12-aprel, shanba kuni “Paxtakor” Markaziy stadionida soat 17:30 da boshlanadigan “Paxtakor”—“Olmaliq” bahsini tomosha qilish uchun tashrif buyurganlar iPhone 5 telefonini yutib olishi mumkin. Sports.uz’ning xabar berishicha, chiptalar xarid qilgan tomoshabin “Omadli muxlis” sovrinli o‘yini ishtirokchisiga aylanadi.
Stadionga tashrif buyurgan ishqibozlar 2 ta iPhone 5 telefonidan tashqari, “Paxtakor” tarixi haqidagi kitoblar, klub ramzi tushirilgan sharf va boshqa esdalik sovg‘alar, DVD-pleyer hamda 2 dona LED televizorini ham yutib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shuningdek, o‘yin davomida stadionda tomoshabinlarga turli salqin ichimliklar va oziq-ovqat mahsulotlari ulashiladi. Stadionda muxlislar uchun barcha qulayliklar yaratiladi.
Chiptalarni “Paxtakor” Markaziy stadioni kassalaridan xarid qilish mumkin. Chiptalar 2000 so‘m va undan yuqori narxlarda sotilmoqda, — deyiladi klub rasmiy saytidagi ma’lumotda.
Izoh (0)