O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari davlat muzeyida “Amir Temur va temuriylar tarixiga oid bilimlar bilimdoni” mavzusida breyn-ring musobaqasi o‘tkazildi.
Musobaqada Toshkent Oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurti, Chirchiq Oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti, Axborot texnologiyalari universiteti Maxsus fakulteti hamda Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi harbiy-tibbiyot fakulteti kursant va ofitserlari ishtirok etdi.
Bellashuv natijalariga ko‘ra, Axborot texnologiyalari universiteti Maxsus fakultetining “Lochinlar” jamoasi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. G‘oliblar Amir Temur byusti, diplom va Qurolli kuchlar tarixi kitobi bilan taqdirlandi.
Ta’kidlash joiz, breyn-ring bahsi Sohibqiron Amir Temur va temuriyzodalarning jang san’atini, ularning sarkardalik mahoratlarini, vatani va xalqiga munosabatini o‘rganish orqali harbiy xizmatchilarni o‘ziga, bilimiga bo‘lgan ishonchini, milliy g‘ururini, mustaqillik g‘oyalariga sadoqatini oshirish, shuningdek, vatanparvarlik, harbiy qasamyodiga sodiqlik ruhida tarbiyalash maqsadida tashkil qilindi.
Izoh (0)