• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12965.34
    • RUB161.34
    • EUR14525.07
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Otni qamchilayotgan arab davlatlari: shayxlar nega O‘zbekistonga qiziqib qoldi?

    Joriy yilning 15-aprel kuni Toshkentda “Markaziy Osiyo – Fors ko‘rfazi arab davlatlari hamkorlik kengashi” vazirlar muloqotining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishga faxriy mehmon sifatida taklif etilgan mazkur formatda ishtirok etayotgan mamlakatlar va Ozarbayjon delegatsiyalari rahbarlarini O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev qabul qildi.

    O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qatar bosh vaziri, tashqi ishlar vaziri shayx Muhammad bin Abdurahmon Al-Taniy
    Foto: Shavkat Mirziyoyev_press-service

    Siyosiy tahlilchi, “Bilim karvoni” nodavlat ilmiy muassasasi eksperti Nargiza Umarova va Yaqin Sharq bo‘yicha ekspert, siyosatshunos Farhod Karimov mazkur uchrashuv haqida o‘z fikr-mulohazalarini “Daryo”ga bayon qildi.

    O‘zbekiston odatda muhim xalqaro tadbirlar munosabati bilan maʼlumotlarni kamtarona beradi. Lekin bu safar hatto shunday kamtarlik orasida ham Toshkent uchun ahamiyatli mavzu – Transafg‘on temiryo‘l magistrali qurilishi haqida gapirilganligi diqqatga sazovor hisoblanadi.

    Agar amirliklar bilan loyiha amalga oshirilishi muhokama qilingan bo‘lsa, qatarliklar bilan suhbatda ushbu jarayonning tezlashtirilishi muhimligi taʼkidlandi.

    Bundan kelib chiqadiki, BAAning ushbu loyihada ishtirok etishi tasdiqlangan (ehtimol, investor sifatida!), Qatar esa hali o‘ylanmoqda (yoki ijobiy javobga yaqinlashmoqda), – deya yozdi Nargiza Umarova.

    Transafg‘on temiryo‘li
    Foto: Sputnik

    Siyosatshunos Farhod Karimovning taʼkidlashicha, Markaziy Osiyo mamlakatlari hozirgi geosiyosiy turbulentlik davridan foydalanib, o‘z iqtisodiyotlariga yangi qon olib kirishi kerak.

    Toshkentda o‘tgan forumda asosiy ko‘rilgan masala – arab investorlarining Markaziy Osiyodagi yirik loyihalarga investitsiya kiritish bo‘ldi. Bugungi kunda Qatar, Kuvayt, BAA va Bahrayn dunyodagi egallanmagan investitsion bozorlarga kirish uchun harakat qilmoqda. Shunday hududlardan biri – bu Markaziy Osiyo. Chunki mintaqa hali bu darajadagi katta investitsion loyihalarni qabul qilmagan. Shuning uchun energiya resurslarining hisobiga shakllangan arab davlatlarining iqtisodiyoti allaqachon transformatsiyaga yuz tutgan. Ular uchun yangi iqtisodiyot yo‘nalishlari kerak. Ammo ularni kichik hududlari bunga yo‘l bermaydi. Shu boisdan ular asosan yirik o‘yinchilar kirib bormagan hududlarga pul tikishga harakat qilishmoqda. Lekin ular tikadigan pul uchun kafolat zarur. Shuning uchun ham hozir mintaqani diqqat bilan o‘rganmoqda. Sababi bir vaqtlar ayrim investorlar bu mintaqaga sarmoya kiritib, ayrim sabablarga ko‘ra daromad ololmay qolgan. Shuning uchun ularni ishontirish kerak.

