• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda ishsizlik nafaqasi miqdori oshiriladi

    Mamlakatda ishsizlik nafaqasi miqdori oshirilib, uni olish shartlari aniqlashtirilmoqda. Bu tartib joriy yil 4-avgustda qabul qilingan prezident farmonida belgilangan.

    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”

    Farmonga binoan, 2025-yil 1-noyabrdan O‘zbekistonda ishsizlik nafaqasi faqat mehnat shartnomasi bekor qilingan fuqarolarga to‘lanadi. Mazkur turdagi nafaqani olish uchun fuqaro so‘nggi besh yilda kamida 18 oy ishlagan va mehnat shartnomasi bekor qilin bo‘lishi kerak. Shu bilan birga, nafaqa yuzasidan olti oy ichida murojaat qilishi talab etiladi. Shundagicha uning oxirgi 18 oylik o‘rtacha ish haqi hisobidan uch oy davomida ishsizlik nafaqa to‘lanadi.

    Yangi qoidaga ko‘ra, nafaqa quyidagi tartibda to‘lanadi:

    • ishsizlikning birinchi oyi uchun o‘rtacha ish haqining 75 foizi, lekin mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining uch baravaridan (3,8 mln so‘m) oshmagan miqdorda (avval 50 foiz bo‘lgan);

    • keyingi ikki oy davomida o‘rtacha oylik ish haqining 50 foizi, lekin mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining uch baravaridan oshmagan miqdorda to‘lovlar amalga oshiriladi.

    Ishsizlik nafaqasini takroran belgilashda dastlabki tayinlangan nafaqani olish muddati tugagandan so‘ng qo‘shimcha ravishda kamida 12 oylik ish staji talab etiladi.

    Ishsizlik nafaqasini oluvchi shaxs bandlik organlari tomonidan yuborilgan, eʼlon qilingan bo‘sh ish o‘rinlariga suhbatga bormagan yoki taklif etilgan maqbul ishdan bosh tortgan taqdirda, nafaqa to‘lovi keyingi oyning birinchi sanasidan to‘xtatiladi.

    Ma’lumot uchun, Bandlik vazirligi tuman va shahar bandlikka ko‘maklashish markazlarida ishsiz deb topilgan shaxslar ishsizlik nafaqasi olish huquqiga ega.

    Ishsiz deb tan olinish uchun quyidagi shartlarga javob berish kerak:

    • ishlash yoshida va mehnatga layoqatli bo‘lish;
    • ayni vaqtda ish bilan band bo‘lmaslik;
    • aholi bandligiga ko‘maklashish markazida ro‘yxatdan o‘tish va ish qidiruvchi maqomida bo‘lish;
    • markaz taklif qilgan munosib ishni ikki martadan ortiq rad etmaslik.

    Ishsiz fuqaro mehnat organlariga ishsizlik nafaqasi uchun ariza topshirganda, u kasbga o‘qitish uchun yo‘naltiriladi yoki ish taklif qilinadi. Bandlik markazi 10 kunda ish topib bera olmasa, 11-kunidan boshlab ishsizlik nafaqasi tayinlaydi.

    Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi “Daryo”ga mazkur tizim bo‘yicha xalqaro tajriba tahlilini taqdim etdi.

    Maʼlum qilinishicha, ko‘plab mamlakatlarda ishsizlik nafaqasi ijtimoiy himoya va rasmiy bandlikni rag‘batlantirishning asosiy vositasi hisoblanadi. Misol uchun, Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida nafaqa miqdori odatda ishsizlikning dastlabki oylarida yo‘qotilgan daromadning 60 foizidan 80 foizigacha bo‘lib, keyingi davrlarda asta-sekin pasayib boradi.

    Shu bilan birga, Germaniya, Fransiya, Shvetsiya va boshqa ko‘plab davlatlarda nafaqa olishning majburiy sharti maʼlum muddat ish stajiga ega bo‘lish (masalan, so‘nggi 24 oy ichida 12 oylik ish staji) va davlat bandlik xizmatlarida ishsiz sifatida ro‘yxatdan o‘tishdir.

    Bundan tashqari, xalqaro amaliyotda “faollik evaziga nafaqa” (activation policy) tamoyili keng tarqalgan bo‘lib, unga ko‘ra nafaqa oluvchilar qayta tayyorlash, ishga joylashish yoki jamoat ishlari dasturlarida ishtirok etishlari shart. Kanada va Avstraliyada mehnat bozorida faol pozitsiyani saqlab qolish to‘lovlarni davom ettirish sharti hisoblanadi.

    8 avgust, 22:09   Izoh (0)   2936
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    ”Fransiya prezidenti o‘ziga tobut tayyorlab qo‘ygani ma’qul” — isroillik ravvin

    Dunyo | 10 avgust, 18:55

    Saudiya Arabistoni “Hizbulloh” omborini ko‘zdan kechirish vaqti portlab ketgan Livan harbiylariga hamdardlik bildirdi

    Dunyo | 10 avgust, 18:40

    Xitoy amaldorlar uchun yig‘ilish va hisobotlarga qat’iy cheklov kiritdi

    Dunyo | 10 avgust, 18:15

    Zelenskiy Qozog‘iston prezidentiga qo‘ng‘iroq qildi

    Dunyo | 10 avgust, 17:45

    Toshkentda qurilish ishlari elektr energiyaga talabni oldindan inobatga olib amalga oshiriladi

    O‘zbekiston | 10 avgust, 17:10

    Sanksiyalar Rossiya aviatsiyasini falajladi: bir yilda faqat bitta samolyot ishlab chiqarilgan

    Dunyo | 10 avgust, 16:40

    “Tog‘lik kuyov” filmi orqali tanilgan aktor va kaskadyor Yo‘lchi Ortiqov 51 yoshida vafot etdi

    Madaniyat | 10 avgust, 16:11
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.