• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +40°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Rossiya qo‘shnisiga hamla qilgan kun: Yevropaning XXI asrdagi ilk urushiga 17 yil to‘ldi

    Qariyb 70 yil hukm surgan bahaybat imperiya 1991-yili tarix qariga g‘arq bo‘ldi. Ammo u qoyaga urilgan vaqti yuz bergan yoriqlar turli nuqtalarda etnik, diniy va chegara muammolarini keltirib chiqadi. Bu sovet polittexnologlari xaritalarga chiziq tortish vaqti atayin qoldirib ketgan minalar oqibatida yuz berdi. Rossiya 2008-yili Gruziyadan tortib olgan Abxaziya va Janubiy Osetiya shular jumlasidan.

    Abxaziya Sotsialistik Sovet Respublikasi bolsheviklar Moskvada hokimiyatni mustahkamlab ulgurgan 1921-yilning 4-martida tashkil etildi. Dastlab “shartnomaviy respublika” maqomini olgani bois u Gruziya SSR bilan teng statusda edi. Biroq 1931-yili hudud Tbilisiga bo‘ysundirilib, Abxaziya Muxtor Sovet Sotsialistik Respublikasi nomini oldi. 1989-yilgi maʼlumotlarga ko‘ra, hududda yashovchi 525 000 aholining 45.7 foizini gruzinlar, 17,8 foizini esa abxazlar tashkil etgan. Etnik ruslarning soni esa taxminan 75,000 kishiga borgan.

    2008-yilgi qonli mojaro markazida turgan yana bir hudud Janubiy Osetiya Gruziya SSR tarkibidagi muxtor viloyat o‘laroq 1922-yilning 20-aprel kuni tashkil etildi. Shimoliy Osetiya esa Rossiya SFSR ixtiyorida qoldi. Bu bilan osetin xalqi ikkiga bo‘lindi.

    Abxaziyadan farqli o‘laroq, bu yerda osetinlar aholining mutlaq katta qismini, boshqacha aytganda, uchdan ikkisini tashkil etgan. 1989-yili hududda taxminan 65,000 osetin yashagan. Gruzinlar esa qariyb 30 ming kishi bilan ikkinchi etnik guruh edi.

    Abxaziya va Janubiy Osetiya xalqaro tan olingan Gruziya hududining beshdan birini tashkil etadi
    Foto: Reddit

    Sovet Ittifoqi qulagach, Tbilisi Abxaziya va Janubiy Osetiyani o‘z taʼsiriga olishga va bu bilan hududiy yaxlitlikni mustahkamlashga harakat qildi. Biroq bu 1993-yilga qadar davom etgan qonli mojaroga turtki berdi. Har uchala tomondan qariyb 30 ming qurbon berilgan bu kurashda Gruziya mag‘lub bo‘ldi. Tbilisi bilan aloqalarni uzishni istayotgan ikkala subyekt esa de-fakto mustaqillik qo‘lga kiritdi. Fuqarolar urushidan esa faqat Moskva manfaat ko‘rdi.

    1994-yili Rossiya MDH mandati ostida Abxaziyaga “tinchlikparvar kuchlar” kiritdi. 2000-yildan boshlab esa Abxaziya aholisiga ommaviy ravishda rus pasportlari tarqatila boshladi. Ayni shu omil kelgusida Kremlga “o‘z fuqarolarini himoya qilish” bahonasi bilan harbiy intervensiya uyushtirishga imkon berdi.

    Mojaro sabablari

    Gruziya 2004-yili “Atirgul inqilobi”ni boshdan kechirdi. Mana shu voqealar natijasida hokimiyatga kelgan Mixail Saakashvili keng ko‘lamli islohotlar boshladi. Sud huquq tizimi, iqtisod va boshqa sohalarda radikal o‘zgarishlarga qo‘l urgan yangi prezident tashqi siyosat borasida ham keskin qadamlar tashladi.

