan ma’lum qilinishicha, bu yilgi musobaqalarda mamlakatning barcha hududlaridan kelgan 563 nafar umidli dzyudochi g‘oliblik uchun tatamida bellashadi.
Chempionatning birinchi kuni o‘g‘il bolalar o‘rtasida 46, 50 va 55 kilogrammgacha vazn toifalarida, qizlar orasida esa 36, 40, 44 hamda 48 kilogrammgacha vazn toifalarida g‘olib va sovrindorlar nomi ma’lum bo‘ladi.
24-aprel kuni o‘smirlar o‘rtasida 60, 66 va 73 kilogrammgacha vaznda, qizlar orasida esa 52 hamda 57 kilogrammagacha vazn toifalarida bellashuvlar o‘tkaziladi.
Va nihoyat, chempionatning uchinchi kuni o‘g‘il bolalar o‘rtasida 81 va 90 kilogrammgacha, shuningdek, 90 kilogrammdan ortiq vazn toifasida, qizlar orasida esa 63 va 70 kilogrammgacha hamda 70 kilogrammdan ziyod vaznda sovrindorlar nomi aniqlanadi.
Izoh (0)