• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12705.79
    • RUB159.2
    • EUR14704.41
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Iqtisodiyot

    O‘zbekistonda so‘nggi 5 yilda tadbirkorlar tomonidan qancha ish o‘rinlari yaratilgani ma’lum qilindi

    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” 2025-yilning 1-yanvar holati bo‘yicha davlat tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hisobotini “Daryo”ga taqdim etdi. 

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Unga ko‘ra, 2018—2024-yillar mobaynida kompaniya tadbirkorlikni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida 46,7 ming nafar biznes egasining 51 mingta loyihasiga jami 17,7 trillion so‘m miqdorida moliyaviy yordam ko‘rsatdi. Buning natijasida mamlakatda 382,8 mingga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratildi.

    “Bu shunchaki raqam emas, balki qariyb 383 ming oilaning qora qozoni qaynayotganidan, ularning iqtisodiy holati kun sayin yaxshilanib borayotganidan dalolatdir”, deyiladi hisobotda.

    Kompaniya 2024-yilda yangi moliyaviy instrumentlar joriy etish orqali xizmatlar sonini 2 tadan 24 tagacha oshirishga erishdi. Ushbu xizmatlar tadbirkorlarga bizneslarini kengaytirish va barqaror rivojlantirishda keng imkoniyatlar yaratdi.

    Tadbirkorlar bilan o‘zaro samarali hamkorlik natijasida kompaniya:

    • 13,6 mingta loyiha uchun ajratilgan 10,5 trillion so‘m kreditga kafil bo‘ldi;
    • 33,5 mingta loyiha doirasida 6,6 trillion so‘mlik kompensatsiya to‘ladi;
    • 4 ta loyihaga 5,6 milliard so‘m ulush kiritdi;
    • 10 ta loyihaga 57,9 milliard so‘m xizmatlar ipotekasi berdi;
    • 2 ta loyihaga 17 milliard so‘m qarz taqdim etdi;
    • 3 657 ta loyihaga ajratilgan 334 milliard so‘mlik mikrokreditlarni qayta moliyalashtirdi;
    • 124 ta loyihaga 156 milliard so‘m miqdorida resurs ajratdi.

    Bugungi kunda kompaniya xizmatlar ipotekasi bo‘yicha 238,2 milliard so‘mlik va qarz moliyaviy yordami bo‘yicha 203,4 milliard so‘mlik loyihalar ustida ish olib bormoqda.

    Hisobot davrida kompaniya moliyaviy ko‘magidan Xorazm (2,1 trillion so‘m), Toshkent viloyati (1,7 trillion so‘m), Buxoro (1,6 trillion so‘m) va Toshkent shahri (1,6 trillion so‘m) tadbirkorlari eng ko‘p foydalangan.

    Tadbirkorlarga ko‘rsatilgan xizmatlar statistikasi (2024-yil yakuni bo‘yicha)

    Shuningdek, yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha Andijon (56 991 ta), Farg‘ona (35 466 ta), Xorazm (32 916 ta), Samarqand (49 491 ta) hamda Namangan (27 402 ta) viloyatlari yetakchilik qilmoqda.

    Sohalar kesimida tahlil qilinsa, yordamlarning

    • 9,3 trillion so‘m qismi qishloq xo‘jaligi,
    • 4,4 trillion so‘mi sanoat,
    • 3,7 trillion so‘mi xizmat ko‘rsatishga to‘g‘ri keladi.

    Qolgan 336 milliard qismi esa garovsiz kreditlarni qayta moliyalashtirishga tegishli.

    Hisobotda ta’kidlanishicha, kompaniya xizmatlaridan foydalanayotgan ayol tadbirkorlar soni izchil oshib bormoqda. Bugungi kunda ularning soni 6 mingga yaqinlashgan.

    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” haqida 

    Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi prezident farmoni bilan 2023-yilda “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” sifatida qayta tashkil etilgandi. Natijada kompaniya tomonidan biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi instrumentlar joriy etilmoqda va amaldagi yordam turlari kengaytirilmoqda. 

