• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12790.43
    • RUB162.6
    • EUR14486.44
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Prezident masʼullarga ichki yo‘llarni taʼmirlash va mahallalarda energiya taʼminotini yaxshilash bo‘yicha topshiriq berdi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev 17-mart kuni ichimlik suvi va issiqlik taʼminoti, mahallalar obodligi va qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Aholining hayot sifatida muhim bo‘lgan bunday ishlar qamrovi kengayib bormoqda. Bu yil 1 619 kilometr ichimlik suvi, 521 kilometr oqova suv tarmoqlarini tortish, tizimdagi 162 ta inshootni qurish va rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan. Bularning natijasida 715 ming aholiga ilk bor toza ichimlik suvi yetib boradi, 135 ming xonadon oqova tarmog‘iga ulanadi, 157 ming isteʼmolchiga zamonaviy hisoblagich o‘rnatiladi.

    Yaqinda davlat rahbarining Fransiyaga tashrifi doirasida Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida ichimlik suvi bo‘yicha 340 million yevrolik 3 ta loyiha kelishildi. Jumladan, Fransiyaning “Suez” kompaniyasi Denov, Sho‘rchi, Sariosiyo va Qumqo‘rg‘ondagi ichimlik suvi taʼminotini xususiy boshqaruvga olayapti. Natijada viloyatda markazlashgan ichimlik suvi qamrovi 90 foizga yetishi kutilmoqda.

    Oqova tarmog‘i mavjudligi qurilish, sanoat va xizmatlar rivoji uchun muhim omil. Uni kengaytirish uchun byudjetdan har yili trillionlab mablag‘ sarflanmoqda. Lekin faqat shunga qarab qolmasdan, sohaga xususiy sektorni kengroq jalb qilish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

    Masalan, mahalliy tadbirkor Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida Olmaliq, Bekobod, Angren va Chirchiq shahrida oqova suv tozalash inshootlarini qurayapti. Yana bir tadbirkor Andijondagi ikkita tumanda suv va oqova xizmatlarini xususiy boshqaruvga olish tashabbusi bilan chiqqan.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Shu kabi xususiy sheriklik loyihalarini ko‘paytirish, yirik korxonalarimizning xalqaro tenderlarda qatnashish imkonini kengaytirish muhimligi taʼkidlandi.

    Xalqaro moliya institutlari ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish jarayonini soddalashtirish bo‘yicha qaror qabul qilindi. Endi tenderlarni tezlashtirib, yil yakunigacha 850 million dollarlik ishlarni bajarish topshirig‘i berildi.

    Yana bir muhim vazifa – sohani raqamlashtirish. Buning uchun Osiyo taraqqiyot bankidan 125 million dollar jalb qilinishi belgilangan. Besh yilda yirik suv inshooti va magistral quvurlarga 4 800 ta “aqlli” hisoblagich, 2 800 ta telemetriya tizimi o‘rnatish ko‘zda tutilgan.

    Bu elektrotexnika sanoati uchun katta bozor ekani qayd etilib, hisoblagich ishlab chiqarishni ko‘paytirish, ularga xizmat ko‘rsatishni bosqichma-bosqich xususiy sektorga o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Issiqlik taʼminoti tabiiy gaz eng ko‘p sarflanadigan sohalardan biri. Shu bois 11 mart kuni bu sohani tubdan isloh qilish va energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi. Unga muvofiq, “Issiqlik taʼminoti” kompaniyasi tashkil etilib, hududlardagi 23 ta korxona uning tarkibiga o‘tkazildi. Keyingi besh yilda issiqlik tizimlarini tiklash uchun 19 trillion so‘m yo‘naltiriladi. Markazlashgan issiqlik taʼminoti qamrovi 37 foizdan 58 foizga yetadi.

    Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligiga ko‘p qavatli uylar hamda ijtimoiy muassasalarda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha topshiriq berildi. Qayd etilganidek, 9 mingta uy-joy va binolar yopiq isitish tizimiga o‘tkaziladi. Natijada issiqlik yo‘qotilishi 2 barobar, gaz isteʼmoli 20 foizga kamayadi.

