Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Narpay tumanida 2000 ta terak kesib tashlangani hamda daryo qismidan qum-shag‘al qazib olingani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. Bunga viloyat ekologiya boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.
Aniqlanishicha, 2000 ta terak kesilishi degan holat aslida tuman Yo‘llardan foydalanish korxonasiga tegishli bo‘lgan hududda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilgan terak ko‘chatlari korxona masʼullarning eʼtiborsizligi natijasida suvsizlikdan qurib qolganligi bilan bog‘liq bo‘lib chiqdi.

Ushbu vaziyat yuzasidan hudud biriktirilgan masʼulga MJtKning 79-moddasi 4-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, BHMning 10 barobarida jarima belgilangan va tabiatga 372 million zarar yetkazilgani aniqlanib, tegishli hujjatlar qonuniy baho berishlik uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlariga taqdim etilgan.
Shu bilan birga, tuman hududidan oqib o‘tuvchi Qoradaryo muhofaza qismidan qum-shag‘al aralashmasini qazib olinishi yuzasidan ham tegishli tartibda o‘rganish ishlar olib borilib, huquqbuzarlar shaxsiga aniqlik kiritish maqsadida, tuman IIB yozma shaklda murojaat qilingan.
Bayonotda inspektorlarga qilingan bosim to‘g‘risidagi so‘zlarga esa “Sarlavhada keltirilgan vaj yuzasidan nega to‘xtalib o‘tirmaganligimizni barcha birdek tushunib oldi deb o‘ylaymiz”, deya izoh berilgan.
Izoh (0)