    Farmon qabul qilingungacha kafillik faqat kichik tadbirkorlarga berilardi. Hozirda o‘rta biznes ham bunday kafillik olishi  mumkin. Ilgari kafillik faqat milliy valyutadagi kreditlarga berilgan bo‘lsa, endilik tadbirkorlar xorijiy valyutadagi kreditlari uchun ham kafillik olishi mumkin.

    Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha 2024-yil yakunlari va 2025-yilga asosiy rejalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishida “Tadbirkorlarimiz qancha boy bo‘lsa, xalqimiz shuncha farovon yashaydi, davlatimiz shuncha qudratli bo‘ladi. Tadbirkorning yutug‘i – bu butun xalqimizning yutug‘i”, deb aytgandi.

    20 yanvar, 12:03   Izoh (1)   6199
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #tadbirkorlar

    Izoh (1)

    Kirish
    1. asilbekumarov921@gmail.com / 20 yanvar, 15:44

      Предприниматели в Узбекистане действительно вдохновляют! За последние 5 лет они создали множество рабочих мест, что значительно способствует экономическому развитию страны и улучшению жизненного уровня людей. Это свидетельствует о росте предпринимательской активности и поддержке новых идей. Молодцы!

      Javob berish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda yil yakunigacha tadbirkorlar loyihalari uchun 1,4 trln so‘mlik yordam berilishi kutilmoqda 

    29.07.2024, 19:55

    O‘zbekistonda tadbirkorlarga beriladigan mikrokreditlar miqdori 3 karra oshiriladi 

    20.08.2024, 13:06

    O‘zbekistonda ayrim tadbirkorlarga 100 mln so‘mgacha garovsiz mikrokreditlar ajratiladi 

    09.09.2024, 10:20

    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi”ga qo‘shimcha vazifalar yuklatildi 

    09.09.2024, 11:25

    Shavkat Mirziyoyev “chempion” tadbirkorlarni ko‘paytirish kerakligini aytdi

    20.12.2024, 17:03

    “Tadbirkorlarimiz qancha boy bo‘lsa, xalqimiz shuncha farovon yashaydi” — prezident boshchiligidagi yig‘ilishdan muhim iqtiboslar

    20.12.2024, 18:39

    O‘zbekistonda 2028-yilga qadar qo‘shilgan qiymat solig‘i va foyda solig‘i stavkalari oshirilmaydi

    29.12.2024, 23:15

    Prezident huzuridagi Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoatchilik kengashi va ekspert guruhlari tarkibi tasdiqlandi

    31.12.2024, 10:07

    “2024-yilda misli ko‘rilmagan narx inflyatsiyasi kuzatildi” — Ortda qolgan yil O‘zbekiston iqtisodi uchun qanday keldi? 

    2 yanvar, 15:50

    O‘zbekistonda tadbirkorlarga elektr energiya limiti bo‘yicha yengillik berildi

    3 yanvar, 10:43

    O‘zbekistonda joylashgan yeri o‘zgargan tadbirkorlar qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgani uchun endi davlat boji to‘lamaydi

    15 yanvar, 13:39

    O‘zbekistonda yil yakunigacha 200 ta tadbirkor xalqaro moliya bozoridan 2 mlrd dollar jalb qilishga tayyorlanadi

    16 yanvar, 16:54
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36

    G‘azodagi ayol va qizlar: Isroil qamali ostida ularning hayoti qanday kechmoqda? (foto)

    13 iyun, 08:31
    Audio Icon

    “Hokim uyingni ekskavator bilan buzib tashlayman deb po‘pisa qilyapti”, — Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berilmadi

    11 iyun, 20:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda Dynamic Tower qurilishi mumkin

    O‘zbekiston | 15 iyun, 14:13

    Aguero: “Ronaldu Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatini televizorda ko‘rayapti”

    Sport | 15 iyun, 14:00

    Misrdan gepatit C ga qarshi dori vositalari uchinchi partiyasi O‘zbekistonga yetib keldi

    O‘zbekiston | 15 iyun, 12:52

    “Liverpul” ikki hujumchisini 105 mln yevroga pullamoqchi

    Sport | 15 iyun, 12:37

    Parkentda 3 nafar bola suvga cho‘kib vafot etdi

    O‘zbekiston | 15 iyun, 11:48

    Qozog‘istonda ham ilk AESni “Rosatom” quradi

    Dunyo | 15 iyun, 11:38
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.