• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +39°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda aholi dam olishi uchun foydalaniladigan yerlarni muhofaza qilish kuchaytiriladi

    Oliy Majlis qonunchilik palatasining 2025-yil 7-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan majlisida aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini qondirish va dam olishi uchun foydalaniladigan yerlarni muhofaza qilishni kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilindi.

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Qonun loyihasida davlat mulki hisoblangan hamda aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini qondirish va dam olishi uchun foydalaniladigan yerlarni yoki ularning bir qismini xususiylashtirish yoxud boshqacha tarzda begonalashtirish, ushbu yerlarda binolar va inshootlarni qurish (bundan yengil turdagi obyektlar mustasno) yoki mavjud binolar va inshootlarning qurilish maydonlarini kengaytirish, shuningdek bu yerlarning hududini qisqartirish taqiqlanmoqda.

    Majlisda qonun loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorlash davomida mas’ul qo‘mita tomonidan bir qator yig‘ilishlar, seminarlar o‘tkazilgani, ularda deputatlar bergan barcha takliflar chuqur tahlil qilinib, asosli deb topilganlari loyiha matnida aks etgani va hujjat har tomonlama pishiq-puxta holatga keltirilgan holda, maromiga yetkazilgani qayd etildi.

    O‘zbekistonda madaniy hordiq maskanlari hududini qisqartirish, ularda bino-inshoot qurishni taqiqlash ko‘zda tutilgan qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 26-noyabrdagi yig‘ilishida birinchi o‘qishda qabul qilingandi.

    Prezident Oliy Majlis Qonunchilik palatasining birinchi majlisidagi nutqida saylov kampaniyasi davrida partiyalar ilgari surgan va xalq qo‘llab-quvvatlagan har bir taklif, albatta, ko‘rib chiqilishi va amalga oshirilishini qayd etgandi. Jumladan, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining istirohat bog‘lari, sayilgoh, xiyobonlarni xususiylashtirishni taqiqlash bo‘yicha pozitsiyasi ko‘pchilikning ko‘nglidagi gap bo‘lgani aytilgan.

    Shundan kelib chiqib, “Adolat” SDP va Ekologik partiyaning Qonunchilik palatasidagi fraksiyalari a’zolari tomonidan ushbu qonun loyihasi ishlab chiqildi va Qonunchilik palatasiga kiritildi.

    Deputatlar tashabbusi bilan ishlab chiqilgan qonun loyihasida madaniy hordiq maskanlarini, ularning yerlarini hamda ushbu yerlardagi bino-inshootni begonalashtirishni, madaniy hordiq maskanlari hududini qisqartirish, ularda bino-inshoot qurish (yengil turdagi obyektlar bundan mustasno) yoki mavjud bino-inshootni qurilish osti maydonini kengaytirishni taqiqlash nazarda tutilmoqda. Bu turdagi huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun jinoiy javobgarlik kuchaytirilmoqda.

    Bundan tashqari, qonun loyihasi bilan Botanika bog‘lari muhofaza etiladigan tabiiy hududlar ro‘yxatiga kiritilyapti. “Botanika bog‘lari” va ularning yerlarini ham begonalashtirish, ularning hududida bino-inshootlar qurish yoki qurilish osti maydonlarini kengaytirish taqiqlanmoqda.

    Qonunchilik palatasi matbuot xizmatining bildirishicha, O‘zbekistonda ushbu masalaga jiddiy yondashilayotgani bejiz emas. Deputatlarning bu boradagi o‘rganishlaridan ma’lum bo‘lishicha, so‘nggi yillarda davlat mulki hisoblangan umumiy foydalanishdagi bog‘lar, sayilgoh, xiyobon va daraxtzorlar hududida bino-inshootlarni qurish amaliyoti kengayib borayotgani ko‘p yillik daraxtlarning kesilishiga, atrof muhit ifloslanishiga, oqibatda aholining haqli noroziligiga sabab bo‘layotgandi.

