• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12857.35
    • RUB163.45
    • EUR14672.81
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Haj – 2025” mavsumida hojilarga qancha ellikboshi va mingboshi xizmat qiladi?

    “Haj – 2025” mavsumida hojilarga 14 nafar mingboshi, 303 nafar ellikboshi xizmat qilishi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi xabar berdi. 

    Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi

    Ma’lum qilinishicha, 7-may kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov raisligida “Haj – 2025” mavsumida hojilarga xizmat ko‘rsatadigan ellikboshilar ishtirokida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

    Tadbir avvalida muftiy ellikboshilarni ushbu mas’uliyatli vazifaga tayinlangani bilan tabriklab, joriy yilda hojilarga xizmat ko‘rsatish uchun 14 nafar mingboshi, 303 nafar ellikboshi, shuningdek, ishchi guruhi, shifokorlar va oshpazlar jalb qilingani haqida ma’lumot berdi.

    Muftiy ellikboshilar va guruh rahbarlariga haj amallarini to‘g‘ri tushuntirish, yangi fiqhiy masalalardan xabardor bo‘lish, Fatvo markazi tomonidan e’lon qilinayotgan muhim fatvolarni hojilarga yetkazish kabi masalalarga jiddiy e’tibor qaratish lozimligini ta’kidladi.

    Yig‘ilish davomida hojilar uchun mo‘ljallangan maxsus Call-markaz va Telegram-bot ishga tushirilgani, Madina shahrida hojilarga maxsus beyjik-bitoqa taqdim etilishi va ularni doimo taqib yurishlari lozimligi haqida axborot berildi.

    “Haj amalini bajarayotgan kishiga ko‘mak bergan, uning og‘irini yengil qilgan inson ulug‘ ajru savoblarga noil bo‘ladi, inshoalloh. Shu bois har bir ellikboshi ana shunday ulug‘ darajalarni maqsad qilib, Rahmonning mehmonlariga O‘zi rozi bo‘ladigan darajada sidqidildan xizmat qilishi lozim”, deydi Nuriddin Xoliqnazarov.

    Yig‘ilishda Makka va Madinadagi ishchi guruhlar faoliyati, ziyoratchilarning ibodatlari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, aviaqatnovlar jadvali, mehmonxonalar tayyorgarligi, Mino, Arafot va Muzdalifadagi joylarning holati xususida ham axborot berildi.

    Shuningdek, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Obidjon Qodirov va Shifokorlar guruhi rahbari Alisher Saatov tashkiliy ishlar, tibbiy xizmat, hujjatlar, jamoaviy intizom, xavfsizlik va ogohlik masalalarida muhim tavsiyalarni berdi.

    Tadbir yakunida yilgi haj mavsumining muvaffaqiyatli o‘tishi uchun duolar qilindi.

    O‘zbekistondagi 2025-yilgi haj mavsumi 13-maydan boshlanadi.

    O‘zbekistonda haj kvotasi so‘nggi yillarda 3 barobarga oshirilgan

    O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov o‘zbekistonliklar uchun haj kvotasi so‘nggi yillarda 3 barobarga oshirilib, har yili 15 ming nafar o‘zbekistonliklar hoji bo‘lgani, umra ziyoratchilari soni bir necha yuz mingni tashkil etayotgani, ularga bo‘lgan hurmat-e’tibor, shart-sharoitlar borgan sari yaxshilanib borayotganini ma’lum qilgandi. 2024-yilgi haj mavsumida O‘zbekistonda 15 150 nafar ziyoratchi haj amalini bajargan.

    Saudiya Arabistoni qirolligi Sog‘liqni saqlash vazirligi chiqargan me’yoriy hujjatga ko‘ra, hajga boruvchilar meningitga qarshi emlanishi zarur. Sanepidqo‘mita ham O‘zbekistonga yuqumli kasalliklarning chetdan kirib kelishini oldini olish va epidemiologik barqarorlikni saqlab qolish maqsadida ziyoratchilarni meningitga qarshi emlash tavsiya etgan.

    Narxlar qanday o‘zgaryapti?

