• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +39°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Dunyoning eng qashshoq prezidenti 89 yoshida vafot etdi

    Dunyoning eng qashshoq prezidenti sifatida tanilgan Urugvay sobiq rahbari Xose Muxika 89 yoshida vafot etdi. Bu haqda amaldagi davlat rahbari Yamandu Orsi ma’lum qildi.

    Foto:
    Foto: “porunmundomasjusto.es”
    Chuqur qayg‘u bilan shuni ma’lum qilamizki, hamkasbimiz Xose Muxika vafot etdi. Prezident, aktivist, yetakchi... Bizga bergan hamma narsangiz va xalqingizga bo‘lgan chuqur muhabbatingiz uchun tashakkur, deb yozdi u X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

    Urugvay hukumati mamlakatda 16-maygacha motam e’lon qildi. Mamlakat ichki ishlar vaziri Karlos Negro dafn marosimida xorijiy delegatsiyalar ishtirok etishiga umid bildirdi.

    Xose Muxika 1935-yil 20-mayda tug‘ilgan. Yoshligida Tupamaros so‘l radikal partizan harakati a’zosi bo‘lgan va buning uchun 14 yil harbiy qamoqxonalarda o‘tirgan. U 2010—2015-yillarda Urugvay prezidenti lavozimida ishlagan, so‘ngra mamlakat parlamentiga saylangan. 2018-yil avgust oyida u vakolatlari 2020-yilda tugashiga qaramay, iste’foga chiqish to‘g‘risidagi arizasini yozgan. Sobiq prezident buning sababini “uzoq yo‘ldan charchagani” bilan izohlagan.

    Davlat rahbari sifatida u juda kamtarona hayot kechirgan. Rafiqasi bilan qishloq uyida yashagan va deyarli barcha maoshini xayriya ishlariga sarflagan. Shu sababli OAVda uni “dunyodagi eng qashshoq prezident” deb atay boshlashgan. Muxikaning prezidentlik davri Urugvay dunyoda birinchi bo‘lib marixuanani qonuniylashtirgani bilan esda qolarli bo‘ldi.

    2024-yili Xose Muxikaga qizilo‘ngach saratoni tashxisi qo‘yilgan edi. Yanvar oyida u saraton kasalligi boshqa a’zolarga ham tarqala boshlaganini aytib, vatandoshlari bilan vidolashgandi. Urugvay sobiq prezidenti saratonni davolashdan bosh tortgandi. U dafn etilishi uchun barcha tayyorgarliklarni ko‘rib qo‘yganini ta’kidlagandi.

    Prezidentlik davrida Xose Muxika saroyda yashashdan bosh tortgan, buning ustiga maoshining katta qismini xayriya ishlariga sarflagan. U prezidentlik lavozimini egallagan paytda uning yagona mulki 1987-yilgi Volkswagen Beetle avtomobili edi.

    14 may, 09:23   Izoh (0)   7646
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Urugvay#Xose Muxika

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistondagi tiqilinchda 11 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 5 iyun, 12:32

    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi

    Reklama | 5 iyun, 12:00

    Qurbon hayiti kuni Toshkent metrosi vaqtincha bepul bo‘ladi

    O‘zbekiston | 5 iyun, 12:25

    Viktoriya Bekhem Netflix uchun hujjatli serial tayyorlamoqda

    Layfstayl | 5 iyun, 11:59

    Yaponiyada dengiz suvida eriydigan plastik yaratildi (video)

    Dunyo | 5 iyun, 11:50

    Qurbon hayiti kuni ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin

    O‘zbekiston | 5 iyun, 11:36

    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi

    Reklama | 5 iyun, 10:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.