Toshkent shahar hokimligi “Qo‘yliq”dagi holat bo‘yicha izoh berishi, Energetika vazirligi Boysundagi konda yana gaz otilganiga munosabat berishi, Toshkentda 80 dan ortiq yovvoyi hayvonlar tutqunlikda saqlab kelinayotgani aniqlanishi – “Daryo” nashri 5-mayda eʼlon qilingan O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid eʼtiborga molik xabarlarni bir joyga to‘pladi.
Xitoy kompaniyalari Jizzaxda quyosh elektr stansiyasini quradi
Buning uchun 2,08 mlrd Xitoy yuani miqdorida to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiya jalb etiladi.
Sirdaryoda 28 nafar bog‘cha bolasini olib ketayotgan Damas haydovchisiga chora ko‘rildi
Haydovchi jarimaga tortildi.
Click ustun mavqega ega deb topildi
Onlayn to‘lov tizimlari bozorida Click ustun mavqega ega raqamli platforma operatori deb e’tirof etildi.
Gibrid avtomobillarni ekologik sertifikatlash tartibi yuzasidan senator so‘rovi yuborildi
Bunday avtomobillarni bojxonada rasmiylashtirishda “Yevro-4” ekologik toifasidan kam emasligini tasdiqlovchi ekologik sertifikat talab etilayotgani keng muhokamalarga sabab bo‘layotgandi.
Bozor yopilmayapti — Toshkent shahar hokimligi “Qo‘yliq”dagi holat bo‘yicha izoh berdi
Ijtimoiy tarmoqlarda bozorni to‘liq buzish boshlangani haqida xabarlar tarqalgandi.
Aholi punktlari uchun xavf tug‘dirmaydi — Energetika vazirligi Boysundagi konda yana gaz otilganiga izoh berdi
Avariyani bartaraf etishda xorijdan jalb etilgan mutaxassislar ham faoliyat olib bormoqda.
O‘zbekistonlik talabalar xorijga ishlash va sayohatga borishi uchun ssuda ajratiladi
Work and travel dasturlarida ishtirok etuvchilarga foizsiz qarz beriladi.
O‘zbekistonda pensiyalarning maydagi to‘lovi haqida ma’lumot berildi
Mablag‘lar tijorat banklariga moliyalashtirilgan.
O‘zbekiston chegarasida ushlab qolingan madaniy boyliklar summasi e’lon qilindi
Madaniy meros agentligi 2025 yilning 1-choragi bo‘yicha ma’lumot berdi.
Toshkentda 80 dan ortiq yovvoyi hayvonlar tutqunlikda saqlab kelinayotgani aniqlandi
Ular orasida 4 dona sher ham bor.
Haj mavsumida O‘zbekistondan Saudiya Arabistoniga charter aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi
Joriy yilda Uzbekistan Airways 6 mingdan ziyod ziyoratchi tashuvini amalga oshiriladi.
Samarqandda ayol 7 oylik bolasini ko‘chaga tashlab qochib ketdi (video)
Sirdaryo viloyatida yashovchi ayolning shaxsi aniqlandi.
Toshkentda Lacetti urib yuborgan 13 yoshli bola vafot etdi
Haydovchi qamoqqa olindi.
Jizzaxda 60 sotix yerni 205 mln so‘mga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovga qadar surishtiruv o‘tkazilmoqda.
Kiberjinoyatlarni fosh etishda Markaziy bank, to‘lov tizimi va IIO vakillaridan iborat tezkor guruh faoliyati yo‘lga qo‘yiladi
Firibgarlar tomonidan soxta raqamlar orqali fuqarolarga qo‘ng‘iroq qilishlari texnik cheklanadi.
Ichki ishlar organlari tarkibida Raqamli texnologiyalar va huquqiy statistika departamenti tashkil etiladi
Shuningdek, Ichki ishlar vazirligi huzurida “Raqamli loyihalar ofisi”ni tashkil etiladi.
Sirdaryoda sug‘orish tarmoqlari taʼmirlanib, ikki yilda 20 ming gektar yer qayta foydalanishga kiritiladi
Prezident Sirdaryoda qishloq xo‘jaligi sohasidagi ishlarni yangi yondashuvlar asosida tashkil etish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.
Senator oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vaziriga bir vaqtda ikkita OTMda o‘qish imkoniyati yuzasidan so‘rov yubordi
Fuqarolarga bir vaqtning o‘zida davlat va nodavlat OTMlarining ikkitasida tahsil olish imkoniyati yuzasidan tushuntirish berish so‘ralgan.
Bo‘stonliqqa ketayotgan Malibuʼda ayol “lyuk”dan tanasini chiqarib harakatlandi (video)
Mazkur video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, unga chora ko‘rilishi so‘ralgandi.
Davlat boshqaruvi akademiyasi Prezident huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi etib qayta tashkil etiladi
Shavkat Mirziyoyev istiqbolli kadrlarni maqsadli tayyorlash va mutaxassislarning xorijda taʼlim olishini qo‘llab-quvvatlashga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
Izoh (0)