Kosovoning Prishtina shahrida davom etayotgan WSKU – Jahon shotokan karate-do uyushmasi yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempionatining birinchi kunida o‘zbekistonlik Muhammadabdulaziz Xo‘jaqulov kumite yo‘nalishida barcha raqiblarini yengib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.Bu haqda “Sports.uz” xabar berdi.
Musobaqada dunyoning 50 dan ziyod mamlakatidan 1500 nafardan ortiq karatechilar o‘zaro kuch sinashmoqda.
Izoh (0)