    2019-yilda O‘zbekistonda bir kishining hajga borib kelishi 33,3 mln so‘mni (o‘sha paytdagi kurs bo‘yicha 3879 dollar) tashkil etgan. Pandemiyadan so‘ng 2022-yilga kelib haj ziyorati narxi keskin (deyarli ikki baravar) oshgan va bir kishilik to‘lov 62 million 900 ming so‘m etib belgilandi. O‘shanda Musulmonlar idorasi narx qimmatlashishiga Saudiya hukumati haj safariga doir qo‘shimcha soliq va majburiy to‘lovlar joriy etgani, transport hamda boshqa qator xizmatlar qiymati keskin oshganini sabab qilib ko‘rsatgan edi. Shundan so‘ng ham narxlar oshishda davom etdi — 2023-yilda 68 million 760 ming so‘m, 2024-yilda esa 73 million 970 ming so‘mni tashkil etgan. O‘zbekistonlik ziyoratchilar 2025-yilgi haj mavsumi uchun 78 million 670 ming to‘laydi.

    Haj uchun to‘langan mablag‘ ichiga nimalar kiradi?

    • Haj vizasi;
    • Aviabilet (Madinayi munavvaraga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareys);
    • “Zam-zam Pullman”, “Kraun Plaza” (Madina shahrida) hamda “Abroj al-Hidoya” (Makka shahrida) mehmonxonalarida yashash;
    • Shaharlararo (Madina—Makka—Jidda) transport xizmati;
    • Hojilarning tibbiy sug‘urtasi;
    • 3 mahal issiq ovqat: nonushta, tushlik va kechki ovqat;
    • Madinadagi Uhud tog‘i, Qubo va ikki qiblali masjidlarga ziyorat;
    • Makkadagi Mino, Arofat va Muzdalifa vodiylaridagi barcha xizmatlar;
    • 24/7 rejimidagi tibbiy xizmat;
    • 24/7 rejimidagi transport xizmati;
    • Qurbonlik;
    • Zamzam suvi (5 litr);
    • Respublikaning 7 ta hududidan kuzatish va kutib olish;
    • Davlat ramzlari tushirilgan nimcha va sumka;
    • Haj qo‘llanmasi.

    Bu borada firibgarliklar

    Toshkentda to‘rt kishini hajga jo‘natish uchun 23,6 ming dollar olgan shaxs ushlangan edi. Din ishlari bo‘yicha qo‘mita O‘zbekistonda so‘nggi ikki oyda o‘tkazilgan tekshiruvlarga ko‘ra, umra litsenziyasiga ega bo‘lmasdan ushbu xizmatni ko‘rsatayotgan 31 ta sayyohlik firmasi mas’ullariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qilgandi. Ushbu qo‘mita ham noqonuniy turfirma yoki turagentlardan ogoh bo‘lishga chaqirgandi. 

    O‘zbekistonda umra tadbirlarini tashkil etish

    2024-yil iyulida O‘zbekistonda umra tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish litsenziyalanadigan faoliyatning alohida turi sifatida belgilandi. Hukumat qarori bilan quyidagi litsenziya talab va shartlari joriy etilgan. Litsenziyaga ega bo‘lmagan tadbirkorlik subyektlari tomonidan umra xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun yuridik shaxslarga solinadigan jarimalar miqdorlari BHMning 200 baravari (75 million so‘m) etib belgilangan.

    7 may, 22:18   Izoh (0)   4400
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #haj#umra

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Mask BMTni moliyalashtirishni to‘xtatishni taklif qildi

    Dunyo | 4 iyun, 00:25

    Jennifer Lopesning O‘zbekistondagi konsertiga chiptalar sotuvi qachon boshlanishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 4 iyun, 00:00

    Li Chje Myon Janubiy Koreyaning yangi prezidenti etib saylandi

    Dunyo | 3 iyun, 23:45

    Janubiy Koreyadagi hukmron partiya rahbari saylovlardagi mag‘lubiyatini tan oldi

    Dunyo | 3 iyun, 23:38

    Andijonda haydovchining rulda chalg‘ib qolishi oqibatida 6 ta mashina to‘qnashdi (video)

    O‘zbekiston | 3 iyun, 23:30

    “Daryo” dayjesti: 3-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 3 iyun, 23:20

    Kanadadagi keng ko‘lamli o‘rmon yong‘inlari Oydan ham narida ko‘rinmoqda

    Dunyo | 3 iyun, 23:10

    Farg‘onada 55 sotix yerni 5 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi

    O‘zbekiston | 3 iyun, 22:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.