Toshkent viloyati Chinoz tumanida istiqomat qiluvchi ayol tamaki chekib uxlab qolgan. U yonishni boshlagan gilam ustiga yiqilib tushganida xona tutun bilan qoplangan edi. Qo‘shnilari o‘t o‘chiruvchilarga qo‘ng‘iroq qilgan, biroq kech bo‘lgan — kashanda ayol halok bo‘lgan, deb yozadi “Pravda Vostoka” gazetasi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi muhandisi Anvar Xudoyqulovning ma’lum qilishicha, Angren shahrida istiqomat qiluvchi ayolning uyi deyarli zarar ko‘rmagan — faqatgina yarim metr maydon yongan. Ammo uy egasi turli darajadagi kuyish jarohatini olgan. Yong‘in tamaki mahsuloti tufayli yuz bergani uchun ayol chekishni tashlash haqida o‘ylamoqda, deyiladi xabarda.
Andijon viloyati Marhamat tumanida yashovchi fuqaro sigaret chekish niyatida gugurt yoqqan, biroq xonada tarqalgan gaz tufayli alanga paydo bo‘lgan. Oqibatda bu fuqaro va uning rafiqasi turli darajadagi kuyish jarohatini olgan hamda shifoxonaga joylashtirilgan. Ma’lum bo‘lishicha, gaz quvurining ulangan joyi yaroqsiz holatda bo‘lgan, oila a’zolari esa buni sezmagan.
Izoh (0)