Ukraina Oliy Radasida Rossiya Federatsiyasi fuqarolarini Ukraina fuqaroligiga olish shartlarini soddalashtirish bo‘yicha qonun loyihasi ro‘yxatga olindi, deya xabar beradi UNIAN.
Loyiha mualliflari sanalgan “Batkivshchina” va “UDAR” partiyalarining xalq deputatlari e’tirof etishlaricha, u Qrimning Rossiya Federatsiyasi tarkibiga kirishiga norozilik tariqasida Rossiya fuqaroligidan bosh tortayotgan kishilarga taalluqlidir.
Unga muvofiq, bunday fuqarolardan qonunda belgilangan ma’lum muddatgacha Ukraina hududida istiqomat qilish, emigratsiya uchun ruxsatnoma olish hamda davlat tilini mukammal bilish talab etilmaydi.
Biroq fuqarolikni qabul qilganlaridan so‘ng ular ikki yil muddat ichida davlat tilini “tushunish va muloqot qilish darajasida” bilishlari talab etiladi.
Izoh (0)