    Atirgullar inqilobi natijasida hokimiyatga kelgan Saakashvili tashqi siyosiy vektorni G‘arbga burdi
    Foto: HuffPost

    Tbilisi NATO aʼzolaridan biriga aylanishni o‘zi uchun strategik maqsad deb belgiladi. 2008-yil yanvarida o‘tkazilgan referendumda mamlakat aholisining 77 foizi alyansga qo‘shilishni yoqlab ovoz berdi. Bu esa o‘zining shundoqqina biqinida NATO aʼzosi paydo bo‘lishini istamagan Rossiyani sergak torttirdi.

    Bundan avvalroq, aniqrog‘i 2004-yili Mixail Saakashvili Janubiy Osetiyadan Gruziyaga keng yoyilgan kontrabanda tizimiga qarshi ashaddiy kurash boshlagan edi. Buning natijasida mahalliy aholi turmushi og‘irlashib, ikki o‘rtadagi munosabatlar keskinlashdi. Bu ham yetmagandek, mazkur qadam chegaraoldi to‘qnashuvlarni boshlab berdi.

    O‘sha yilning o‘zida Janubiy Osetiya kuchlari 50 nafar gruzin askarini asirga oldi. Muzokaralardan so‘ng ular 47 nafari ozod etildi. Saakashvili mazkur voqealarga munosabat bildirib, muammo ildizi osetinlar emas, balki Rossiyaga bog‘liq ekanini taʼkidlagan edi. Bu vaqt ichida qurolli harakatlar davom etib, 17 nafar gruziyalik qurbon bo‘ldi. Osetiya esa besh kishidan ayrildi. Biroq Rossiya aralashuvi bilan tomonlar omonat sulhga ko‘ndi. Oradan bir yil o‘tib, Tbilisi mamlakat hududiy yaxlitligini tiklashning diplomatik yo‘lini taklif qildi. Ammo bo‘lginchilar bunga qarshi edi.

    Rossiya bosqini

    2008-yil aprel oyida Gruziyaga tegishli razvedkachi dron Rossiya kuchlari tomonidan Abxaziya ustida urib tushirildi. Ammo Moskva javobgarlikni o‘z zimmasiga olishdan bosh tortdi. Taranglik ortib borayotgan bir vaqtda Moskva bo‘lginchilarni dastaklash uchun 2500 kishilik qo‘shin yubordi. Gruziya ham armiyani shay holatga keltirdi.

    O‘sha yilning 1-avgust kuni Gruziya politsiya mashinasi osetinlar tomonidan o‘rnatilgan portlovchi moslamaga uchradi. Besh nafar ofitserning jarohatlanishiga sabab bo‘lgan voqeaga gruzin snayperlari javob qaytardi. Natijada 4 kishi o‘ldi. Shundan so‘ng Janubiy Osetiya kuchlari Gruziya qishloqlariga minomyotlardan zarba berdi. Chegaraoldi to‘qnashuvlar ikki kun davom etdi. Hududda yashovchi taxminan 20 ming osetin esa Rossiyaga evakuatsiya qilindi. Keskinlikni diplomatik yo‘l bilan yumshatishga qaratilgan harakatlar natija bermadi.

    7-avgustdan 8-avgustga o‘tar kechasi Gruziya prezident Mixail Saakashvili Janubiy Osetiya poytaxti Sxinvali ustidan nazoratni tiklash uchun keng ko‘lamli harbiy operatsiya boshlashga buyruq berib, buni separatizmga qarshi konstitutsiyaviy chora deb atadi. Bunga javoban Rossiya oldindan tayyorlab qo‘yilgan rejaga muvofiq, “o‘z fuqarolari va tinchlikparvar kuchlarini himoya qilish” bahonasi bilan Janubiy Osetiyaga qo‘shin kiritdi.

    Janubiy Osetiya tomon yo‘l olgan rus harbiy texnikalari
    Foto: AP

    8-avgust soat 11:30 ga borib Gruziya kuchlari Janubiy Osetiyaga tutun granatalari bilan ogohlantiruvchi zarba berdi. Tinch aholi xavfsiz hududlarga chekinishi uchun yarim soat kutilgach, armiya bo‘lginchilar pozitsiyalarini zambaraklardan o‘qqa tuta boshladi.