    O‘zbekistonda bir qancha yirik investitsion loyihalar mavjud. Asosiy gap arablarni o‘zida qolmoqda. Agar ular mintaqadagi investitsion loyihalarga pul kiritsa, buni ushlab qolish kerak. Sababi, hozir jahon siyosatida turbulentlik davri, ayrim kuch markazlari o‘zi bilan o‘zi ovora bo‘lib qolganida, Markaziy Osiyo mamlakatlari bundan unumli foydalanib qolishi kerak. Iqtisodiyotga yangi bir qonni olib kirish lozim. Faqat shu orqali biz vaziyatdan chiqib keta olamiz.

    Ikkinchi masala – bu Fors ko‘rfaziga chiqish. U yerda asosan arab kapitali hamma narsani hal etadi. O‘zbekistonning asosiy savdo yo‘lagi Fors ko‘rfazi orqali o‘tadi. Hozir bu borada eng faol harakat qilayotgan mamlakat bu – Qatar. Bugungi kunda Qatar va O‘zbekiston o‘rtasida ancha ishonchli munosabatlar shakllandi. Lekin O‘zbekistonda bir qancha kamchiliklar bor. Masalan, islom moliyasi borasida. Agar Qatarning investitsiyalari O‘zbekistonga kirib kelishni boshlasa, buning ortidan boshqa arab davlatlarining kapitali ham O‘zbekistonga keladi, – dedi siyosatshunos Farhod Karimov.

    Maʼlumot o‘rnida, joriy yilning 6-fevral kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston, Afg‘oniston, Pokiston va Qatar transport vazirliklari va temiryo‘l maʼmuriyati rahbarlari ishtirokida to‘rt tomonlama uchrashuv o‘tkazilgan edi.

    Uchrashuvda transafg‘on temiryo‘li qurilishi loyihasini amalga oshirish masalalari muhokama etilgan. Markaziy Osiyo va Janubiy Osiyo mintaqasida transport aloqalari va savdo munosabatlarini rivojlantirishda ushbu loyihaning amalga oshirilishi muhim ahamiyat kasb etadi.

    17.04.2024, 14:31   Izoh (0)   36322
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Saida Mirziyoyeva Italiyada “O‘zbekiston: Sahrodagi avangard” ko‘rgazmasining ochilish marosimida ishtirok etdi (foto)

    16.04.2024, 16:58

    Toshkent xalqaro investitsiya forumida 17 mlrd dollarlik shartnomalar imzolanishi kutilmoqda

    17.04.2024, 12:03

    Shavkat Mirziyoyev 18-aprel kuni davlat tashrifi bilan Tojikistonga boradi

    17.04.2024, 12:42

    O‘zbekiston Koreya bilan diniy ta’limda hamkorlik qiladi 

    17.04.2024, 14:20

    Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari soliq boshqarmalariga yangi boshliqlar tayinlandi

    17.04.2024, 14:10

    Jizzaxda aholi yashaydigan qishloqqa ayiq tushib keldi

    17.04.2024, 12:32
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    UFC. Nursulton Ro‘ziboyev navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi (vdeo)

    Sport | 18 may, 09:02

    O‘zbekistonda OTM talabalari uchun yagona forma joriy qilinishi rad etildi

    O‘zbekiston | 18 may, 08:46

    “Yangi daraxt — yangi nafas” respublika ekochempionati amalga oshiriladi

    O‘zbekiston | 17 may, 23:40

    Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan o‘zbekistonlik qizcha vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 17 may, 23:17

    Superliga. “Sho‘rtan” o‘z uyida bir kishi kam “Andijon”ni mag‘lub etdi

    Sport | 17 may, 22:58

    Nyu York universiteti bitiruv nutqida G‘azodagi urushni qoralagan talabadan diplomni olib qo‘ydi

    Dunyo | 17 may, 22:53

    Toshkentning bir qator ko‘chalari vaqtincha yopiladi

    O‘zbekiston | 17 may, 22:38

    Angliya Kubogi. “Kristal Pelas” finalda “Manchester Siti”ni mag‘lub etib, chempion bo‘ldi

    Sport | 17 may, 22:34
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.