    Yig‘ilishda bahorgi ekish tadbirlariga ham to‘xtalib o‘tildi. Hokimliklar zaxirasida turgan yerlarni ajratishning soddalashtirish choralari belgilandi.

    Endi qishloq yerlarini auksionda bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotish bekor qilinadi. Auksionda sotilmagan yerning qiymati keyingi savdolarda kuniga 10 foizdan pasaytiriladi. Takroriy auksionda bitta ishtirokchi qatnashsa ham, g‘olib hisoblanadi. Yerning 10-20 foizi chorva uchun ozuqa ekishga chiqariladi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Hozirda 93 mingdan ziyod fermerlar faoliyati tadbirkorlik reytingi orqali baholanayapti. Endi bu reyting hosildorlik, ishchi soni, mahsulot hajmi kabi mezonlar bo‘yicha alohida bo‘lishi maʼlum qilindi.

    Yuqori reytingdagi fermerlarga kreditni qaytmaslik xavfini sug‘urtalash talabi bekor bo‘ladi. Yer solig‘i 3 barobar, fermerlar kengashiga to‘lanadigan badal 2 karra kamaytiriladi. Paxta va g‘allada meʼyordan ko‘p hosil olganlarga 25 foizgacha yerida chorva ozuqasi, sabzavot, dukkakli va boshqa ekinlarni almashlab ekishga ruxsat beriladi.

    Prezident farmoyishi bilan eʼlon qilingan dolzarb bir oylik doirasida mahallalarda olib borilayotgan dehqonchilik va obodonlashtirish ishlari haqida axborot berildi.

    Bahorda 125 million tup ko‘chat ekilishi mo‘ljallangan. Bunda ekin joylarini to‘g‘ri tanlash, sug‘orishni yaxshilash muhim ekani taʼkidlandi. Jumladan, suv taʼminoti og‘ir mahallalarda geomembrana qoplamali hovuzlar barpo etiladi.

    O‘tgan yili tajriba tarzida 208 ta mahallada “mahalla-servis” kompaniyalari tashkil qilinib, aholiga 23 turdagi xizmatlar ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan edi. Endi bu tizim kengaytirilib, yana mingta shunday kompaniya tuziladi. Xizmatlar turi ham kamida 30 taga yetkaziladi. Xitoy tajribasi asosida 5 ming kishi mahallaga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha o‘qitiladi va 15 ming aholining bandligi taʼminlanadi.

    Bu yildan 208 ta tuman va shahar obodonlashtirish bo‘limlari tarkibida ichki yo‘llarni saqlash uchastkalari tashkil qilindi. Ularga qo‘shimcha 5 turdagi maxsus texnika sotib olish uchun 700 milliard so‘m ajratildi. Mutasaddilarga ichki yo‘llarni taʼmirlash, mahallalarda energiya taʼminotini yaxshilash bo‘yicha topshiriqlar berildi.

    Yig‘ilishda Bosh vazir o‘rinbosarlari, vazirlar va hokimlarning axboroti eshitildi.

    17 mart, 17:49   Izoh (0)   3262
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Prezident#qishloq xo'jaligi

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev va Shahboz Sharif O‘zbekiston—Pokiston biznes forumida ishtirok etdi (foto)

    26 fevral, 16:38

    Sirdaryo viloyati hokimiga ikki nafar o‘rinbosar tayinlandi

    27 fevral, 18:25

    Mirzaobod tumaniga yangi hokim tayinlandi

    27 fevral, 19:35

    O‘zbekistonda ayrim davlat xizmatlari va funksiyalari xususiy sektorga o‘tkaziladi

    2 mart, 09:48

    Yuqori Chirchiq tumanidagi Agroxizmatlar markazida Xitoy tajribasi asosida urug‘chilik va ko‘chatchilik yo‘lga qo‘yiladi

    3 mart, 17:45

    Prezident bir guruh xotin-qizlarni Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirladi

    3 mart, 19:47

    IIV rahbarligidan ketgan Po‘lat Bobojonov, Navoiyda o‘zini osgan 14 yoshli qiz, Samarqandda hojatxonadan qutqarilgan chaqaloq: 3-martning eng muhim xabarlari

