Prezidentning “Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligi” esdalik yubiley medalini taʼsis etish to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, 1941-1945-yillardagi Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 80 yilligi sharafiga “Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligi” esdalik yubiley medali taʼsis etiladi.
Ushbu esdalik yubiley medali bilan kimlar mukofotlandi?
- O‘zbekiston fuqarolari – “1941-1945-yillardagi Ulug‘ Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun” va “Yaponiya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun” medallari bilan, urush yillarida jangovar xizmatlari uchun boshqa orden va medallar bilan mukofotlangan yoki urush qatnashchisi guvohnomasiga yoxud Vatan urushi nogironi guvohnomasiga ega bo‘lgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va ularga tenglashtirilganlar;
- Ikkinchi jahon urushi yillaridagi front orti mehnat faxriylari, shu jumladan, “1941-1945-yillar Ulug‘ Vatan urushidagi shavkatli mehnati uchun”, “Mehnatdagi jasorati uchun”, “Mehnatda o‘rnak ko‘rsatganligi uchun” medallariga yoki 1941-1945-yillardagi urush davrida Qurolli Kuchlarda fuqaro shaxslarni erkin yollash bo‘yicha shtat lavozimida bo‘lganligi to‘g‘risidagi guvohnomaga ega bo‘lgan mehnat fronti qatnashchilari mukofotlanadi.
Izoh (0)