• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12904.51
    • RUB161.99
    • EUR14575.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +19°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Andijon Farg‘ona Namangan

    Har uch hujjatning biri yopiq: vodiy hokimlari jamoatchilikdan nimani yashirmoqda?

    Joriy yilning yanvar oyida vodiy viloyatlaridagi hokimliklar tomonidan 3435 ta hujjat imzolanib, joylashtirilgan. Hujjatlarning har uchtasidan bittasi “shaxsga oid” degan vaj bilan “yashirib” qo‘yilgan. Berkitish bo‘yicha Andijon viloyatining Izboskan hamda Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumanlari yetakchilik qilgan.

    “Daryo” yanvar oyida vodiy viloyatlari hokimliklari tomonidan “E-qaror” yagona elektron tizimiga joylashtirilgan hujjatlar bo‘yicha tahlilni o‘tkazdi.

    Skrinshot: e-qaror.gov.uz

    Eng ko‘p yashirilgan hujjatlar qaysi viloyatga tegishli

    Vodiy viloyatlari hamda shahar va tumanlari hokimliklari, shuningdek, mahalliy kengashlar tomonidan 2025-yilning 1-yanvaridan 31-yanvar kuniga qadar “E-qaror” platformasi orqali jami 3435 ta hujjat imzolangan.

    Eng ko‘p hujjat Namangan viloyatiga tegishli bo‘lib, oy davomida hokimlik va kengashlar tomonidan 1311 ta qaror va farmoyish qabul qilingan. Farg‘ona viloyatida esa 1302 ta, Andijon viloyati hokimliklari tomonidan esa qo‘shni viloyatdagi hamkasblariga nisbatan ancha oz, 822ta hujjat imzolangan.

    Umumiy hisobda vodiy viloyatlarida 33 ta normativ tusdagi qarorlar qabul qilingan.

    Andijon va Farg‘ona viloyatlari hokimliklari qabul qilingan hujjatlarning 35 foizini jamoatchilikdan yashirgan. Namangan viloyatida esa 26 foizga yaqin, ya’ni 331 ta hujjat “yopib” qo‘yilgan. 

    Ommadan yashirilgan hujjatlarning aksariyatida “shaxsga doir ma’lumotlar, vasiylik va homiylik yoki amaldagi qonunchilikka muvofiq boshqa turdagi foydalanishi cheklangan axborot mavjudligi” hamda “xizmat doirasida foydalanish uchun” belgisi qo‘yilgan.

    Farg‘ona viloyatidagi hokimlar tomonidan qabul qilingan hujjatlar statistikasi

    Viloyat hokimlari qanchalik ochiq?

    Viloyatlar hokimlari orasida eng ko‘p hujjat Farg‘ona viloyati hokimi Xayrulla Bozorov tomonidan qabul qilingan bo‘lib, umumiy miqdorda 73tani tashkil etadi. Ularning 19 tasi, ya’ni salkam 30 foizi yopiq.

    O‘n ikki yildan buyon bir lavozimda ishlayotgan, uzoq yillik hokim Shuhrat Abdurahmonov esa yanvar oyida 46 ta hujjatni imzolab, 12 tasini yashirgan.

    Shavkat Abdurazzoqov imzolagan 56 ta hujjatning 10tasi, ya’ni 18 foizi yopib qo‘yilgan. imzolangan.Namangan hokimi yanvar oyida boshqa hamkasblariga nisbatan ochiqroq bo‘lganligini ko‘rish mumkin. 

    Andijon viloyatidagi hokimlar tomonidan qabul qilingan hujjatlar statistikasi

    Andijon: Baliqchida bitta yopiq hujjat mavjud

    Andijon viloyatidagi shahar va tumanlar orasida “E-qaror” platformasida hujjatlarni “yashirish” bo‘yicha Izboskan tumani hokimligi yetakchilik qilgan. Yanvar oyida hokimlik tomonidan jami 40 hujjat  (30 tasi qaror va 10 tasi farmoyish) joylashtirilgan. Hujjatlarning 34 tasi, ya’ni 85 foizi yashirib qo‘yilgan. 

    Xonobod shahri, Buloqboshi, Ulug‘nor va Shahrixon tumanlari hokimliklari esa 70 foizga yaqin hujjatlarni boshqalar ko‘rolmasligi uchun berkitib qo‘ygan.

    Qolgan tumanlar hokimliklari tomonidan joylashtirilgan qaror va farmoyishlarning 15 foizdan 50 foizgacha bo‘lgan qismining “yuziga qizil parda” tortib qo‘yilgan.

     Sakkiz yildan buyon Baliqchi tumaniga hokimlik qilib kelayotgan Jasurbek Abduraimov tomonidan 19 ta hujjatdan atiga bittasi yopib qo‘yilgani tahsinga loyiq. 

    Farg‘ona: yopiqlikda yetakchi — Buvayda hokimligi

    Farg‘ona viloyatida eng ko‘p yopiq hujjat Buvayda tumani hokimligiga tegishli bo‘lib, 31 ta hujjatning 24 tasi, ya’ni 80 foizi yashirilgan.