    3 mart, 23:08

    Prezident Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bir guruh ayollarni mukofotladi

    4 mart, 20:11

    Shavkat Mirziyoyev 6 ta davlatdan yangi tayinlangan elchilardan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi (foto)

    6 mart, 16:40

    Buxoroda yalpi hududiy mahsulot hajmi 2024-yilda 71,6 trillion so‘mga yetdi

    6 mart, 23:28

    Andijon voqealari “aybdori”, maxfiy agent va “to‘dalarga qo‘shilgan” general: O‘zbekiston ichki ishlar vazirlarini yodga olamiz

    7 mart, 13:50

    Tramp Meksika va Kanadaga nisbatan bojlarni vaqtinchalik to‘xtatdi

    7 mart, 14:45

    Kanada AQSH uchun elektr energiyasi solig‘ini 25 foizga oshirdi

    11 mart, 15:31

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston—Fransiya investitsiya kengashini ta’sis etishni taklif qildi 

    13 mart, 09:13

    Kutilma va tahlillar: kelgusi uch yilda dollar kursi qanchaga oshadi?

    15 mart, 11:00

    Davlatda ikkinchi shaxs, Oliy sud raisi, sanoat va adliya vaziri: Sovet davrida o‘zbek ayollari qaysi lavozimlarda ishlagan?

    14 mart, 21:37

    Xorazm viloyati IIBga yangi boshliq tayinlandi 

    15 mart, 11:20

    O‘zbekistonda issiqlik energiyasi bilan ta’minlash sohasi tubdan yangilanadi 

    15 mart, 15:25

    Suriyaning 5 yil muddatga mo‘ljallangan muvaqqat konstitutsiyasi qabul qilindi

    15 mart, 18:09

    Kubada butun mamlakat bo‘ylab elektr uzilishi sodir bo‘ldi

    15 mart, 19:30

    Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzurida “Issiqliktaʼminoti” AJ tashkil etiladi

    15 mart, 20:00

    O‘zbekistonda korporativ kartalardan “svet” va gaz uchun to‘lov qilishga ruxsat berildi

    16 mart, 08:50

    O‘zbekiston, Qozog‘iston va Ozarbayjon o‘rtasida “yashil yo‘lak” loyihasi bo‘yicha bitim tasdiqlandi

    16 mart, 09:27

    Aldangan Ukraina: uchinchi eng yirik yadroviy davlat qanday qurolsizlantirilgan edi?

    17 mart, 14:15

    Serbiyada 300 mingdan ortiq kishi hukumatga qarshi namoyishga chiqdi

    16 mart, 17:12

    Vino yerto‘lasi, turk hammomi va boshqalar: Lukashenko qarorgohi bo‘yicha surishtiruv e’lon qilindi (foto)

    16 mart, 23:45

    Finlyandiya AQSHga tuxum yetkazib berishdan bosh tortdi

    17 mart, 09:45

    A va B reja: AQSH Ukrainadagi urushni qanday tugatishi ma’lum qilindi 

    17 mart, 11:55

    O‘zbekistonda xotin-qizlarga 100 mln so‘mgacha garovsiz kredit beriladi

    17 mart, 14:58
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Messi va Ronaldu bir jamoada o‘ynashi mumkin

    Sport | 2 iyun, 13:35

    Qo‘rqinchli tushlar inson sog‘lig‘i haqida nimalarni aytib bera oladi?

    Layfstayl | 2 iyun, 13:34

    Rossiya 20 yil qidiruvda bo‘lgan qozog‘istonlikni ekstraditsiya qildi

    Dunyo | 2 iyun, 13:04

    Lego va Nike hamkorlikda kiyim-kechak va yangi konstruktor ishlab chiqaradi

    Qo‘ziqorin | 2 iyun, 12:57

    O‘zbekistonda yozning ilk haftasi qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 2 iyun, 12:53

    O‘zbekistonda sintetik metan ishlab chiqaruvchi birinchi qurilmalar ishga tushirildi

    O‘zbekiston | 2 iyun, 12:43
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.