Qarshi shahri ITF doirasiga kiruvchi o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi Karshi F1 va qizlar o‘rtasidagi 1st Karshi xalqaro turniriga mezbonlik qiladi. Bu haqda Sports.uz xabar berdi.
Sovrin jamg‘armasi 10 000 AQSh dollarini tashkil etuvchi o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi turnirda dunyoning ko‘plab davlatlaridan tashrif buyurgan jami 126 nafar yosh tennischi ishtirok etsa, qizlar o‘rtasidagi 1st Karshi xalqaro turnirida jami 230 nafar tennis malikasi qatnashadi. Ushbu musobaqaning sovrin jamg‘armasi 25 000 AQSh dollarini tashkil qiladi.
Mazkur turnirda qizlardan Nigina Aburaimova, Sabina Sharipova, Arina Fols va Go‘zal Yusupova kabi yosh tennischilarimiz g‘oliblik uchun kurash olib borsa, o‘g‘il bolalar o‘rtasida kechadigan bahslarda Sarvar Ikromov, Timur Ismoilov, Sanjar Fayziyev va Sergey Shippilovlar O‘zbekiston sharafini himoya qiladi.
Turnirlarning asosiy tur o‘yinlari 14-apreldan boshlanadi. Final uchrashuvi 20-aprel kuni bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)