Meksikada 7,5 magnitudali yer qimirlashi sodir bo‘ldi. AQSh Geologik xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, yerosti silkinishi epitsentri g‘arbiy Gerrero shtati hududida, zilzila o‘chog‘i esa 39 km chuqurlikda joylashgan, deb yozadi “ITAR-TASS”.
Meksika hukumatining xabar berishicha, yer qimirlashi sababli ba’zi shaharlarda baland binolardan, shuningdek, Tinch okeani sohilidagi mehmonxonalardan odamlar evakuatsiya qilingan.
Meksikaning markaziy tumanlarida elektr energiyasining uzilib qolishi qayd etilgan. Bir necha vaqt davomida mobil aloqa ishlamagan.
Meksika hukumati vakillari aholi yashaydigan punktlar hududi vertolyotlarda tekshirilganidan so‘ng zilzila turar joylarga zarar yetkazgani haqida ma’lum qildi. Biroq talofat ko‘lami hali aniqlanmadi.
Izoh (0)