Qarshida o‘tkazilayotgan 1st Karshi xalqaro turnirining chorak final bahslari yakunlandi. Bu haqda Sports.uz xabar berdi.
Sovrin jamg‘armasi 25 000 AQSh dollari bo‘lgan musobaqada o‘zbekistonlik Nigina Abduraimova yarim final yo‘llanmasi uchun o‘tgan bahsda rossiyalik Yekaterina Bichkova bilan bahslashdi. Nigina birinchi setda raqibasiga qarshi hujum taktikasida o‘yin olib bordi va setni 6:4 hisobida o‘z foydasiga hal qildi. Ikkinchi setda ham Nigina bir qator aniq zarbalar yo‘llab raqibasiga nisbatan tezkor o‘yin namoyish etdi. Natijada Nigina 6:3 hisobida g‘olib kelib, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Yarim finalda Nigina Abduraimova hindistonlik Ankita Raina bilan raqobatlashadi.
Izoh (0)