• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Zo‘ravonlikdan odam savdosigacha: O‘zbekistonda 2024-yilda sodir etilgan jinoyatlar statistikasi ochiqlandi

    O‘zbekistonda 2024-yilda 132 298 ta jinoyat sodir etilgan. Bu haqda 26-fevral kuni Senatda o‘tgan Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi majlisida Ichki ishlar vazirligi mas’ullar axborotida aytib o‘tildi. 

    Foto: Senat axborot xizmati

    Ma’lum qilinishicha, 2024-yilda sodir etilgan umumiy jinoyatlarning 92,4 foizi fosh etilgan. Qidiruvdagi shaxslarning 8 736 nafari ushlangan va bedarak yo‘qolganlarning 567 nafari topilgan.

    Jumladan, majlisda IIVning 2024-yilda huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi borasida tegishli vazirlik va idoralar bilan olib borgan hamkorlikdagi ishlari yuzasidan axboroti eshitildi. Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, 2024-yilda xodimlarning tashabbusi bilan 27 953 ta jinoyat aniqlangan bo‘lib, mazkur amaliyot 23,4 foizga yaxshilangan.

    Bundan tashqari, 3 880 nafar shaxslar tomonidan sodir etilgan 3 293 ta korrupsiya va iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar aniqlanib, ular oqibatida yetkazilgan 239 mlrd 584 mln so‘m miqdoridagi zarar undirilishi hamda odam savdosi jinoyatini sodir etgan 219 nafar shaxsga nisbatan qonuniy choralar ko‘rilishi ta’minlangan.

    Foto: Senat axborot xizmati

    Bevosita mahallalarda jinoyatchilikni jilovlash maqsadida salmoqli ishlar amalga oshirilgan. Natijada jami mahallalarning 30,6 foizida jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmagan. O‘z navbatida, jinoyatlar qayd etilgan mahallalarning 14,3 foizi  “qizil” toifaga kiritilgan.

    Tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan 54 ming nafardan ortiq xotin-qizga himoya orderi berilgan. Oilaviy muammolar va zo‘ravonlikka duch kelgan xotin-qizlarning 625 nafari ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlariga joylashtirilgan. Muhokama jarayonida huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi yo‘nalishida muayyan kamchiliklar, o‘z yechimini kutayotgan masalalar va to‘liq foydalanilmagan imkoniyatlarga ham to‘xtalib o‘tildi.

    Xususan, 2024-yilda mamlakatda 132 298 ta jinoyat sodir etilgan. Jami jinoyatlar soni mamlakat bo‘yicha har 100 ming aholiga 199 tadan to‘g‘ri kelgan. Oldi olinishi lozim bo‘lgan jinoyatlar soni hanuzgacha jinoyatlarning salmoqli qismini tashkil etmoqda.

    Aytilishicha, oldi olinishi mumkin bo‘lgan jinoyatchilikning asosiy ulushini o‘g‘rilik va firibgarlik jinoyatlari tashkil etib, ularning 59,4 foizi yoshlar va 36,1 foizi ilgari sudlanganlar tomonidan sodir etilgan. Bundan tashqari, jinoyatlarning 7 mingdan ortig‘i ishsizlar tomonidan sodir etilgani, joylarda aholini ish bilan ta’minlash masalalari ham samarali hal etilmayotganini aytib o‘tildi. Kiberxavfsizlik yo‘nalishida 58,8 mingta jinoyat sodir etilgani va ularning 97,7 foizi fuqarolarning bank plastik kartalaridagi pullarni qo‘lga kiritish bilan bog‘liqligi tanqid ostiga oldi. 

    Foto: Senat axborot xizmati

    Bundan avval Oliy sud 2024-yilda sudlar tomonidan ko‘rib chiqilgan jinoyat ishlari yuzasidan ma’lumotlarni e’lon qilgandi. Unga ko‘ra, 2024 yilda jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 77 995 nafar shaxsga nisbatan 61 481 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. 723 nafar shaxs oqlanib, reabilitatsiya qilindi.

    Sudlanganlar soni 61 502 nafarni tashkil etib, shundan 20 659 nafar shaxsga ozodlikdan mahrum qilish va 39 763 nafariga boshqa turdagi jazolar tayinlandi, 1 080 nafar shaxs shartli hukm qilindi. Sudlanganlarning 

    • 54 370 nafari erkak;
    • 7 132 nafari ayol;
    • 22 757 nafari yoshlar (shu jumladan 2 214 nafari voyaga yetmagan);
    • 2637 nafari 60 yoshdan oshgan shaxslar.

    Ma’lum qilinishicha, 7 956 nafar shaxs ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlanishi munosabati bilan sud zalida qamoqdan ozod qilindi, 33 151 nafari jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi, 11 581 nafariga tayinlangan jazosi yengili bilan almashtirildi va 14 991 nafar shaxsga nisbatan dastlabki tergov organlari tomonidan asossiz ravishda qo‘yilgan moddalar ayblovdan chiqarib tashlandi yoki qayta malakalandi. 

