O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, teatr va kino aktyori Ravshan Jo‘rayev bugun, 15-yanvar kuni 63 yoshida vafot etdi.
Bu haqda jurnalist Nasriddin Asriddinov maʼlum qildi.
O‘zbek sanʼatida yana bir yo‘qotish. Bugun teatr va kino aktyori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ravshan Jo‘rayev 63 yoshida vafot etdi.
Sanʼatkorning oila aʼzolariga, yaqinlariga chuqur taʼziya bildirib qolamiz. Allohim so‘nggi safarini xayrli qilsin, rahmatiga olsin! Joylari jannat bo‘lsin!
Ravshan Jo‘rayev “Bobur”, “Chaqaloq”, “Ko‘ngil ko‘chalari”, “Shaytanat”, “Buyuk sharaf” va boshqa filmlardagi rollari bilan tanilgan. Ayniqsa, “Ko‘ngil ko‘chalari” serialidagi obrazi orqali ko‘plab tomoshabinlar qalbidan joy olgan edi.
Izoh (0)