• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +40°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Magic City’ning investori yana o‘zgardi. Uning yangi egasi ham avvalgi ulushdor bilan bir manzilda joylashgan

    Raqobat qo‘mitasi Magic City’ning investor kompaniyasidagi ulushni o‘tkazishni ma’qulladi. Bu haqda qo‘mita axborot xizmati xabar berdi.

    Foto: Toshkent shahar hokimligi/ Yuriy Korsunsev

    Ma’lum qilinishicha, “Xonadon taomlar” MCHJning Stargate Systems MCHJning 86,2 foiz ulushlarini olish bo‘yicha arizasi ko‘rib chiqilgan.

    Qo‘mitaning Maxsus komissiyasi tomonidan o‘tkazilgan tahlil natijalariga ko‘ra, mazkur bitimlar bozorda raqobatga ta’sir ko‘rsatmasligi bo‘yicha xulosaga kelingan va arizani qanoatlantirish hamda bitimlarga rozilik berish haqida qaror qabul qilingan.

    Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Stargate Systems MCHJ ko‘ngilochar va dam olish bog‘lari faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tashkilot hisoblanadi. Kompaniyaning ustav kapitali 426,94 mlrd so‘mni tashkil etib, ayni paytda uning 86,2 foizi 2019-yilda tashkil etilgan “Tashkent Aquarium”ga tegishli. Qolgan 13,8 foiziga prezidentning sobiq maslahatchisi Abdujabbor Abduvohitovning (Jahongir Ortiqxo‘jayevning qudasi) o‘g‘li Alisher Abdujabarovich Abduvohitov egalik qiladi. U bir vaqtning o‘zida ustav fondi 57,04 mlrd so‘mga teng bo‘lgan “Tashkent Aquarium”ning yagona mulkdori hisoblanadi.

    Skrinshot: registr.stat.uz

    2023-yilning 27-dekabr kuni tashkil etilgan “Xonadon taomlari” restoran va oziq-ovqat mahsulotlari yetkazish xizmatlarini ko‘rsatish sohasida faoliyat yuritadi. 50 mln so‘mlik ustav kapitaliga ega kompaniyaning yagona ta’sischisi Muhamadiyev Firdavs Fayzulloyevich, rahbari esa Abdumajidov Bekzod Muzaffarovchi hisoblanadi.

    E’tiborlisi, yuqoridagi barcha kompaniyalar Chilonzor tumani, “Beshyog‘och” MFY, Olmazor dahasi, 183-A uyda joylashgan.

    Bundan ko‘rinib turibdiki, Magic City’ning mulkdori faqat hujjatlardagina o‘zgargan bo‘lishi mumkin.  

    Magic City istirohat bog‘i Milliy bog‘ hududida 2021-yil iyun oyida ochilgan. Loyiha investori Akfa tarkibiga kiruvchi Stargate Systems bo‘lgan. Kompaniya Milliy bog‘ning 20,79 gektar bo‘lgan bog‘ hududini 49 yilga ijaraga olgan.

    O‘tgan yilning boshida Toshkent shahrining sobiq hokimi va tadbirkor Jahongir Ortiqxo‘jayev o‘zining 7 ta kompaniyasi, jumladan, Magic City parki va Mediapark texnika do‘konlari tarmog‘ini sotganini bildirgandi.

    Raqobat qo‘mitasi xabari yuzasidan iqtisodchi Otabek Bakirov 8 yil davomida uchinchi marta Stargate Systems MCHJning ulushdori o‘zgarayotgani yuzasidan o‘z munosabatini bildirib, savollarni o‘rtaga tashladi.

    “Albatta, bu bitim ortidan Magic City operatorining haqiqiy benefitsiarlari yana o‘zgarmoqdami yoki yo‘qmi, chuqurroq o‘rganishsiz bir nima deyish qiyin.

    Lekin aniqki, 8 yil avval davlatdan Milliy bog‘ning qariyb 21 gektarini olib egallagan va qator majburiyatlar olgan investor endi butunlay boshqa. De yure va de-fakto boshqa investor. Birinchi “investor” otning ustida bo‘lib ulushini sotdi, ketdi, keyin ikkinchisi keldi, endi uchinchisi.

    Tabiiyki, savol tug‘iladi, davlat bilan xususiy sheriklik yoki boshqa maqomda bitim tuzilganda bitim tuzgan subyektning benefitsiari, aksiyadori, ulushdori o‘zgarmasligi yoki davlatning roziligi qoidasi bo‘lishi kerak emasmi? 

    Uzoqqa bormaylik, oddiy kredit yoki qarz ajratilayotganda ham qarzdorning ta’sischilari yoki aksiyadorlarni kreditorning roziligisiz o‘zgartirilmasligi talabi temir qoida hisoblanadi.

    O‘zbekistonda “xususiylashtirish”dan tortib “davlat xususiy sheriklik” deyilgan yangi ko‘zbo‘yamachiliklargacha trillionlab qiymatdagi aktivlar bilan bitim tuzilayotganda esa davlatning, demakki, xalqning oddiy manfaatlari mantig‘i unutib qoldiriladi.

    Hech bo‘lmaganda, ta’sischi, aksiyador o‘zgarishi bilan avvalboshda kelishilgan imtiyoz va preferensiyalar bekor bo‘lishi yoki yangi muzokaralar asosida to‘lovlar ko‘rib chiqilishi tamoyillari amal qilmaydi.

    Raqobat qo‘mitasi shunaqa “qo‘shilish va sotilish” bitimlariga ruxsat berishda, vaqti-vaqti bilan shu himoya mantig‘ini yodga solib tursa bo‘lardi” deydi iqtisodchi.

    18 mart, 15:45   Izoh (0)   1714
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Ortiqxo‘jayev#Magic City#investor

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Foto: Toshkentdagi Milliy bog‘ o‘rnida qurilgan attraksionlar parkidagi mushakbozlik

    01.06.2021, 10:22

    “Qo‘yliq” dehqon bozori faoliyati rasman tugatildi

    13.03.2024, 20:10
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tadbirkorning taklifi yoki buyurtma asosida bosh rejaga o‘zgartirish kiritilmaydi — Qurilish vazirligi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 13:39

    “Real” Vinisius o‘rniga to‘purar hujumchi olib keladi — Cadena Ser

    Sport | 26 iyul, 13:35

    Issiqda ehtiyotkorlik bilan iching: qahva yozda organizmga qanday ta’sir qiladi?

    Layfstayl | 26 iyul, 13:25

    Tailand Kambodja bilan chegaradagi bahsli cho‘qqini nazoratga oldi

    Dunyo | 26 iyul, 13:05

    Butunjahon hojatxonalar tashkiloti O‘zbekiston bilan hamkorlikka tayyor ekanligini bildirdi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 12:40

    “Manchester Yunayted” “Real” darvozaboniga qiziqish bildirmoqda

    Sport | 26 iyul, 12:30

    Aydan Shenerdan Hande Erchelgacha: jahonga mashhur turk aktrisalari

    Kino | 26 iyul, 12:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.