• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12834.61
    • RUB162.65
    • EUR14662.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda homiylik xayriyalarini yig‘ish tartibini buzganlar jarimaga tortilishi mumkin

    “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga homiylik faoliyatini amalga oshirish tartibini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Ushbu qonun loyihasi Qonunchilik palatasining 25-fevraldagi majlisida deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilingandi. Majlisda ehtiyojmand aholi qatlamlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida muayyan ishlar amalga oshirilayotgani, bu jarayonda nafaqat davlat organlari, balki fuqarolar ham xayriya, ehson va saxovat ishlarida tashabbuskorlik ko‘rsatayotgani, lekin amaldagi qonunchilikda homiylik xayriyalarini yig‘ish tartibi, bu sohadagi subyektlar faoliyatining ochiqligi, ularga ajratilgan mablag‘lar sarflanishining shaffofligi tizimi mukammal emasligi qayd etilgandi. Shuningdek, homiylik to‘g‘risidagi tartib-qoidalarni buzganlik uchun javobgarlik ham belgilanmagani aytilgandi.

    Endilikda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 239-2-modda (homiylik to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini buzish) bilan to‘ldirish taklif etilmoqda. Unda homiylik xayriyalarini yig‘ish tartibini buzish fuqarolarga BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha (1 million 125 ming so‘mdan 1 million 875 ming so‘mgacha), mansabdorlarga esa 5 baravaridan 7  baravarigacha (1 million 875 ming so‘mdan 2 million 625 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi belgilanmoqda.

    Qonun loyihasida homiylikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha mexanizmlari, homiylik xayriyalarini yig‘ish, xayriya qutisini o‘rnatish va undan foydalanish tartiblari shuningdek, homiylik xayriyalari to‘g‘risidagi axborotni oshkor etish va bu jarayonning ochiqligini ta’minlash shartlari ham belgilanmoqda.

    Xayriya qutisini o‘rnatish va undan foydalanish tartibini buzish, basharti ushbu kodeksning 188-3-moddasida (tilanchilik qilish) nazarda tutilgan huquqbuzarlik alomatlari mavjud bo‘lmasa, BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi ko‘zda tutilmoqda.

    Homiylik tashkilotining o‘z ta’minoti (shu jumladan faoliyati bilan bog‘liq barcha xarajatlari) uchun moliya yilida o‘zi sarflaydigan moliyaviy mablag‘larni qonunchilikda belgilangan miqdordan oshirib yuborilishi, jinoyat alomatlari mavjud bo‘lmagan taqdirda mansabdor shaxslarga BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha miqdorida jarima solishga sabab bo‘lishi belgilanmoqda.

    Homiylik faoliyatini amalga oshirish tartibini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasining qabul qilinishi homiylik xayriyalarini yig‘ish tartibini buzishning oldini olish, homiylik tashkilotlari faoliyatining shaffofligini ta’minlash hamda ularga nisbatan fuqarolarning ishonchini ortishiga xizmat qiladi.

    Taklif va mulohazalar 8-martgacha qabul qilinadi.

    27 fevral, 16:45   Izoh (0)   1961
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #homiylik#xayriya

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda mahallalar faoliyatini rag‘batlantirish jamg‘armasi tashkil etiladi

    22.05.2024, 14:06

    Prezident fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan farmonni imzoladi

    26.08.2024, 17:25

    Yopiq hujjatlar chindan ham yopiqmi? Poytaxt hokimliklari nega qaror va farmoyishlarni yashirmoqda?

    10 yanvar, 12:15

    Andijon tumanida kitobxon ayollarga yarim yillik kommunal to‘lovlar to‘lab beriladi 

    30 yanvar, 11:59

    Har uch hujjatning biri yopiq: vodiy hokimlari jamoatchilikdan nimani yashirmoqda?

    7 fevral, 18:52

    Endilikda jismoniy shaxslar faqat o‘zi yoki yaqin qarindoshi manfaati uchun xayriya yig‘ishi mumkin bo‘ladi

    25 fevral, 16:08
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Nigeriyada harbiylar xatosi sabab 20 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 3 iyun, 13:11

    InfinBLACK - ortiqcha to‘lovlar talab qilmaydigan kredit karta

    Reklama | 3 iyun, 12:45

    Hindiston aeroportiga yo‘lovchi 47 ta zaharli ilon olib keldi (foto)

    Dunyo | 3 iyun, 12:55

    Yaponiyaliklar 45 soatda uy qurishni o‘rganib oldi (video)

    Arxitektura | 3 iyun, 12:45

    Pep Gvardiola: “Mavsum og‘ir bo‘ldi, lekin biz muhim vazifani bajardik”

    Sport | 3 iyun, 12:40

    Bill Geyts boyligining katta qismini Afrikaga beradi

    Dunyo | 3 iyun, 12:39

    Hyundai Uzbekistan - foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati qaytdi!

    Reklama | 3 iyun, 10:30

    Ukraina Rossiyadan deportatsiya qilingan 500 dan ortiq bolani qaytarishni talab qildi

    Dunyo | 3 iyun, 12:19

    Jaziramada terlamaslikka yordam beradigan layfhaklar

    Layfstayl | 3 iyun, 12:07
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.