Buxoroda “Yuksak ma’naviyatli avlod” shiori ostida o‘tkazilayotgan respublika yoshlar festivalining shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari hamda oliy o‘quv yurtlari talabalari ishtirok etdi. Bu haqda O‘zA ma’lum qildi.
400 nafardan ziyod yosh ishtirok etgan festivalda “Prezident asarlari bilimdoni”, “Eng yangi tarix bilimdoni”, “Eng iqtidorli hunarmand”, “O‘z asarida milliylikni aks ettirgan rassom”, “O‘z asarida milliylikni ifodalagan dizayner”, “Vatan kuychisi” kabi nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi.
Tadbir doirasida tashkil etilgan hunarmandchilik buyumlari ko‘rgazmasida yosh zardo‘zlar, kandakor va kashtachilar tomonidan yaratilgan mahsulotlar namoyish etildi.
Turli nominatsiyalar bo‘yicha g‘olib deb topilgan 21 nafar yigit-qiz 2014-yilning may oyida o‘tkaziladigan festivalning viloyat bosqichida ishtirok etadi.
Izoh (0)