• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12965.34
    • RUB161.34
    • EUR14525.07
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” orqali ijtimoiy yordamlar “Kambag‘al oilalar reyestri”ga kirgan oilalarga ko‘rsatiladi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev 28-yanvar kuni ijtimoiy yordamlarning manzilliligini oshirish, nogironligi bo‘lganlarni parvarishlashning yangi tizimiga oid taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Bu haqda 13-dekabrda bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida topshiriq berilgan edi. Shunga muvofiq, jahon tajribasi va hayot talabini inobatga olgan holda, qator takliflar ishlab chiqildi.

    Jumladan, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” orqali ijtimoiy yordamlar “Kambag‘al oilalar reyestri”ga kirgan oilalarga ko‘rsatilishi belgilanmoqda. Bunda mablag‘larni tuman va shaharlardagi aholi, nogiron shaxslar va kambag‘al oilalar soniga mutanosib ravishda taqsimlash tartibi joriy etilmoqda.

    Oilaning kambag‘al deb eʼtirof etilishi uning aʼzolaridan qo‘shimcha ariza va hujjatlarni talab etmagan holda ijtimoiy yordamlar ko‘rsatilishiga asos bo‘ladi.

    Shu bilan birga, samarasiz va talab yuqori bo‘lmagan ijtimoiy yordamlar maqbullashtirilib, 28 turdagi ijtimoiy yordamning yagona ro‘yxati tasdiqlanadi. Ijtimoiy daftarlar hisobidan ajratiladigan davolanish va jarrohlik amaliyoti xarajatlarini Davlat tibbiy sug‘urta jamg‘armasi orqali moliyalashtirish tartibi joriy etiladi.

    Tuman (shahar) hokimliklari huzurida yuridik shaxs bo‘lmagan “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armalari tashkil etiladi. Uning mablag‘lari hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy-amaliy va infratuzilmaviy muammolarini bartaraf etish, sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va sportni rivojlantirish, ekologiya va atrof-muhitni asrash tadbirlariga sarflanadi.

    Davlat rahbari nogironligi bo‘lgan bolalarga alohida mehr-eʼtibor ko‘rsatish xayrli ekanini aytgan edi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Shu bois 3-18 yoshdagi nogironligi bo‘lgan bolalar uchun davlat-xususiy sheriklik asosida kunduzgi parvarish xizmatini yo‘lga qo‘yish taklif etilmoqda. Unga bolalar ota-onalar bilan tuzilgan ijtimoiy shartnoma hamda Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosasi asosida qabul qilinadi.

    2025-yil yakuniga qadar bu xizmatlar bilan 2 mingga yaqin og‘ir nogironligi bo‘lgan bolalarni qamrab olish rejalashtirilmoqda. Bu ularning onalari uchun ishlash va taʼlim olish kabi imkoniyatlar yaratib, oila farovonligiga xizmat qiladi.

    “Bolalar salomatligi” axborot tizimi ishga tushirilib, har bir farzandga qo‘yilgan tashxis tahlil qilib boriladi. Ularga tibbiy, reabilitatsiya, taʼlim, ijtimoiy xizmatlar kompleks ravishda ko‘rsatiladi.

    Bunday muassasalarga har bir bola uchun subsidiya va xaridlar uchun imtiyozli kreditlar ajratiladi. Ota-onalarning kunduzgi parvarish xizmatidan foydalangani uchun oyiga 3 million so‘mgacha bo‘lgan to‘lovlaridan soliq olinmaydi.

    Taqdimotda oilalarni kambag‘allikdan chiqarishga ko‘maklashish tadbirlari haqida ham axborot berildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Bu jarayon “yetti imkoniyat va masʼuliyat” tamoyili asosida tashkil qilingan. Oilaning ijtimoiy-iqtisodiy holati, daromadi va mulkni baholaydigan “Kambag‘al oilalar reyestri” axborot tizimi ishga tushirilgan.

    Shu asosida, 48 ming fuqaro ishga joylashtirildi, 10 mingdan ziyodi kasbga o‘qitildi, 14 ming nafariga kredit va subsidiyalar ajratildi. 140 ming oilaga shifokorlar biriktirildi, 38 ming fuqaroga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatildi. 32 ming bola bog‘chaga joylashtirilib, qariyb 7 ming yoshlar kirish imtihoniga tayyorlash uchun universitetlarga biriktirildi.

    Davlat rahbari takliflarni maʼqullab, kambag‘allik reyestrini oilalarning mehnatga layoqatiga qarab tabaqalashtirish, mehnatga layoqatli bo‘lmaganlarni davlat ijtimoiy himoyasiga olish, ularni ijtimoiylashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

    28 yanvar, 17:30   Izoh (0)   13131
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Prezident#Shavkat Mirziyoyev

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev Erdo‘g‘onga Turkiyaning tog‘-chang‘i kurortidagi kuchli yong‘in yuzasidan hamdardlik yo‘lladi

    21 yanvar, 21:01

    Toshkentda uxlab qolgan yo‘lovchi nomiga kredit olgan taksichi, O‘FA prezidentligini tark etgan Abdusalom Azizov, mashina urib yuborishi oqibatida vafot etgan 32 y...

