• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12705.79
    • RUB159.2
    • EUR14704.41
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmati yo‘lga qo‘yiladi

    “Nogironligi bo‘lgan bolalarga ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Qarorga ko‘ra, 2025-yil 1-martdan tajriba-sinov tariqasida bosqichma-bosqich Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahrida, 2025-yil 1-oktyabrgacha respublikaning qolgan hududlarida 3 yoshdan 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolalar uchun davlat-xususiy sheriklik asosida kunduzgi parvarish xizmati yo‘lga qo‘yiladi.

    Bunda nogironligi bo‘lgan bolalar kunduzgi parvarish xizmatiga ularning ota-onalari bilan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari o‘rtasida tuzilgan ijtimoiy shartnoma asosida hamda Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya tomonidan belgilangan tartibda berilgan xulosaga muvofiq qabul qilinadi.

    2025-yil 1-martdan kunduzgi parvarish xizmatiga oid faoliyatni amalga oshiruvchi tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashning quyidagi tartibi joriy etiladi:

    • kunduzgi parvarish xizmatidan foydalanilgan bir kun uchun 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan har bir bolaga bazaviy hisoblash miqdorining 25 foizi miqdorida va 7 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan har bir bolaga – 27 foizi miqdorida subsidiya ajratiladi (bunda viloyatlar markazlari, Toshkent va Nukus shaharlari uchun subsidiya miqdori 1,1 ko‘paytiruvchi koeffisiyentni qo‘llash orqali aniqlanadi);
    • kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalarning nogironligi bo‘lgan har bir bolasi uchun yuqorida belgilangan subsidiya umumiy miqdorining 30 foizi miqdorida qo‘shimcha mablag‘ to‘lab beriladi.

    Qarorga ko‘ra, 2027-yil 1-iyulgacha kunduzgi parvarish xizmatini yo‘lga qo‘ygan tadbirkorlarga Markaziy bankning asosiy stavkasida davlat-xususiy sheriklik loyihasi doirasida mebel va jihozlar xaridi uchun imtiyozli kreditlar ajratiladi.

    Ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatishni tashkil etish jarayonlarini raqamlashtirish maqsadida, quyidagilar yaratiladi:

    • 2025-yil 1-martgacha “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida “Kunduzgi parvarish xizmatini boshqarish” axborot moduli hamda uning mobil ilovasi;
    • 2025-yil 1-sentyabrgacha bolalarning rivojlanishida kuzatiladigan nuqsonlarni erta aniqlash va o‘z vaqtida kompleks ijtimoiy-tibbiy yordam bilan qamrab olish, ularda nogironlikning oldini olish hamda nogironligi bo‘lgan bolalarda muvaffaqiyatli ijtimoiylashuvni ta’minlashga ko‘maklashuvchi “Bolalar salomatligi” axborot tizimi.

    Shuningdek, uch oy muddatda Soliq kodeksiga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi takliflar hukumatga kiritiladi:

    • davlat-xususiy sheriklik asosida kunduzgi parvarish xizmatini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlarini 2030-yil 1-yanvarga qadar barcha turdagi soliqlarni (bundan ijtimoiy soliq mustasno) to‘lashdan ozod qilish;
    • ota-onaning kunduzgi parvarish xizmatlaridan foydalangani uchun oyiga 3 million so‘mgacha bo‘lgan to‘lovlarini soliq solinmaydigan daromadlar toifasiga kiritish.

    Qoraqalpog‘iston, Andijon, Qashqadaryo, Samarqand, Toshkent viloyati va Toshkent shahrida nogironligi bor 2 ming bolani kunduzgi parvarishlash tizimi yo‘lga qo‘yilish haqida 13-dekabrda bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida topshiriq berilgan edi.

    28-yanvar kuni prezident ijtimoiy yordamlarning manzilliligini oshirish, nogironligi bo‘lganlarni parvarishlashning yangi tizimiga oid taqdimot bilan tanishganda ham shu masala ko‘tarilgandi.

