Xitoyning qayta foydalaniladigan raketasi sinov parvozi vaqtida qulab tushdi. Bu haqda vaziyatdan xabardor manbalarga tayanib, South China Morning Post xabar berdi.

Taxminlarga ko‘ra, hodisa iyul oyi oxirida Ichki Mo‘g‘uliston rayonidagi poligonda yuz bergan. Sun’iy yo‘ldosh tasvirlarida start maydonchasi yaqinida yong‘in izlari ko‘rinadi. O‘sha kuni vertikal uchish va qo‘nish sinovi o‘tkazilgan, biroq parvoz “muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlangan”. Portlash izlari raketa qo‘nishi kerak bo‘lgan joydan yuzlab metr uzoqda aniqlangan.
Bu raketa uchirilgandan keyin o‘z yo‘nalishidan og‘ganini va qo‘nish paytida qulaganini anglatadi, deyiladi xabarda.
Ma’lumot o‘rnida, 2024-yil iyun oyida Xitoyda kosmodromdan uchgan raketa shahar chekkasiga qulab tushgandi. Avariya dvigatelni sinovdan o‘tkazish paytida sodir bo‘lgan. Raketaning parvozi oldidan rejalashtirilmagan. Mutaxassislar raketani uchirmay sinovdan o‘tkazishi kerak edi. Biroq qandaydir sababga ko‘ra aviatexnika osmonga ko‘tarilib, ko‘p o‘tmay shahar chekkasiga qulagan va yerda kuchli portlash sodir bo‘lgan.
Izoh (0)