• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Bosh prokuratura Nig‘matilla Yo‘ldoshev qidiruvdagi shaxslar bilan gaplashib turgani tasvirlangan videoga munosabat bildirdi

    Bosh prokuratura matbuot xizmati O‘zbekiston bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev qidiruvda bo‘lgan shaxslar bilan gaplashib turgani tasvirlangan videoga munosabat bildirdi.

    Kadr: Telegram

    Ijtimoiy tarmoqlarda bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev qidiruvda bo‘lgan Sherali va Abduvali Abdullayevlar bilan gaplashib turgani haqidagi videoyozuv tarqaldi. 

    Qayd etilishicha, 2024-yilning 2-4-yanvar kunlari Nig‘matilla Yo‘ldoshev mehnat taʼtili davrida salomatligini tiklash maqsadida o‘z hisobidan Turkiyaga borib, Medipol Mega tibbiyot klinikasida davolanish muolajalaridan o‘tgan. Turkiyada unga avvaldan tanishi bo‘lgan Azim Jo‘raboyev (videoda qora rangli kurtkada turibdi) hamrohlik qilgan.

    Bosh prokuror Azim Jo‘raboyev bilan klinikada gaplashib turgan vaqtida, ularning oldiga asli familiyasi Sobirjanov (xabarda Sherali Abdullayev deb ko‘rsatilgan) bo‘lgan Sherali ismli shaxs kelib, o‘zini tanishtirgan. Shu vaqtda ular klinikaga kelishi sabablari haqida suhbatlashgan. Sherali Sobirjanov klinikaga o‘zining farzandini davolanishga olib kelganini aytib, bosh prokurorni tanib qolgani uchun ular bilan hamsuhbat bo‘lishga yonlariga kelganini tushuntirgan.

    “Shunday qilib, videoda bosh prokuror yonida turgan ikki shaxsning biri Sherali Sobirjanov bo‘lsa, ikkinchisi Abduvali Abdullayev emas, balki Azim Jo‘raboyev bo‘lgan”, — deyiladi munosabatda.

    Maʼlumot uchun, Abduvali Abdullayev tomonidan 2018-yil 10-may kuni “Baxmal Juice Master” MCHJga bankdan 1,1 million dollar kredit olinib, kredit qarzdorligining 633 ming dollar qasddan qoplanmagani oqibatida, garovdagi “O‘zyengilulgurjisavdo” MCHJga tegishli mulk (maʼmuriy bino) bank tasarrufiga o‘tib ketgani bois, jamiyat manfaatiga katta miqdorda zarar yetkazilgan.

    “O‘zyengilulgurjisavdo” MCHJ taʼsischilarining arizasiga asosan 2021-yil 25-yanvar kuni Abdullayevga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyat ishi doirasida ayblanuvchi Abdullayevga jinoyat kodeksining bir nechta moddalari bilan ayb eʼlon qilinib, sudning ajrimi bilan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari ayblanuvchi qayerda ekani nomaʼlum bo‘lgani sababli vaqtincha to‘xtatilgan.

    Ta’kidlanishicha, jinoyat ishi doirasida Abduvali Abdullayevning o‘g‘li — Rahmatilla Abdullayev ham ayblanuvchi (Jinoyat kodeksining 168, 233, 184-moddalari bilan ayblov xulosasi tuzilgan) sifatida jalb qilingan. 2022-yil 23-iyundagi Yakkasaroy tuman sudining hukmiga ko‘ra, Rahmatilla Abdullayev Jinoyat kodeksining 184-moddasi bilan aybli deb topilgan va unga jarima jazosi tayinlangan. Jinoyat kodeksining 168 va 233-moddalari bilan esa aybsiz deb topilib, reabilitatsiya qilingan.

    Toshkent shahar sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hayʼati apellyatsiya instansiyasining 2022-yil 27-sentyabrdagi ajrimi bilan yuqoridagi sud hukmi o‘zgarishsiz, Yakkasaroy tuman prokurorining apellyatsiya protesti va shikoyatlar qanoatlantirilmasdan qoldirilgan.