    5 fevral, 10:20   Izoh (0)   2920
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #nogironligi bo‘lgan bolalar#kunduzgi parvarish

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchi va murabbiylarni kasb bayrami bilan tabrikladi

    30.09.2020, 22:45

    Yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslardan yo‘qolgan ID-kartasini almashtirishda davlat boji undirilmaydi

    19.10.2024, 16:10

    Ijtimoiy davlatga samarali ijtimoiy siyosat orqali erishamiz! 

    19.10.2024, 18:57

    Byudjet-2025: “suyunchi puli” va boshqa nafaqalarga qancha mablag‘ ajratiladi?

    30.10.2024, 17:18

    Farg‘onada avtobuslarda yo‘lkira narxi 1000 so‘mga qimmatlashmoqda

    31.10.2024, 12:40

    Yandex Uzbekistan xayriya tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Saxovatli noyabr” aksiyasini boshlaydi

    31.10.2024, 15:45

    O‘zbekistonda farzandlarni oilaning kambag‘alligi tufayli Mehribonlik va Bolalar uylariga joylashtirish amaliyoti bekor qilinadi

    05.11.2024, 18:03

    Prezident tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan soha vakillaridan bir guruhini mukofotladi 

    08.11.2024, 20:45

    Adaptiv sport turlarini rivojlantirish dasturi tasdiqlandi 

    14.11.2024, 20:30

    Toshkentda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun “Ijtimoiy taksi” xizmati yo‘lga qo‘yildi

    21.11.2024, 12:20

    Tasdiqlangan vazirlar, Toshkentda sotilgan ikkita mehmonxona, tug‘uruqxonada vafot etgan 20 yoshli homilador ayol: 21-noyabrning eng muhim xabarlari 

    21.11.2024, 22:49

    “Muhtoj bo‘lmaganlarga asossiz nafaqa to‘lashning oldi olindi”. Shavkat Mirziyoyev ishtirokida ijtimoiy himoya tizimiga oid yig‘ilish boshlandi

    13.12.2024, 11:10

    Ijtimoiy karta, kambag‘al oilalar va nogironligi borlar sharoitini yaxshilash: prezident ijtimoiy himoya bo‘yicha qanday tashabbuslarni ilgari surdi?

    13.12.2024, 20:10

    2024-yilda O‘zbekistonda bola manfaatlarini ta’minlash sohasida qanday o‘zgarishlar ro‘y berdi?

    31.12.2024, 23:30

    O‘zbekistonda ijtimoiy karta kimlarga beriladi va qayerdan olish mumkin?

    17 yanvar, 11:49

    “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” orqali ijtimoiy yordamlar “Kambag‘al oilalar reyestri”ga kirgan oilalarga ko‘rsatiladi

    28 yanvar, 17:30
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36

    G‘azodagi ayol va qizlar: Isroil qamali ostida ularning hayoti qanday kechmoqda? (foto)

    13 iyun, 08:31
    Audio Icon

    “Hokim uyingni ekskavator bilan buzib tashlayman deb po‘pisa qilyapti”, — Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berilmadi

    11 iyun, 20:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Markaziy Osiyo davlati ham bor: Tramp 36 mamlakat fuqarolariga AQSHga kirishni cheklamoqchi

    Dunyo | 15 iyun, 10:46

    Mahmud Muradov Oktagon 72 turnirida vaqtinchalik chempionlik kamarini qo‘lga kiritdi (video)

    Sport | 15 iyun, 10:09

    Eron oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy Isroilning nishoni bo‘lishi mumkin — WSJ

    Dunyo | 15 iyun, 09:21

    Ko‘krak suti bezi saratoni haqidagi savollarga javoblar

    Salomatlik | 15 iyun, 08:54

    Qashqadaryoda joniga qasd qilish uchun o‘zini kanalga tashlagan fuqaroni ichki ishlar xodimi qutqardi

    O‘zbekiston | 14 iyun, 23:06

    Superliga. “Paxtakor” “Bunyodkor” bilan, “OKMK” esa “Sho‘rtan” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 14 iyun, 22:18

    Aktrisa Fotima Rejametova o‘zini osib qo‘ygan qo‘shnisi yuzasidan murojaat bilan chiqdi (video)

    O‘zbekiston | 14 iyun, 22:02
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.