    Dang‘ara, Uchko‘prik, Yozyovon va O‘zbekiston tumanlari hokimliklari esa 66 foiz hujjatlarga “qizil parda tortgan”. Marg‘ilon shahar hokimligi esa 39 ta hujjatning 23 tasini berkitib qo‘ygan. Bu jami hujjatning 60 foizini tashkil etadi.

    Qolgan hokimliklarda esa qabul qilingan qaror va farmoyishlarning 20 foizdan 50 foizga bo‘lgan qismi berkitilgan. 

    Namangan viloyatidagi hokimlar tomonidan qabul qilingan hujjatlar statistikasi

    Namangan: berkitilgan hujjatlar kamroq

    Vodiy hududida Namangan viloyati shahar va tuman hokimliklari boshqalarga nisbatan ancha ochiq deyish mumkin. Sababi tuman hokimliklari tomonidan platformaga joylashtirilib, berkitilgan hujjatlar 50 foizga ham yetmaydi.

    Viloyatda Pop tumani va To‘raqo‘rg‘on tumanlari yopiqlik bo‘yicha yetakchilik qilsa-da, umumiy hisobda berkitilgan hujjatlar 40 foizga ham yetmaydi. Misol uchun, Pop tumani 88 ta hujjatdan 35 tasini, To‘raqo‘rg‘on tumani esa 79 ta qaror va farmoyishning 31 tasini yashirgan.

    Qabul qilingan qaror va farmoyishlarni Davlatobod (64 tadan 9 tasi),  Chortoq (65 tadan  9 tasi) hamda Yangi Namangan (70 tadan 16 tasi) tumanlari hokimliklari jamoatchilikka ochiq va oshkora e’lon qilayotgan tahsinga sazovor. 

    Yopiq hujjatlarning aksariyati moliyaviy xarakterga ega

    “Yashirilgan” qaror va farmoyishlarning aksariyati moliyaviy xarakterga ega. Shu sababli ommadan yashirilayotgan bo‘lishi mumkin.

    Masalan, Yozyovon tumani hokimining 24-yanvardagi 21-11-165-Q/25 – sonli qarori platformada berkitib qo‘yilgan bo‘lgan. 

    Yozyovon tumani hokimining 24-yanvardagi 21-11-165-Q/25 – sonli qarori 
    Foto: e-qaror.gov.uz

    Qarorda tuman mahalliy byudjetining 2025-yil byudjet parametrlarida nazarda tutilgan zaxira jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tuman hokimligidagi rahbar xodimlarga qulay shart-sharoit yaratish va tumanning kelgusidagi iqtisodiy-ijtimoiy ko‘rsatkichlarini uzluksiz va izchil davomiyligini ta’minlash maqsadida xizmat uylari xaridi uchun 570 million so‘m ajratish belgilangan.

    Mazkur qarorning nega ommadan yashirilgani bizga qorong‘i. Hujjat mazmuni va ilovasida shaxsga doir ma’lumotlar ham mavjud emas bo‘lsa-da, asossiz ravishda “XDFU” belgisi bosilgani esa, yanada qiziq.

    Bag‘dod tumani hokimining 29-yanvardagi 10-11-152-F/25-sonli farmoyishi
    Foto: e-qaror.gov.uz

    Xuddi shunday holatni Bag‘dod tumani hokimining 29-yanvardagi 10-11-152-F/25-sonli farmoyishida ham ko‘rish mumkin. Farmoyishda kengash, hokimlik va bir qator tuzilmalarning rahbar hamda xodimlariga ustama belgilash uchun 545 million so‘m ajratish belgilangan.

    Yopiqlik qonunbuzilishlarga sabab bo‘lmoqda

    Hokimliklar hujjatlarni berkitish orqali nafaqat o‘z qilmishlarini jamoatchilikdan yashiryapti, balki shu orqali Byudjet kodeksi, “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi va boshqa bir qator qonun hamda qonunosti hujjatlarning talablari buzilishiga yo‘l qo‘ymoqda.

    “Daryo” “E-qaror” platformasiga joylashtirilgan hujjatlarni kuzatishda davom etadi.

    7 fevral, 18:52   Izoh (0)   9577
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #e-qaror#hujjatlar#Andijon#Farg‘ona#Namangan#hokimlar
    Umidjon Mamarasulov

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ichki ishlar vazirligi “Toshkentdagi IVV binosi ‘qo‘lga olindi’” to‘g‘risidagi xabarga munosabat bildirdi

    23.12.2019, 09:38

    Oliy sud bloger Otabek Nuritdinov ishi bo‘yicha bayonot berdi

    02.01.2020, 21:53

    “Go‘yoki Islom Karimov hozir zalga kirib keladigandek”. Besh yil avval Shavkat Mirziyoyevga prezident vazifasini bajarish yuklatilgan edi. Tarixiy majlisdan report...

