Rossiyaning Xanti-Mansiysk shahrida xotin-qizlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan FIDE Gran-Prisining to‘rtinchi bosqichida bugun, 14-aprel kuni beshinchi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Dunyoning 12 nafar yetakchi grossmeysteri ishtirokida o‘tayotgan musobaqada O‘zbekiston sharafini xalqaro grossmeyster Nafisa Mo‘minova himoya qilmoqda.
Bugunб 14-aprel kuni o‘tkaziladigan beshinchi turda hamyurtimiz musobaqa peshqadami xitoylik Xou Ifanga qarshi dona suradi.
Shu kunga qadar bo‘lib o‘tgan musobaqalar yakunlariga ko‘ra, Nafisa Mo‘minova to‘rt imkoniyatdan 1,5 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida o‘ninchi o‘rinda bormoqda.
Izoh (0)