    Qolaversa, bugungi kunda madaniy hordiq maskanlari va ular hududlarining huquqiy himoyasi yetarli darajada mustahkamlanmagan. Hordiq maskanlari va ular joylashgan yerlarni xususiylashtirish, bunday obyektlar hududida bino-inshoot qurilishini taqiqlovchi qat’iy normalar mavjud emas edi.

    Deputatlarning aytishicha, ushbu qonun loyihasining qabul qilishini “yashil”, ko‘kalamzor zonalarni muhofaza qilish, aholining madaniy hordiq chiqarish maskanlari muhofazasini kuchaytirish, ekologiya va atrof-muhitni yaxshilanishiga xizmat qiladi.

    8 yanvar, 09:19   Izoh (0)   2402
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #daraxtzorlar#xiyobonlar#istirohat bog‘lari#Botanika bog‘i

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qashqadaryodagi 100 ming gektar yaylovni yashil ekinlar bilan qoplash dasturi amalga oshiriladi

    25.10.2023, 16:14

    O‘zbekistonda 2024-yildan boshlab o‘rmon fondi yerlari “E-ijara” orqali ijaraga beriladi

    26.12.2023, 12:16

    O‘zbekistonda suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalari loyihalari uchun imtiyozli kreditlar ajratiladi

    08.01.2024, 12:16

    Turar joylar oldidagi yerlar xalqniki bo‘lishi kerak — “Adolat” partiyasi

    15.03.2024, 21:55

    Iqlim o‘zgarishi oqibatida 2050-yilga borib Markaziy Osiyo mamlakatlarida suvga bo‘lgan talab 50 foizgacha oshishi kutilmoqda

    19.06.2024, 22:10

    Ekopartiya: Qurilish maqsadida daraxtlarni noqonuniy kesgan tadbirkorlarning yerga bo‘lgan huquqini bekor qilish tartibini joriy qilishni taklif etmoqda

    17.10.2024, 21:35

    O‘zLiDeP: Yangi uy-joy qurishda pudratchilarga “yashil hudud” va avtoturargoh barpo etish majburiy etib belgilanishini targ‘ib qildi 

    18.10.2024, 17:15

    O‘zbekistonda 2025-yili 2 mln gektardan ziyod yerda meva-sabzavot, dukkakli va poliz mahsulotlari ekiladi

    25.11.2024, 21:59

    O‘zbekistonda istirohat bog‘lari, sayilgoh va xiyobonlarni xususiylashtirishni taqiqlash rejalashtirilmoqda 

    26.11.2024, 11:55

    Yangi Toshkent shahridagi 420 gektar maydonda Markaziy bog‘ barpo etiladi

    28.12.2024, 14:12

    Fotojamlanma: Yuqoridan olingan manzaralarning go‘zalliklari

    4 yanvar, 13:29
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Eronni uran boyitish ishlarini davom ettirayotganlikda aybladi

    Dunyo | 5 iyul, 19:05

    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!

    Reklama | 5 iyul, 18:48

    Kelasi hafta avvalida harorat biroz pasayadi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 18:25

    Yashil energiyaga zarba: Tramp yangi qonun bilan imtiyozlarni bekor qildi

    Dunyo | 5 iyul, 18:00

    Toshkentda 33 yoshli ayolni fohishalik uchun Moskvaga jo‘natayotgan shaxs ushlandi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 17:50

    Namanganda gaz tarmog‘iga o‘g‘rincha ulanib olgan bog‘ egasi davlatga 1,4 mlrd so‘m zarar yetkazdi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 17:00

    “Liverpul” Jotaning oilasiga futbolchi bilan tuzilgan shartnoma bo‘yicha maosh to‘lab boradi

    Sport | 5 iyul, 16:53

    O‘zbekistonda 6-iyul kuni havo harorati 45 darajagacha ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 5 iyul, 16:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.