“Paxtakor” futbol klubi rahbariyati sotilgan chiptalar asosida tanaffus vaqtida sovrinli o‘yin tashkil qildi. “Olmaliq” bilan uchrashuvda omadli ishqibozlar to‘rtta futbol to‘pi, ikkitadan televizor, DVD pleyer va iPhone 5s telefoni bilan bir qatorda jamoa ramzi tushirilgan esdalik sovg‘alarini ham qo‘lga kiritdi. Bu haqda “Paxtakor” futbol klubi sayti xabar berdi.
“Paxtakor” o‘z maydonida navbatdagi uchrashuvni O‘zbekiston Kubogining 1/16 final bosqichi doirasida “Xorazm” bilan o‘tkazadi. Uchrashuv 18-aprel kuni “Paxtakor” Markaziy stadionida soat 18:00 da boshlanadi. Bu safar ham stadionga tashrif buyuradigan ishqibozlarda “Paxtakor” futbol klubining turli esdalik sovg‘alarini yutib olish imkoniyati mavjud. Shuningdek, bir necha ishqiboz Fitness House sog‘lomlashtirish markaziga bepul oylik abonementlar sohibiga aylanishi mumkin. Chiptalar stadion kassalarida 2000 so‘mdan sotiladi.
Izoh (0)