AQSH prezidenti o‘z hukumatiga San Fransiskodagi orolda joylashgan mashhur sobiq qamoqxona — Alkatrasni qayta ochish va kengaytirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Bu haqda BBC xabar berdi.
-HCq2R4aH.avif)
Men Qamoqxonalar byurosiga sezilarli darajada kengaytirilgan va qayta qurilgan Alkatrasni qayta ochishni buyuraman. Juda uzoq vaqtdan beri Amerika yovuz, zo‘ravon va takroriy jinoyatchilar tomonidan azoblanmoqda. Alkatrasning qayta ochilishi qonun, tartib va adolat ramzi bo‘lib xizmat qiladi. U Amerikaning eng shafqatsiz va zo‘ravon jinoyatchilarini o‘z bag‘riga oladi, deb yozdi Tramp o‘zining Truth Social sahifasida.
Yetakchi demokratlarning aytishicha, bu qaror hali jiddiy emas. The Rock nomi bilan ham tanilgan bu joy 1963-yilda yopilgan. Orolda joylashganligi sababli qamoqxona ta’minoti 3 baravar qimmatga tushgan. Bugungi kunda u sayyohlik maskani sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.
Alkatras dastlab dengiz mudofaa qal’asi bo‘lgan. XX asr boshlarida harbiy qamoqxona sifatida qayta qurilgan. Adliya vazirligi 1930-yillarda binoni o‘zlashtirdi va federal qamoqxona tizimidan mahkumlar shu yerga joylashtirilgan. Qamoqxona mashhur mahbuslari qatorida gangsterlar Al Kapone, Mikki Koen va Jorj “Mashina quroli” Kelli bor.
Qamoqxona 1962-yilda Burt Lankaster ishtirokidagi Birdman of Alcatraz filmi bilan mashhur bo‘lgan. Bu yerda shuningdek, 1996-yilda Sean Connery va Nicolas Cage ishtirok etgan The Rock filmi ham suratga olingan.
Izoh (0)