    Shundan so‘ng Gruziya qo‘shinlari uchga bo‘lindi. Ulardan biri shahar markazi tomon yurish boshladi. Yana ikkita piyoda brigadasi esa qanotlar xavfsizligini taʼminlashga javobgar bo‘ldi. Ularning maqsadi shahar tevaragidagi tepaliklarni egallab, muhim nuqtalarni nazoratga olish edi. Ro‘yxatda Rossiya armiyasi o‘z qo‘shinlarini olib o‘tishi kutilayotgan Roki tunneli ham bor edi.

    Roki tunneli
    Roki tunneli
    Foto: IMAGO Images

    Gruziya armiyasi Janubiy Osetiyadagi qator qishloqlarni egalladi. Biroq Kvaisa nomli aholi maskanida kuchli qarshilikka duch kelishdi. Gruzin maxsus xizmatlarining mudofaani yorib o‘tishga urinishlari ham samara bermadi.

    Sxinvaliga kirgan Gruziya qo‘shinlarini “tinchlikparvar kontingent” sifatida yuborilgan Rossiya kuchlari kutib oldi. Bunga javoban, Gruziya armiyasi Cobra zirhli transport vositalariga o‘rnatilgan pulemyotlardan o‘t ochdi. Oradan ko‘p o‘tmay, jangga Rossiyaning BMP-1 piyoda jangovar mashinalari ham qo‘shildi.

    Shundan so‘ng gruzinlar og‘ir jangovar mashinalar so‘rab murojaat qildi. Ularga yordam bergani uchta T-72 tanklari yetib keldi. Birinchi jangovar mashinasi kuzatuv minorasini nishonga oldi. Shundan so‘ng rossiyaliklar jangga olib chiqqan uchta BMP-1 ham yo‘q qilindi. Biroq mazkur jang uchala tank uchun ham oxirgisi bo‘ldi.

    Gruziyaning janglarda yo‘q qilingan T-72 tanki
    Gruziyaning janglarda yo‘q qilingan T-72 tanki
    Foto: Tarmoqdan

    Ikki soatlik janglardan so‘ng 1500 askardan iborat Gruziya qo‘shini Sxinvali markaziga yetib bordi. Shundan so‘ng ular Rossiya armiyasining shahar shimolidagi yana bir bazasi tomon yo‘l oldi. Rus manbalariga ko‘ra, soat 11:00 ga borib Sxinvali Moskvadan rasman yordam so‘ragan. Ammo Tbilisi Rossiya samolyotlari Gruziyaning qator hududlariga havo zarbalarini undan oldinroq boshlagani haqida ma’lum qilgan.

    Urush avvalida Gruziya harbiy havo kuchlarida Su-24 front bombardimonchilar va L-39 Albatros o‘quv-mashg‘ulot samolyotlari bor edi. Mamlakatda birorta ham qiruvchi yo‘qligi bois ular Rossiyaning Su-27 va MiG-29 samolyotlarini to‘xtata olmadi. Ruslar qisqa vaqt ichida mamlakatning aksar hududida havo ustunligiga erishdi. Gruziya uchoqlari aerodromlardayoq yo‘q qilindi.

    Bu vaqtda Sxinvalidagi janglar davom etdi. Gruzin armiyasi shimol yo‘nalishi bo‘ylab hujum qildi. Biroq kuchli qarshilik ortidan ortga chekinishga majbur bo‘ldi. Rossiyadan yetib kelgan qo‘shimcha kuchlar esa ularni shahar chetiga siqib chiqardi. Ertasi kuni gruzinlar shaharni egallashga yana bir urinib ko‘rdi. Ammo rus armiyasining qarshi hujumi sabab jiddiy talafotlarga uchradi. Chunki kuchlar nisbati o‘zgarib ulgurgandi.

