• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12980.16
    • RUB161.63
    • EUR14606.57
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo Biznes

    Pul, qurol va siyosat: Trampning Saudiya Arabistoniga tashrifida nimalarga erishildi?

    AQSH rahbari Donald Tramp ikkinchi prezidentlik muddatidagi ilk xorijiy tashrifini 13-may kuni Ar-Riyodga amalga oshirdi. Tashrif davomida AQSH va Saudiya Arabistoni “tarixdagi eng yirik mudofaa oldi-sotdi shartnomasini” imzoladi. Yana bir qancha iqtisodiy bitimlar ham tuzildi. Bu haqda BBC xabar berdi.

    Foto: Associated Press
    Foto: Associated Press

     

    Oq uy bayonotida aytilishicha, mamlakatlar o‘rtasidagi qurol-yarog‘ kelishuvi 142 milliard dollarga teng. Shartnoma Saudiyaga AQSHning o‘nga yaqin mudofaa kompaniyalarining harbiy texnikasi va xizmatlarini yetkazib berishni o‘z ichiga oladi. Shartnoma quyidagi beshta yo‘nalishni o‘z ichiga oladi:

    • Harbiy havo kuchlarini rivojlantirish va kosmik salohiyat;
    • Havo va raketaga qarshi mudofaa;
    • Dengiz va qirg‘oq xavfsizligi;
    • Chegara xavfsizligi va quruqlikdagi kuchlarni modernizatsiya qilish;
    • Axborot-kommunikatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish

    Kelishuv  Saudiya Arabistoni qurolli kuchlari salohiyatini oshirishni ham ko‘zlagan. U harbiy akademiyalar va harbiy-tibbiy xizmatlarni mustahkamlashni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, tashrif davomida quyidagi kelishuvlarga erishilgan.
    Unga ko‘ra, Saudiya Arabistoni AQSHga 600 milliard dollar sarmoya kiritish majburiyatini olgan. Bu sarmoyaning asosiy yo‘nalishlaridan biri Qo‘shma Shtatlar bo‘ylab sun’iy intellekt ma’lumotlar markazlariga bo‘ladi. Amerika texnologik kompaniyalari, o‘z navbatida, har ikki mamlakatda ilg‘or texnologiyalarga 80 milliard dollar sarmoya kiritishga va’da bergan.

    AQSH Saudiya Arabistoniga 14,2 mlrd dollarlik gaz turbinalari va energetika texnologiyalari hamda 4,8 mlrd dollarlik Boeing 737-8 yo‘lovchi samolyotlarini eksport qiladi. Iqtisodiyotning energetika va tog‘-kon sanoati o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida ham kelishuvlar amalga oshirilgan.

    Tramp yuqori martabali amaldorlar, jumladan, valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon bilan uchrashgan. Bu paytda Saudiya biznesining eng yirik vakillari bilan muzokaralarni Trampning maslahatchisi, milliarder Ilon Mask, OpenAI bosh direktori Sem Altman va Amerika delegatsiyasi tarkibida bo‘lgan kompyuter chiplari giganti Nivdia rahbari Jensen Xuang olib borgan.

    Foto: Bloomberg
    Foto: Bloomberg

    AQSH prezidenti bin Salmon bilan muzokaralardan so‘ng Saudiya-AQSH investitsiya forumida ishtirok etgan. Unda Citigroup, IBM, Qualcomm, Alphabet va Franklin Templeton rahbarlari ham qatnashgan.

    Suriyaga qarshi sanksiyalar bekor qilinadi

    Tramp mazkur tashrifida Suriyaga qarshi sanksiyalar bekor qilinishiga ham to‘xtaldi. Buni shaxsan Muhammad bin Salmon undan so‘ragani aytilmoqda. Amerikaning Suriyaga qarshi sanksiyalari 10 yildan ortiq vaqtdan beri amal qilmoqda.

    Suriyaning yangi prezidenti Ahmad ash-Shara’a mazkur sanksiyalar bekor qilinishiga erishmoqchi. Chunki cheklovlar hokimiyatdan ag‘darilgan sobiq president Bashar Asad davrida joriy etilgandi.

    Sanksiyalarni bekor qilish to‘g‘risidagi e’lon Suriya uchun kutilmagan yangilik bo‘ldi. Mamlakatda dengiz masalasida o‘zgarish bo‘lishi kutilmoqda. Suriya tashqi ishlar vaziri Asad Shibani buni mamlakatni qayta qurish yo‘lidagi “yangi boshlanish” deb ta’rifladi. Sanksiyalarning olib tashlanishi arab davlatlaridan va turli xalqaro yordam agentliklaridan Suriyaga xalqaro kapital oqimi kirishini ta’minlaydi.

    Tramp 14-may kuni Saudiya Arabistonida Suriya prezidenti Ahmad ash-Shara’a bilan uchrashishi rejalashtirilgan.

    14 may, 09:48   Izoh (0)   3973
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #AQSH#Saudiya#Suriya#shartnoma#harbiy kelishuv#Fors ko‘rfazi

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Eron Fors ko‘rfazida harbiy mashg‘ulotlar boshladi

    08.11.2021, 15:20

    AQSH Eron tahdidlari ortib borayotgani sababli Fors ko‘rfazida havo mudofaa tizimini kuchaytiradi

    23.05.2024, 09:35

    Tramp Fors ko‘rfazidagi boy mamlakatlardan “yangi G‘azo” uchun mablag‘ talab qilmoqda 

    7 fevral, 18:35

    Tramp Fors ko‘rfazini Arab ko‘rfazi deb nomlamoqchi — OAV 

    7 may, 11:15

    Qatar elchixonasi Trampga “uchar saroy” sovg‘a qilinishiga munosabat bildirdi

    12 may, 16:50

    Tramp qaytganidan so‘ng AQSH obro‘si butun dunyo bo‘ylab keskin pasaydi — Politico

    12 may, 20:25
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xonanda Madonna hayoti haqida serial suratga olinadi

    Kino | 15 may, 07:45

    Mavritaniyaning sobiq prezidenti 15 yilga qamaldi

    Dunyo | 15 may, 07:10

    Fransiyada hayvonot bog‘ida chaqmoq urishi oqibatida 13 kishi jarohat oldi

    Dunyo | 14 may, 23:55

    “Rossiya-Ukraina mojarosining yakuni butun Yevropa taqdirini hal qiladi” — Fridrix Merts

    Dunyo | 14 may, 23:40

    Robert De Niro “Oltin palma yaprog‘i”ni qo‘lga kiritdi va Donald Trampni tanqid qildi

    Kino | 14 may, 23:25

    Turkiya hukumati Tramp tashrifini 15-mayda emas, balki yaqin kunlarda kutmoqda — OAV

    Dunyo | 14 may, 23:16
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.