    Oliy sud jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hayʼati kassatsiya instansiyasining 2023-yil 28-fevraldagi ajrimi bilan apellyatsiya instansiyasining 2022-yil 27-sentyabrdagi ajrimi bekor qilinib, jinoyat ishi yangidan apellyatsiya instansiyasi sudida ko‘rib chiqish uchun yuborilgan (ish Toshkent shahar prokurorining protesti va fuqaroviy daʼvogarning shikoyati asosida ko‘rilgan).

    Toshkent viloyati sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hayʼati apellyatsiya instansiyasining 2023-yil 26-iyundagi ajrimi bilan birinchi instansiya sudining hukmi bekor qilinib, Rahmatilla Abdullayev Jinoyat kodeksning 168 va 184-moddalari bilan aybli deb topilib, 4 yil 6 oy ozodlikni cheklash va bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlangan.

    Oliy sud jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hayʼati kassatsiya instansiyasining ajrimi bilan apellyatsiya instansiyasining 2023-yil 26-iyundagi hukmi bekor qilinib, jinoyat ishi yangidan apellyatsiya instansiyasi sudida ko‘rib chiqish uchun yuborilgan.

    Toshkent shahar sudi apellyatsiya instansiyasining 2024-yil 24-apreldagi ajrimiga ko‘ra, Yakkasaroy tuman sudining dastlab chiqarilgan hukmi o‘zgarishsiz, Yakkasaroy tuman prokurorining Rahmatilla Abdullayevni Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi, 233-moddasi 1-qismi va 184-moddasi 3-qismi bilan aybli deb topib, jazo tayinlash haqidagi prokuror protesti va jabrlanuvchilarning shikoyatlari rad qilingan.

    Hozirda Bosh prokuratura tomonidan yuqoridagi appelyatsiya ajrimiga nisbatan taftish tartibida prokuror protesti keltirish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

    Sherali Sobirjanov esa “Orental Fresh Food” MCHJ rahbari lavozimida ishlab kelib, bankka soxta kontraktlarni taqdim etgan holda haqiqiy bozor narxi 494 ming 438 dollarlik muzlatgich va 430 ming 182 dollarlik quritish jihozlari uchun jami 1 million 597 ming 630 dollarni Xitoy davlatiga to‘lab berib, 673 ming dollarini talon-toroj qilgan.

    Unga nisbatan 2019-yil 20-iyul kuni Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi va boshqa moddalar bilan sirtdan ayblov eʼlon qilinib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilib, qidiruv eʼlon qilingan.

    Jinoyat ishi Ichki ishlar vazirligi Tergov departamentining ish yurituvida bo‘lib, hozirda dastlabki tergov harakatlari vaqtincha to‘xtatilgan.

    26.04.2024, 13:42   Izoh (0)   71276
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Hamma joyda o‘g‘rilik, hamma joyda korrupsiya” – Shavkat Mirziyoyev bosh prokurorga hududlarga korrupsiya bo‘yicha “tashxis qo‘yish” topshirig‘ini berdi

    27.01.2021, 23:40

    “Men bosh prokurorman, aldamayman-ku”. Nig‘matilla Yo‘ldoshev adliya amaldorini poraxo‘r deyishi ortidan qamalgan vazirlik vakili yaqinlari murojaatiga javob berdi...

    03.05.2023, 19:05

    170 ming dollarni qimorda yutqazgan bankir ishi: Bosh prokuror Qarshida shu haqdagi shikoyatni o‘rgandi

    13.05.2023, 20:42

    “Ona o‘n marta bolasini tergasa ham, otaning bir marta nima qilyapsan degan gapi tosh bosadi”. Zoir Mirzayev maktabdagi otalar majlisi haqida

    26.04.2024, 13:23

    Adliya vazirligi oromgoh uchun qimmatbaho spirtli ichimliklar xaridi yuzasidan izoh berdi

    26.04.2024, 13:03

    Qashqadaryoda voyaga yetmagan qizga jinsiy tegajog‘lik qilgan yigitlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    26.04.2024, 12:25
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 9 may, 23:38

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.