    Rossiya tanklari Gruziyada
    Foto: Atlantic Councel

    Qonli pistirma

    9-avgust kuni urushning qonli va eng mashhur voqealaridan biri yuz berdi. Rossiyaning 58-umumqo‘shin armiyasi qo‘mondoni general-leytenant Anatoliy Xrulyov boshqarib kelayotgan 135-motoo‘qchi polki tuzoqqa tushdi. Gruziya maxsus kuchlari puxta tayyorlangan pistirmaga uyushtirib, kolonna tarkibidagi 30 ta texnikadan 25 tasini safdan chiqardi. Generalning o‘zi esa oyog‘idan jarohatlandi. Omon qolgan askarlar esa kichik guruhlarga bo‘lingancha har tarafga qochdi.

    Shundan so‘ng gruzinlar Rossiyadan qo‘shimcha kuchlar oqimini to‘xtatish uchun Roki tunnelini portlatishga qaror qildi. Ammo bu missiyani bajarishga yuborilgan sabotaj guruhi yo‘lda Rossiya maxsus kuchlari qarshiligiga uchradi. Shu kuni poytaxt va Bojromi kabi yirik shaharlarga raketa zarbalari berildi. Tinch aholi mavzelari nishonga olinishi natijasida oltmishga yaqin insonlar halok bo‘ldi.

    Gruziyalik erkak Rossiya kuchlari nishonga olgan bino oldida. Gori, Gruziya 
     
    Foto: Zurab Kurtsikidze/EPA

    Bundan tashqari, Rossiya kuchlari Ozarbayjon neftini Turkiyaga tashiydigan Boku-Tbilisi-Cheyhan quvuriga ham zarba berdi. Bu esa tranzit to‘lovlari evaziga yuqori daromad oladigan Gruziya uchun og‘riqli qadam edi.

    10-avgust tongiga kelib Gruziya o‘z qo‘shinlarini Janubiy Osetiyadan olib chiqishi haqida maʼlum qildi. Prezident Saakashvili esa rasman otashkesim eʼlon qildi. Biroq Rossiya tomoni Tbilisidan yangragan bayonotlarni eʼtiborsiz qoldirdi. Bo‘lginchi hududlardan chekinayotgan gruzin askarlari taʼqib etildi. Kaspiy dengizida esa Rossiya kemalari Poti shahrini bombardimon qildi.

    Avgustning 11-iyuniga kelib, Gruziya Janubiy Osetiyadan o‘z qo‘shinlarini butunlay olib chiqdi. Gori shahriga jamlangan armiya intensiv bombardimonga uchradi. Rossiyaliklar harbiy nishonlardan tashqari maʼmuriyat, oliygoh va harbiy gospitalga ham zarba berdi. Natijada 8 kishi, jumladan daniyalik jurnalist halok bo‘ldi. Ammo bu ham Rossiya armiyasini to‘xtatmadi. Ular hujumni davom ettirib, poytaxt Tbilisiga 40 kilometrgacha yaqinlashdi.

    Politicians' Remarks on the Anniversary of the Start of 2008 Russo-Georgian  War – Civil Georgia

    Ammo Yevropa Ittifoqi, ayniqsa, Fransiyaning o‘sha vaqtlardagi prezidenti Nikolya Sarkozining faol diplomatik sa’y-harakatlari bilan 12-avgust kuni qurolli harakatlar to‘xtatildi. Tomonlar “Medvedev-Sarkozi olti bandli rejasi” deb nom olgan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvini imzoladi.

    Ammo Moskva kelishuvning baʼzi bandlarini bajarmadi. Qolaversa, o‘sha yilning 26-avgust kuni Abxaziya va Janubiy Osetiyaning mustaqilligini rasman tan oldi. Hududiy yaxlitligiga jiddiy zarba berilgan Gruziya esa qo‘shnisi bilan diplomatik aloqalarni uzdi.