    26 fevral, 16:45   Izoh (0)   4116
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #jinoyat

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda o‘quvchini boshiga bir necha marotaba urgan o‘qituvchi jarimaga tortildi 

    20 fevral, 18:30

    Chexiyada savdo markazidagi pichoqbozlikda ikki ayol halok bo‘ldi 

    20 fevral, 20:00

    Andijon va Qashqadaryoda “valyutchik”lar ushlandi

    20 fevral, 21:20

    Toshkent viloyatida yuk mashinasi yo‘lga o‘tirib olgan shaxsni urib ketdi (video)

    20 fevral, 22:32

    Toshkent viloyatida yerni 2,4 mln dollarga noqonuniy sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi (video)

    21 fevral, 10:36

    O‘zbekistonda mast holda avtomobil boshqarganlar jinoiy javobgarlikka tortiladi

    21 fevral, 11:14

    O‘zbekistonda jarima ballari 12 balldan oshgan haydovchilar transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilinadi 

    21 fevral, 11:09

    17 yoshli hindistonlik og‘ir atletikachi 270 kg tosh ko‘tarish vaqtida vafot etdi

    21 fevral, 11:48

    Haydovchilar uchun jarima ballari ishga tushdimi? Mas’ullar izoh berdi

    21 fevral, 13:23

    “Texnik xatolik”. Mubashshir Ahmad o’ta og’ir jinoyatda ayblanayotgani rad etildi 

    21 fevral, 14:29

    Komil Allamjonovning 7 nafar xodimiga chiqarilgan sud qarori bekor qilindi 

    21 fevral, 14:39

    O‘zbekistonning uch viloyatida 530 mln so‘mdan ortiq energiya resurslaridan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi 

    21 fevral, 18:36

    “IIB binosidan o‘lik chiqishi yangilik emas”, “Viloyatliklarga o‘xshab kiyingan” va boshqalar. IIV xodimlarining eng mashhur “texnik xatolari”ni yodga olamiz

    21 fevral, 20:00

    Sirdaryodagi metan zapravkada 5,7 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanildi

    21 fevral, 20:25

    O‘zbekistonda huquq-tartibot xodimlari videolarini “obro‘sizlantiradigan” tarzda buzib tarqatishni taqiqlovchi qonun kuchga kirdi

    21 fevral, 21:45

    Yuk poyezdi urib yuborgan Nexia, haydovchilar uchun ishga tushadigan jarima ballari, yerni 2,4 mln dollarga noqonuniy sotmoqchi bo‘lgan shaxs: 21-fevralning eng mu...

    21 fevral, 23:40

    “Ularni o‘zlarini to‘liq himoya qilish imkoni bo‘lmagan holda sudga olib ketishgan” — Advokat Komil Allamjonov atrofidagi fuqarolarga bo‘lgan bosim haqida gapirdi

    22 fevral, 13:12

    Toshkent viloyatida 15 dan ortiq jinoyat sodir etgan shaxsga sud hukmi o‘qildi

    22 fevral, 17:35

    Namangandagi ovqatlanish shoxobchasida 616 mln so‘mlik gaz va “svet”dan noqonuniy foydalanildi

    23 fevral, 17:25

    Andijonda 2 gektar yerni 300 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

    23 fevral, 20:35

    Shifokor bo‘lish o‘rniga qo‘shmachiga aylangan erkak qismati: qonuniy xotinini fohishalikka majburlab kelgan shaxs 5 yilga qamaldi

    23 fevral, 21:08

    O‘zbekistonda jinoyat protsessida ishtirok etgan shaxs vafot etganda uning oila a’zolariga 37,5 mln so‘mdan beriladi

    24 fevral, 20:29

    Samarqandda 19 yoshli qiz o‘z joniga qasd qildi

    24 fevral, 16:45

    Qobil Dusovga 1 yil-u 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi 

    24 fevral, 21:10

    Samarqandda 2,4 gektar yerni 95 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

    24 fevral, 22:10

    Farg‘onada kompyuter klubida janjal ko‘targan shaxslar qamoqqa olindi

    25 fevral, 10:40

    Haydovchilarga jarima ballari faqat YPX inspektorlari bayonnomalari asosida shakllanadi

    25 fevral, 11:17

    Surxondaryoda narkotik moddalar savdosi bilan shug‘ullangan ota va uning ikki o‘g‘li qo‘lga tushdi (video)  

    25 fevral, 12:12

    Xorazmda ota o‘z o‘g‘lini otib o‘ldirdi, kelini va nabirasiga ham o‘q uzdi 

    25 fevral, 16:50

    Giyohvandlik vositalari, tig‘li buyumlar, o‘qotar qurollar: Toshkentda o‘tkazilgan tezkor-profilaktik tadbirlarda qanday holatlar aniqlandi?

    25 fevral, 22:30
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    4-iyundan boshlab AQSHdan po‘lat va alyuminiy importiga 50 foizlik bojlar kuchga kiradi

    Dunyo | 31 may, 09:23

    Rossiyada Putinni Gitlerga o‘xshatib mem qilganlar jazolanadi

    Dunyo | 30 may, 23:55

    Zarafshon daryosidan noqonuniy ravishda qum-shag‘al qazib olgan shaxsga chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 30 may, 23:40

    “O‘zbekiston qo‘shni davlatlar bilan urushga kirishishi mumkin edi” – Abdulaziz Komilov

    O‘zbekiston | 30 may, 23:30

    AQSH Oliy sudi Trampga 500 ming muhojirni mamlakatdan chiqarib yuborishga ruxsat berdi

    Dunyo | 30 may, 23:25

    Nepalda o‘n minglab namoyishchilar monarxiyani tiklashni talab qilmoqda

    Dunyo | 30 may, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 30-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 30 may, 22:55

    Toshkent viloyatida svetoforning taqiqlovchi ishorasiga amal qilmagan haydovchining mashinasidan giyohvand modda topildi

    O‘zbekiston | 30 may, 22:40

    Surxondaryodagi 5 ta “dom”da 1,5 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalanilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 30 may, 22:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.