• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12904.51
    • RUB161.99
    • EUR14575.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Toshkent sh.

    “Hech bo‘lmasa million bo‘lsin, konvertga solib berardim”. Shayxontohurdagi maktablarda o‘qituvchilar bayrami uchun pul yig‘ish boshlandi

    Shayxontohur tumanidagi umumta’lim maktablaridan birining 2-sinfida tahsil oluvchi o‘quvchilarning ota-onalari 1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan millionlab pul yig‘moqda. Bu haqda “Daryo”ga bildirgan murojaatchilarga ko‘ra, ushbu sinfda tahsil oluvchi ota-onalar tashabbusi bilan har bayramda pul yig‘ish odat qilingan. 

    “Daryo”ga kelib tushgan audioyozuvlardan anglashilishicha, ushbu maktabda (maktab raqami tahririyatga ma’lum, biroq murojaatchining istagiga ko‘ra sir saqlanmoqda) o‘qituvchining 1-oktyabrda olgan sovg‘asi yoki pulining ko‘pligiga qarab reytingda qaysi o‘rinda turishi tahlil qilinadi. 

    Oldingi safar ham (2023-yilning 1-oktyabr sanasi nazarda tutilmoqda, tahririyat izohi) juda kam pul berganmiz, ancha orqadamiz. U yerda senga necha pul berishdi, senga qancha berishdi, degan muhokama bo‘ladi-da. To‘g‘ri, Zilola aytmaydi, o‘zi bilib-bilib ishini qilar, lekin uyaladi. Baribir solishtiriladi, deydi guruhda onalarni pul berishga undagan fuqaro. 

    Ko‘pchilikni o‘qituvchi uchun pul yig‘ishga undagan ona 2-sinf o‘qituvchisiga 500 ming so‘m yig‘ilishini uyatli holat deydi. 

    Katta sinfda o‘qiydigan bolalarim uchun kamida 100 ming so‘mdan, dollar demayman-u, so‘mda yig‘amiz. Milliondan oshadi-da. Bularda esa 500 ming so‘m yig‘ildi endi, deydi farzandi 2-sinfda tahsil oluvchi o‘quvchi qizning onasi. 

    Tahririyatga audioyozuvi yuborilgan onaning aytishicha, shu maktabning 11-sinfida o‘qiydigan farzandining o‘qituvchisiga ayni kunga qadar 1 million so‘mdan ortiq pul yig‘ilgan. 

    Biz ham harakat qilaylik, hech bo‘lmasa 20 kishi bersin. 1 million bo‘lsin, shundoq konvertga solib beraman-da. Gul yoki shokolad qilib o‘tirmayman, o‘ziga pulni beraman, kerakli narsa oladi, deydi bayram uchun ota-onalardan pul yig‘ishni odat qilgan “kassir ona”. 

    Shu o‘rinda suhbatga qo‘shilgan onalardan biri Surayyo ismli onaga murojaat qilib, shokoladga pul ketkazmaslikni, pulning o‘zini berishni maslahat berib, “Feruza opam to‘y qiladigan, pulini bersak, kam-ko‘stiga ishlatar”, deydi. 

    O‘qituvchining kasb bayrami uchun onalardan pul yig‘ayotgan “kassir ona” ayollarni erini aldab, pul olishga undaydi. 

    Bermaganlar, pulini beringlar, harakat qilinglar, eringlarga uni olaman, buni olaman, deb olvolinglar. 50 ming so‘m hozir pulmas-da. Bir xillarga puldir, ammo bizga pulmas-da, deydi “kassir ona”. 

    Audioyozuvda ovozi yangragan onaning aytishicha, Shayxontohur tumanidagi 180-maktabda boshlang‘ich sinf o‘quvchilaridan o‘qituvchilar bayrami uchun 150-200 ming so‘mdan pul yig‘ilmoqda. 

    Maktab o‘qituvchilari uchun pul yig‘ish masalasiga qarshiligini bildirgan onalardan biri Gulnora Alimova boshlang‘ich sinflarda tashkil etilgan ota-onalar qo‘mitasining shunday paytda tashabbuskor bo‘lib qolishini aytib, bunday tashabbuskorlikni qoralamoqda. 

    Ota-onalar qo‘mitasining faolligi faqat shu bayramda sezilsa kerak, hoynahoy, nega sifatli ta’lim borasida gap ketganda ham shunaqa tashabbuskorlik bo‘lmaydi ularda, shunisi qiziq. Bunday holat mening farzandlarim o‘qiyotgan maktablarda ham sezilmoqda. Oxirgi uch-to‘rt kunda ota-onalar qo‘mitasi pul yig‘ishga shunchalik kirishib ketishganki, ular O‘zbekiston qonunchiligini esdan chiqarib, o‘zboshimchalik qilmoqda. Ota-onalardan pul yig‘ib, uni xuddiki o‘zi berayotgandek tutayotgan onalar bu orqali farzandini o‘qituvchiga yaqinlashtirishni, o‘qituvchini shu yo‘l orqali muttaham qilib, farzandining ayblariga ko‘z yumishga undayotgandek. Bu bizga nima beradi? Sifatsiz ta’lim, qoloq o‘quvchi va tamagir o‘qituvchilarni ko‘paytiradi, deydi u. 

    “Daryo” jurnalisti bilan suhbatda bo‘lgan Shayxontohur tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri o‘tgan shanba va dushanba kunlari maktablarda o‘qituvchilar bayramiga pul yig‘ish taqiqlanganini eslatganini ma’lum qildi. 

    Bayramga pul yig‘ib o‘qituvchiga qimmatbaho sovg‘a, qanaqadir taqinchoqlar olishni taqiqlaganmiz. Har bir maktabda kuzatuv kengashlari ham ish boshlagan bo‘lib, bunga qarshi kurashyapmiz, deydi bo‘lim mudiri.

    25.09.2024, 13:01   Izoh (0)   32168
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #maktab#pul#ota-ona

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Boshiga urgan, tepgan: Xorazmdagi bog‘chada tarbiyachilar bolalarni urib dars o‘tgani aniqlandi (video)

    16.12.2023, 09:57

    Namanganda bog‘cha rahbari bolalarni qabristonga olib bordi

    13.05.2024, 18:53

    Toshkentdagi bog‘chada tarbiyachi adashib ota-onalar guruhiga yuborgan videosi muhokamalarga sabab bo‘ldi (video) 

    24.05.2024, 18:35
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rasman. Xabi Alonso — “Real Madrid” bosh murabbiyi

    Sport | 25 may, 15:24

    Hindiston chegarachilari davlatga noqonuniy kirishga uringan pokistonlikni otib o‘ldirdi

    Dunyo | 25 may, 15:09

    Kevin de Bryuynening keyingi manzili qaysi chempionat bo‘lishi ma‘lum bo‘ldi — manba

    Sport | 25 may, 14:16

    Xitoy aeroportida ayol yuzni aniqlash skaneridan o‘tolmagani uchun makiyajini o‘chirishga majbur bo‘ldi (video)

    Layfstayl | 25 may, 14:11

    O‘zbekistonda imtiyozli toifaga kiruvchilar davlat hisobidan davolanadigan kasalliklar ro‘yxati qayta tasdiqlanadi

    O‘zbekiston | 25 may, 13:22

    Rossiyaning Ukrainaga raketa va dronlar bilan qilgan hujumi oqibatida 10 dan ortiq odam vafot etdi

    Dunyo | 25 may, 12:43
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.