    21 yanvar, 23:19

    Farg‘onada portlagan “zapravka”: ochiq qolayotgan savollar (18+)

    22 yanvar, 11:58

    Shavkat Mirziyoyev Rossiya mudofaa vazirini qabul qildi

    22 yanvar, 15:01

    “Kalmar o‘yini”dagi 456-raqamli o‘yinchi — aktyor Jon Je ishtirokidagi boshqa qiziqarli film va seriallar (treyler)

    28 yanvar, 13:14

    Nukus, Buxoro, Farg‘ona va Namangan texnika universitetlari tashkil etiladi

    22 yanvar, 18:12

    Sirdaryo viloyati hokimi etib tayinlangan Turdimov, O‘zbekiston MTJ bosh murabbiyligidan ketgan Katanes, Toshkentda rag‘batlantirilishi kutilayotgan milliy libosda...

    22 yanvar, 23:14

    Shavkat Mirziyoyev Antoniu Koshtani Yevropa kengashi rahbari lavozimiga saylangani bilan tabrikladi

    23 yanvar, 19:34

    O‘zbekistonda “Oziq-ovqat xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonun maʼqullandi

    24 yanvar, 10:27

    Shavkat Mirziyoyev “Amirsoy”da Sadir Japarov bilan norasmiy uchrashuv o‘tkazdi

    26 yanvar, 13:00

    Saida Mirziyoyeva O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishidan ko‘zlangan yakuniy maqsadni aytdi

    27 yanvar, 12:30

    Shavkat Mirziyoyev Aleksandr Lukashenkoni prezident saylovidagi g‘alabasi bilan tabrikladi

    27 yanvar, 12:53

    “Yozgacha jiddiy muzokaralar bo‘lmasa, Ukraina mavjudligi xavf ostida qolishi mumkin” — Budanov

    27 yanvar, 16:09

    Afrika rahbarlaridan tortib Lukashenkogacha: mamlakatni eng uzoq boshqarayotgan prezidentlar

    27 yanvar, 17:30

    Suriyada yangi hokimiyat tarafdorlari uch kunda kamida 35 kishini qatl etdi 

    27 yanvar, 19:15

    O‘zbekiston — Turkmaniston tovar ayirboshlash hajmi 2024-yili 1,1 mlrd dollardan oshdi

    27 yanvar, 18:15

    Prezident energiya samaradorligi hisobiga xarajatlarni qisqartirish bo‘yicha topshiriq berdi

    27 yanvar, 21:30

    Hindistonlik raqibasining qo‘lini siqmagani ortidan tanqidlarga uchragan Nodirbek Yakubboyev, Andijonda 11 yoshli qizini kaltaklab o‘ldirgan erkak, harakatlanish 3...

    27 yanvar, 22:45

    Yevropa ittifoqi Suriyaga qarshi sanksiyalarni bekor qiladi

    28 yanvar, 10:09

    AQSH va Meksika chegarasida otishma yuz berdi

    28 yanvar, 10:46

    O‘zbekiston chegara punktlarida avtomobillar uchun elektron navbat joriy etiladi

    28 yanvar, 11:15

    Tramp Isroildagi kabi “Temir gumbaz” yaratishni buyurdi

    28 yanvar, 14:33

    O‘zbekistonda gaz qazib olish ko‘payish o‘rniga, yana qisqardi

    28 yanvar, 12:18

    Selena Gomes AQSHda noqonuniy migrantlar ommaviy deportatsiya qilinayotgani haqida gapirayotib yig‘lab yubordi (video)

    28 yanvar, 15:14

    Ubaydulla Mingboyevga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi unvoni berildi

    28 yanvar, 13:59

    O‘tgan yili inflyatsiya nega kutilganidan baland bo‘ldi? Markaziy bank raisi javob berdi 

    28 yanvar, 16:29
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Isroil G‘azoda quruqlikdagi hujumni kuchaytirdi

    Dunyo | 18 may, 20:45

    Ronalduga 5 ta klub qiziqish bildirmoqda — Mirror

    Sport | 18 may, 19:55

    Xitoy Hindiston bilan mojaro payti Pokistonga yordam ko‘rsatdi — Bloomberg

    Dunyo | 18 may, 19:55

    Putinning Zelenskiy bilan uchrashish sharti ma’lum qilindi

    Dunyo | 18 may, 19:20

    Namanganda 1 sutkada bolalar avtomobil haydashiga oid 45 ta holat aniqlandi

    O‘zbekiston | 18 may, 18:51

    Rossiya Ukrainaga rekord miqdorda dron uchirdi

    Dunyo | 18 may, 18:23

    IFFHS: Barcha davrlarning eng zo‘r 10 nafar futbolchisi nomi ma’lum bo‘ldi (top-10)

    Sport | 18 may, 18:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.