DXX hamda IIV tuzilmalari tomonidan 27-31-yanvar kunlari mamlakat miqyosida “Antiterror-tozalash” keng ko‘lamli tadbirlari olib borildi.
Kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish va unga salbiy taʼsir ko‘rsatuvchi shaxs va jinoiy guruhlarni aniqlash maqsadida jami 946 ta maxsus tadbirlar o‘tkazildi.
Og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etishga moyil, respublikadagi kriminogen vaziyatga salbiy taʼsir ko‘rsatuvchi 418 nafar shaxslar aniqlanib, ularga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.
Jinoyat ishlari doirasida 169 nafar shaxslar qamoqqa olinib, 42 ta jinoiy guruhlar faoliyatiga chek qo‘yildi. 399 nafar shaxslar maʼmuriy javobgarlikka tortilib, ularning 270 nafari maʼmuriy qamoqqa olindi. 109 nafar qidiruvdagi shaxslar ushlandi.
536 nafar shaxslar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, 402 nafari rasmiy ogohlantirildi.
Shuningdek, tadbirlar davomida noqonuniy muomaladan 80 ta qurol o‘q-dorilari bilan, 30 kg 337 gr giyohvandlik vositalari, 4 ming 521 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari, 186 dona tig‘, 22 dona bita va 17 dona kastetlar olindi.
Izoh (0)