Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Badiiy akademiyasining Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvonsaroyida Koreya Respublikasi rassomlarining ko‘rgazmasi ochildi, deb yozadi O‘zA.

Koreya rassomlarining ko‘rgazmasi. Foto: O‘zA

Koreya rassomlarining ko‘rgazmasi. Foto: O‘zA

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi va Koreya tasviriy san’at uyushmasi hamkorligida tashkil etilgan mazkur ko‘rgazmaning ochilishida turli vazirlik va idoralar, ijodiy tashkilotlar, mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan diplomatik korpus vakillari, rassomlar, san’at ixlosmandlari ishtirok etdi.

Koreya rassomlarining ko‘rgazmasi. Foto: O‘zA

Koreya rassomlarining ko‘rgazmasi. Foto: O‘zA

Ko‘rgazmada koreyalik musavvirlar hamda O‘zbekistonda yashab, ijod qilayotgan koreys millatiga mansub rassomlarning 300 dan ortiq asari namoyish etilmoqda.

Koreya rassomlarining ko‘rgazmasi. Foto: O‘zA

Koreya rassomlarining ko‘rgazmasi. Foto: O‘zA

Koreya rassomlarining ko‘rgazmasi. Foto: O‘zA

Koreya rassomlarining ko‘rgazmasi. Foto: O‘zA

– O‘zbekiston va Janubiy Koreya rassomlari ijodida mushtarak jihatlar ko‘p, – dedi Koreya tasviriy san’at uyushmasi raisi Cho Kan Xun. – Ularda milliy va umuminsoniy g‘oyalar, ezgu tuyg‘ular tarannum etiladi. Ushbu ko‘rgazma koreys va o‘zbek xalqlarining do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlash, mamlakatlarimiz o‘rtasidagi madaniy aloqalarni rivojlantirishga katta hissa qo‘shadi.

Koreya rassomlarining ko‘rgazmasi. Foto: O‘zA

Koreya rassomlarining ko‘rgazmasi. Foto: O‘zA

Ko‘rgazmadan o‘rin olgan asarlar, yorqin ranglarda aks ettirilgan turfa kompozitsiyalar san’at ixlosmandlarida katta taassurot qoldirmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Bundesliga. “Bavariya” safarda g‘alaba qozondi va Germaniya chempioniga aylandi, “Borussiya D” o‘z maydonida “Mayns”ni yenga olmadi 
Dunyo
Yuk mashinasidan chiqqan natsistlar bayrog‘i, Buddaning tug‘ilgan kuniga atalgan ajdaho, model bo‘lgan chixuaxua — hafta suratlari
Salomatlik
Salomatlik bilan bog‘liq muammolar keltirib chiqaradigan 6 ta kundalik odat