Namanganda yoshlar o‘rtasida pnevmatik quroldan o‘q otish bo‘yicha mamlakat kubogining ikkinchi bosqich musobaqalari bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda O‘zA.
O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining texnik va amaliy sport turlari markazi tomonidan o‘tkazilgan musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan 17 yoshgacha bo‘lgan 70 nafar yosh sportchi ishtirok etdi.
Umumjamoa hisobida Toshkent shahri jamoasi birinchi, Andijon viloyati jamoasi ikkinchi va namanganliklar uchinchi o‘rinni egalladi.
O‘g‘il bolalar o‘rtasida o‘tkazilgan havo miltig‘idan o‘q otish bahslarida Andijon viloyatidan Izzatbek Yusupov birinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni Toshkent shahridan Nikita Xlistov, samarqandlik Temur Korobov qo‘lga kiritdi. Qizlar o‘rtasida Namangan shahridan Muxtasar Tohirova, Angelina Sebova va andijonlik Yulya Kondrashova sovrinli o‘rinlarni egalladi.
Havo to‘pponchasidan o‘q otishda poytaxtlik Sardor Sattorov oltin, andijonlik Georgiy Vabanovskiy kumush va namanganlik Dmitriy Romanovskiy bronza medallarni qo‘lga kiritdi. Qizlar bahsida Zaringiz Aminjonova mutlaq g‘olib bo‘ldi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarga namanganlik Valeriya Ribakova, toshkentlik Kamola Yunusova sazovor bo‘ldi.
Izoh (0)