    Mojaro sabab Gruziya xalqaro tan olingan hududining qariyb beshdan birini yo‘qotdi. Qurolli harakatlarda 412 nafar gruzin halok bo‘ldi. Ulardan 170 nafari harbiylar, yana 14 nafari esa politsiya xodimlari esa. Yaradorlar esa 1700 kishidan oshib ketdi. Rossiya mudofaa vazirligi 67, baʼzi manbalarga ko‘ra esa 74 nafar harbiy xizmatchisidan ayrildi. Janubiy Osetiya esa 200 askarini qurbon berdi.

    US, Russia spar over deadly Georgian conflict - ABC News

    Bir qarashda Rossiya tomoni kam talafot bergandek ko‘rinishi mumkin. Biroq amaliyot ko‘lami hamda zaif raqibga nisbatan olib qaralsa, ular sezilarli yo‘qotishlarga uchradi. Bu o‘zaro muvofiqlashtirishning yo‘qligi va razvedkaning layoqatsizligi bilan izohlanadi.

    Gruziya olti kun davom etgan mojaro vaqti ruslarning kamida 21 ta samolyoti urib tushirilganini daʼvo qiladi. Eng ishonchli manbalarga ko‘ra, ularning soni 6 ta. Ro‘yxatda uchta Su-25, ikkita Su-24 va bitta Tu-22M3 strategik bombardimonchisi bor. Ayniqsa, yuqorida sanalganlarning oxirgisi qimmatbaho aktiv bo‘lib, uzoq masofadan raketalar uchirishga hamda yadroviy qurollarni tashishga mo‘ljallangan.

    Rossiyaning Tu-22M3 strategik bombardimonchisi
    Foto: Military Review

    Rossiyaning quruqlikdagi yo‘qotishlarini hisoblash qiyinroq kechgan. Vizual dalillarga asoslangan manbalarga ko‘ra, rossiyaliklar 4-5 ta T-72 tanklari, taxminan 20 ga yaqin BMP-1 va BMP-2 piyoda jangovar mashinalari hamda eng kami 3 ta BTR-80 zirhli transport vositalaridan ayrilgan. Bundan tashqari, 20 dan ortiq KamAZ va Ural yuk mashinalari safdan chiqarilgan.

    Urush sabablari va u qaysi tomonga ko‘proq manfaat bergani haqida bahs-munozaralar hozirga qadar davom etadi. Prezident Saakashvili mamlakat hududiy yaxlitligini tiklash niyati bilan keskin qadam tashlagani shubha ostiga olinmasa ham, baʼzilar uni oqibatini o‘ylamay ish qilishda ayblaydi. Ularning fikricha, Gruziya rahbari NATO aralashuviga umid qilgan, Kreml esa ular qo‘l-qovushtirib o‘tirishlarini aniq bilgan.

    8 avgust, 21:35   Izoh (0)   4855
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Gruziya#Rossiya#NATO#Saakashvili#Medvedev
    Humoyun Tojiddinov

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tel-Avivda minglab aholi hukumatga qarshi namoyishga chiqdi

    Dunyo | 10 avgust, 14:17

    AQSH davlat kotibi Isroil–HAMAS muzokaralari izdan chiqishida Makronni aybladi

    Dunyo | 10 avgust, 13:20

    Oylik 2,2 ming yevrogacha: o‘zbekistonlik hamshiralar Italiyaga ishga taklif etilmoqda

    O‘zbekiston | 10 avgust, 12:45

    “Xoh Rossiya bilan, xoh Rossiyasiz” Eron AQSH qo‘llovidagi Zangizor koridoriga qarshi chiqishini ma’lum qildi

    Dunyo | 10 avgust, 12:15

    O‘zbekistonda hafta boshida harorat yana ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 10 avgust, 11:45

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Manchester Siti” “Palermo”ni yirik hisobda mag‘lub etdi. Husanov bir taym o‘ynadi (video)

    Sport | 10 avgust, 11:44

    O‘zbekistonda umraga yuboruvchilar bo‘yicha “Sirli mijoz” yashirin nazorat tadbirlari o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 10 avgust, 11:20

    Muhammad Saloh “falastinlik Pele” o‘limi tafsilotlarini aytmagani uchun UEFAni tanqid qildi

    Dunyo | 10 avgust, 10:44
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.