• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12524.92
    • RUB155.96
    • EUR14630.36
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qobil Dusovga tayinlangan jazo o‘zgarishsiz qoldirildi

    Qobil Dusovga tayinlangan 1 yil-u 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘zgarishsiz qoldirildi.

    Foto: Telegram / Qobil Dusov

    Oliy sud matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Toshkent shahar sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasining 2025-yil 11-martdagi ajrimi bilan Qobil Dusovga nisbatan jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudining 2025-yil 24-yanvardagi ajrimi o‘garishsiz qoldirildi.

    Oliy sud ajrimdan norozi taraflar Toshkent shahar sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga taftish tartibida shikoyat qilish yoki protest bildirishga haqli ekanini bildirdi.

    Qobil Dusov ishi

    Sobiq deputat, ijtimoiy tarmoq faoli Qobil Dusov Chilonzor tuman sudining 2024-yil 22-noyabrdagi hukmiga muvofiq Jinoyat kodeksining 140-moddasi (haqorat qilish) 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 1 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangandi.

    Yashnobod tuman IIO FMB Probatsiya bo‘limi tomonidan sudga Qobil Dusovning o‘talmay qolgan 11 oy 2 kun ozodlikdan cheklash jazosini shu muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirishni so‘rab taqdimnoma kiritilgandi. Taqdimnomaga ko‘ra, Dusov belgilangan cheklovlarga rioya qilmagan va jazo shartlarini qasddan buzgan.

    Jinoyat kodeksining 48-1-moddasiga (ozodlikni cheklash) asosan Dusovga sutkaning muayyan vaqti, yaʼni kech soat 21:00 dan ertalabki soat 07:00 ga qadar yashash joyidan chiqish cheklanishi va unga qo‘shimcha internetdan foydalanmaslik, ommaviy va boshqa tadbirlar o‘tkazishda ishtirok etmaslik, har oyda bir marotaba yashash joyi bo‘yicha IIO FMB Probatsiya bo‘limidan ro‘yxatdan o‘tib turish hamda mahkumlarni nazorat qiluvchi organning roziligisiz yashash joyini o‘zgartirmaslik kabi taqiqlar yuklanishi belgilangandi.

    Biroq u belgilangan tartibni buzgan va 2025-yil 11-yanvar kuni Yashnobod tumani IIO FMB Probatsiya bo‘limiga chaqirtirilib, ogohlantirish tarzidagi intizomiy jazoga tortilgan. Dusovga 24-yanvar kuni IIV TQD Kiberxavfsizlik tomonidan yana ogohlantirish intizomiy jazosi eʼlon qilingan bo‘lsa-da, undan oldin ham, undan keyin ham internetdan faol foydalanib kelgani aniqlangan. 24-yanvarda Qobil Dusovga nisbatan qo‘llanilgan ozodlikni cheklash jazosi 11 oy 2 kunlik ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan almashtirilgan. 

    2025-yil 24-fevralda jinoyat ishlari bo‘yicha Arnasoy tuman sudida Qobil Dusovga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni yakunlandi. U 4 nafar jabrlanuvchiga (Jizzax viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tizimi mas’ullari N.Yalgasheva, O.Kamolova, Sh.Hasanova va S.Suyarova) Jinoyat kodeksining 139-moddasi 3-qismi “a” bandi (og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishda ayblab tuhmat qilish) va 140-moddasi 3-qismi “a” bandida (jabrlanuvchini o‘z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan bog‘liq holda haqorat qilish) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi.

    Sud hukmi bilan unga 1 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi va jazoni manzil-koloniyalarda o‘tash belgilandi.

    13 mart, 12:27   Izoh (0)   7306
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Qobil Dusov#Dusov

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda mast holda avtomobil boshqarib, YPX xodimlari bilan janjal uyushtirgan sobiq deputat jarimaga tortildi (video)

    01.02.2021, 11:10

    Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi Kabul Dusovga chora ko‘rildi

    22.11.2024, 17:24

    Ijtimoiy tarmoq faoli Qobil Dusov ozodlikni cheklash jazosi talabini buzgani uchun qamoqqa olingan bo‘lishi mumkin

    25 yanvar, 21:50

    Qonun talabini pisand qilmagan Qobil Dusov 11 oyga ozodlikdan mahrum qilindi

    25 yanvar, 23:37

    AOKA Qobil Dusov 11 oyga ozodlikdan mahrum qilinganiga munosabat bildirdi

    26 yanvar, 10:20

    Qobil Dusovga 1 yil-u 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi 

    24 fevral, 21:10
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Kichik xonada istiqomat, saraton tashxisi va tarixiy rekord. Hamzat Chimayevning chempionlikka qadar bosib o‘tgan mashaqqatli yo‘li haqida

    19 avgust, 14:57

    Belgiya maktablarida telefondan foydalanish taqiqlanadi

    19 avgust, 11:31

    “Skibidi”, “delulu”: Kembrij lug‘atiga TikTok’da mashhur bo‘lgan o‘smirlar so‘zlari qo‘shildi

    19 avgust, 10:36

    Zelenskiy va Tramp uchrashuvida nimalar muhokama qilindi?

    19 avgust, 09:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Finlyandiyada deputat parlament binosida o‘z joniga qasd qildi

    Dunyo | 20 avgust, 00:29

    AQSH Ukrainada qo‘shin joylashtirmaydi — Oq uy

    Dunyo | 20 avgust, 00:03

    “Qo‘llari bilan uryapti deb o‘ylagandim”: Toshkentda xotinini salkam 20 marta pichoqlagan erkakka hukm o‘qildi

    O‘zbekiston | 19 avgust, 23:45

    O‘shda O‘zbekiston—Qirg‘iziston biznes forumi bo‘lib o‘tdi

    O‘zbekiston | 19 avgust, 23:35

    Makron Putinning Ukrainada “hozir tinchlikka erishishga tayyor ekanligiga” shubha bildirmoqda

    Dunyo | 19 avgust, 23:25

    Kolumbiyada yangi tug‘ilgan qizaloqqa ChatGPT sharafiga ism berildi

    Dunyo | 19 avgust, 23:15

    Tramp Ukrainadagi tinchlik uni jannatga yetaklashi mumkinligiga umid bildirmoqda

    Dunyo | 19 avgust, 23:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.