Beeline aloqa operatori “Mening musiqam” (gudok o‘rniga musiqa o‘rnatish) xizmati ringtonlarining eng ko‘p o‘rnatilgan o‘nligini taqdim etdi. Bu haqda Beeline matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlash joiz, navbatdagi reytingdan yana Tamilaning “Yagonam” taronasi birinchi o‘rinni egalladi.
Top-10 ga ko‘ra, quyidagi qo‘shiqlardan gudok o‘rnida ko‘p foydalanilgan:
- 1o-o‘rin: Sarvar va Komil — “So‘rama”
- 9-o‘rin: Alisher Fayz — “Ko‘rishamiz”
- 8-o‘rin: “Ummon” — “Kim deya”
- 7-o‘rin: Sardor Rahimxon — “Do‘st”
- 6-o‘rin: Ulug‘bek Rahmatullayev — “Meni kechir”
- 5-o‘rin: “Ummon” — “Aytgin menga”
- 4-o‘rin: “Ummon” — “To‘xta”
- 3-o‘rin: Rayhon — “So‘naman”
- 2-o‘rin: Nilufar Usomonova — “Unutgin”
- 1-o‘rin: Tamila — “Yagonam”
Endilikda “Mening musiqam” sahifasidan musiqa xarid qilganda, 0644 raqamiga qo‘ng‘iroq qilganda, shuningdek, musiqani ko‘chirib olganda yoki sovg‘a qilganda u avtomat tarzda ishga tushadi.
Bundan tashqari, do‘stingizning sizga yoqib qolgan musiqasini, agar u ham Beeline abonenti bo‘lsa, osongina ko‘chirib olishingiz mumkin. Buning uchun musiqani gudok o‘rnida eshitayotgan vaqtda “yulduzcha”(*)ni bosish zarur. Shundan so‘ng telefonga SMS keladi. Agar o‘sha musiqani o‘rnatishni istasangiz, “Ha” so‘zi, istamasangiz, “Yo‘q” so‘zi bilan javob berishingiz kerak.
Izoh (0)