    08.09.2021, 07:52

    Andijon hokimi prezident qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha qaror qabul qildi. Qarorida vazirlarga, Toshkent shahar hokimiga topshiriq berdi

    12.07.2022, 21:05

    Adliya vazirligi E-qaror tizimida ayrim hujjatlar yo‘qolib qolganiga munosabat bildirdi

    10.11.2022, 17:30

    Andijon shahrida jamoat transportida yurish narxlari o‘zgardi. Biroq hokimlik buni OAVda e’lon qilmadi

    17.09.2023, 10:25

    Elektron hukumat platformasi orqali 2023-yilning 8 oyida 1 500 mln dan ortiq axborot almashinuvi amalga oshirildi

    24.10.2023, 18:11

    Navoiyda jarima maydonidagi yuk mashinasini chiqarib berish uchun 1,5 ming dollar olgan shaxs ushlandi

    27.10.2023, 11:59

    “Qora bozor” sabab qochoqqa aylangan, Ozoda Nursaidova bilan arazlashgan va o‘ldiga chiqarilgan Halima Ibragimova 44 yoshda (foto, video)

    28.10.2023, 19:23

    Hilol Nasimov 61 yoshni qarshiladi. Rejissor nima uchun filmlaridagi bosh qahramon rolini faqat o‘g‘liga beradi?

    12.02.2024, 10:50

    Mahalliy kengash raisi-deputat o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi

    08.07.2024, 22:25

    O‘zbekistonda hokimlar bir vaqtning o‘zida xalq deputatlari kengashi raisi bo‘lishi taqiqlanadi

    09.07.2024, 13:48

    “E-Saylov” axborot tizimi orqali saylov jarayonlariga oid deyarli 60 turdagi munosabatlar to‘liq raqamlashtirildi

    13.09.2024, 17:23

    Vazirlik va idoralar prezident qarori ijrosini nega bajarmayapti?

    22.11.2024, 11:15

    Yashnobod hokimi o‘zini 62 million so‘m bilan mukofotladi. Hokimlik MIBdan salkam 700 million so‘m qarzdor

    23.12.2024, 18:12

    O‘zbekistonda namoyish etilgan ilk koreys seriali — “Qalbim chechagi” seriali aktyorlari hayoti qanday kechgan? (foto, video)

    2 yanvar, 10:30

    Toshkent hokimi byudjetdan ajratilgan 100 mld so‘mga oid qarorni shaxsga doir ma’lumotlar vaji bilan yashirgani aniqlandi 

    26.12.2024, 11:40

    Yashnobod hokimining o‘zini mukofotlash to‘g‘risidagi qarori qonuniy ekani bildirildi

    26.12.2024, 11:10

    Toshkentda 2025-yili davlat organlarining noqonuniy harakatlari natijasida fuqarolarga yetkazilgan zararni qoplashga 35 mlrd so‘m ajratiladi

    7 yanvar, 19:25

    Andijondagi barcha xalq deputatlari kengashlari jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilmagan mahalliy byudjetni bir kunda tasdiqladi 

    8 yanvar, 17:48

    Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan “Sijjak” dam olish maskani Kasaba uyushmasi tasarrufiga o‘tkazildi  

    9 yanvar, 13:01

    Yopiq hujjatlar chindan ham yopiqmi? Poytaxt hokimliklari nega qaror va farmoyishlarni yashirmoqda?

    10 yanvar, 12:15

    160 ming dollar bilan qo‘lga tushgan FVB boshlig‘i, sudga oshirilgan Komil Allamjonovga suiqasd ishi, dunyo reytingidagi o‘rnini 7 pog‘onaga yaxshilagan O‘zbekisto...

    10 yanvar, 22:50

    Immunitetni pasaytiradi, kamqonlikka olib keladi: qat’iy parhez sabab yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan 10 ta nojo‘ya holat

    16 yanvar, 17:55

    Nukus shahar hokimligi taqiqdagi Malibu-2 sini sotmoqchi, o‘rniga 500 mln so‘mga Kia K5 sotib olingan

    20 yanvar, 17:11

    Surxondaryo hokimi 14-yanvar munosabati bilan o‘rinbosarlari va shahar-tuman hokimlarini mukofotlash uchun 661 mln so‘m ajratdi

    21 yanvar, 12:22
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda daraxt bosib qolgan fuqaro vafot etdi

    O‘zbekiston | 24 may, 23:21

    Superliga. “Buxoro” mehmonda “So‘g‘diyona” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 24 may, 23:08

    Toshkent va Andijondagi oshxona hamda xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi (video)

    O‘zbekiston | 24 may, 22:40

    Namangan hokimi 100 yilligi nishonlanayotgan maktabdagi “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi

    O‘zbekiston | 24 may, 22:00

    Quyoshdan himoyalovchi kremlardan foydalanishda tez-tez uchraydigan xatolik aniqlandi

    Layfstayl | 24 may, 21:40

    Samarqand 2025-yili Islom dunyosining madaniyat poytaxtiga aylanadi

    O‘zbekiston | 24 may, 21:25

    Superliga. “Neftchi” o‘z maydonida bir kishi kam bo‘lib qolgan “Sho‘rtan”ni tor-mor etdi

    Sport | 24 may, 21:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.