Donetsk xalq respublikasining Respublika kengashi Rossiya prezidenti Vladimir Putinga murojaat etib, hududga vaqtincha tinchlik o‘rnatuvchi kuchlarni kiritishni so‘radi. Bu to‘g‘rida “ITAR-TASS” xabar qilmoqda.
Deputatlar murojaatni bir ovozdan qo‘llab-quvvatladilar, deyiladi xabarda.
Ilgari Donetsk viloyat kengashi deputatlari Donetsk xalq respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qilgan edilar. Bu haqdagi bayonot viloyat kengashining yig‘ilishida o‘qib eshittirilgan edi. “Tan olingan chegaralar doirasidagi hudud bo‘linmas va daxlsizdir”, – deya ta’kidlanadi bayonotda.
Shuningdek, deputatlar hududning Rossiya tarkibiga qo‘shilishi masalasi bo‘yicha 2014-yil 11-maydan kechiktirmasdan referendum o‘tkazishga ham qaror qilishgan. “Bu sana borasida Lugansk va Xarkov viloyatlari bilan kelishilgan”, – deydi yig‘ilish qatnashchilaridan biri.
Izoh (0)