19-aprel, shanba kuni ertalab Papua-Yangi Gvineyadagi Bugenvil orolining g‘arbiy qirg‘oqlarida 6,9 magnitudali zilzila yuz berdi. Bu haqda AQSh Geologiya xizmati sayti ma’lumotiga tayanib “RIA Novosti” xabar berdi.
Yerosti silkinishlari shanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 11:04 (Toshkent vaqti bilan 06:04)da qayd etilgan. Epitsentr orolning markaziy qismidagi Pangun shahridan 62 km janubi-g‘arbda joylashgan. Zilzila o‘chog‘i 45 kilometr yer tubida bo‘lgan.
Qurbonlar va vayronalar haqida xabar berilmagan. Sunami xavfi e’lon qilinmadi.
Papua-Yangi Gvineya “Tinch okean olov halqasi”ning bir qismi hisoblanib, yuqori seysmik faollikka ega.
Izoh (0)