• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12880.35
    • RUB156.68
    • EUR14535.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Erkaklarning, otalarning jamiyatdagi rolini qayta ko‘rib chiqishimiz kerak” — Alisher Qodirov bilan suhbat

    “Milliy tiklanish” partiyasi yetakchisiga ko‘ra, bugun erkak oila ustuni, farzandlar uchun namuna ekani unutilib, barcha muammolar erkaklar va otalar bilan bog‘liq holda ko‘rilyapti. Shuning uchun ham Otalar kunini belgilash va bu orqali otalarning mavqeini ko‘tarish zarurati yuzaga kelmoqda.

    Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikerining o‘rinbosari, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi Alisher Qodirov ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilingan maqolasida Otalar kunining ahamiyati, farzand tarbiyasida va umuman jamiyat rivojida otalarning tutgan o‘rni haqida o‘z mulohazalarini bildirgan. “Daryo” muxbiri muallif bilan maqolaga turtki bo‘lgan omillar va axloq tarbiyasiga oid tendensiyalar haqida suhbatlashdi.

    — Maqolada shunday so‘zlar bor: “Otalar tog‘ bo‘lardi. Bugun zo‘ravon, nomussiz, alimentdan qochib yuradigan, xotinboz va hokazo...”. Ayting-chi, bunday holatlar tobora ommaviy tus olyaptimi yoki “bitta holat ham jamiyat uchun ko‘p” degan fikrdan kelib chiqdingizmi?

    — Biz so‘nggi paytlarda otalik institutini juda ham qoralab yubordik. To‘g‘ri, bunday mummoga duch kelmaydigan jamiyatning o‘zi yo‘q. Lekin, afsuski, mana shunga o‘xshash salbiy holatlarni ommalashtirishga urinishga guvoh bo‘lyapmiz. So‘nggi yillarda kuzatilayotgan tendensiyalarga qarasak, ayollarga, farzandlarga nisbatan zo‘ravonlik bo‘lyapti va bu zo‘ravonlikni erkaklar amalga oshiryapti, degan tushuncha ommalashib bormoqda. Yaʼni “barcha adolatsizliklar ayollar va bolalarga nisbatan sodir etilyapti, erkaklarga nisbatan emas, bor yomonliklarning sababchisi erkaklar” kabi noto‘g‘ri qarashlarning tarqalishi oqibatida biz erkakni qora rangda tasvirlayapmiz. Erkak oila ustuni ekanligini, erkak farzandlar uchun namuna ekanligini, jamiyatdagi muammolarni bartaraf etuvchi shaxs ekanligini unutib, barcha muammolar erkaklar va otalarga bog‘liq holda ko‘rilyapti. Men shu holatga eʼtiroz bildirmoqchi bo‘ldim.

    — Ota o‘z farzandlariga avvalo shaxsiy namunasi bilan tarbiya beradi. Ro‘zg‘orni taʼminlash, ayoliga gul sovg‘a qilish, oila shaʼnini himoya qilish — bular hammasi shaxsiy namuna asosida amalga oshiriladigan ishlar. Lekin biz otalarni bu imkoniyatdan mahrum qilib qo‘ymayapmizmi? Qaysi maʼnodaki, otalar oylab chet ellarda ishlashga majbur, farzandlar esa otasiz o‘syapti?

    — Insoniyat borki, otaning o‘rni va qadri bor. Oila butun jamiyatning va insoniyatning shakllanishi uchun drayver — harakatlantiruvchi kuch sifatida muhim institut hisoblanadi. Binobarin, oilani otasiz tasavvur qilish noto‘g‘ri. Biroq bugun “rivojlangan dunyo” oilani otasiz tasavvur qilishni boshladi. Oila otasiz yashashi mumkinligini baralla gapiryapti va o‘zicha isbotlayapti. Feministik harakatlar ayollarga erkaklarning kerak emasligi, farzandlarni otasiz voyaga yetkazish mumkinligi haqidagi gap-so‘zlarni tarqatmoqda. Bu bizning tushunchamizdagi “butun oila”, yaʼni otaning o‘z o‘rni va onaning o‘z o‘rnini belgilaydigan hamda farzand uchun ham otaning, ham onaning naqadar zarur ekanligini taʼkidlaydigan va tasdiqlaydigan madaniyatimizga nisbatan xorijda “otasiz oila bo‘lishi mumkin” qabilidagi g‘oyalarning bosimi kuchayib borayotganini ko‘rsatadi.

    Ayolining farovonligini taʼminlaydigan, farzand uchun ibrat bo‘ladigan, oila shaʼni uchun tog‘dek turib beradigan va vatanni himoya qiladigan erkak obrazi qattiq silkitilmoqda. Bizning jamiyatimizga ham bu o‘zining muayyan taʼsiri bilan kirib kelyapti. Bunday sharoitda biz o‘z oila madaniyatimizni va qadriyatlarimizni zaiflashtirmasligimiz kerak. Haqiqiy ota obrazini shakllantirishimiz lozim. Har qanday vaziyatda ham erkakning, otaning ohorini to‘kmasligimiz kerak.

    Suhbat davomida
    Foto: “Daryo”

    — Maqolada yozilganidek, bugun maktablarda erkak o‘qituvchilar juda kam. Gap faqat maoshda emas, nazarimda. Erkak o‘qituvchi qattiqqo‘llik qiladi, gapini o‘tkazadi, biroq ota-ona kelib o‘qituvchini do‘pposlagandan keyin “jamiyatning o‘ziga erkak o‘qituvchi kerak emas ekan”, degan xulosa kelib chiqmaydimi?

    Ko‘pgina muammolarning asl mohiyati — jamiyatda yaqqol ko‘rinib turgan masalalarni yechishda hamfikr bo‘la olmayotganimizda. Jamiyatning ikkiga bo‘lingan holda bir to‘xtamga kela olmasligi ham bugun O‘zbekistonga xos muammolardan biri. Shunga o‘xshash holat otalik instituti bilan bog‘liq. Bugungi kunda bog‘cha va maktablarga eʼtibor qaratyapmiz. Ammo bog‘chalarimizda erkakning roli umuman yo‘q. Misol uchun, Yaponiyaning bog‘cha tizimiga eʼtibor qaratadigan bo‘lsak, u yerda erkaklarga ustuvorlik beriladi. Negaki, aynan bog‘cha yoshida intizomga o‘rgatish muhim ekani eʼtirof etiladi. Maktabdagi taʼlim jarayonida ham intizom nihoyatda zarur. Bolaning erkinligini taʼminlash, o‘ynab-kulishi uchun vaqt ajratish kerak, ammo dars tayyorlash, vazifalarga nisbatan masʼuliyatli bo‘lishini taʼminlash erkak o‘qituvchilarni taqozo etadi. Bog‘cha va maktab haqida gapirayapmiz-u, lekin asosiy muammo bundan ham chuqurroqda, yaʼni oilada. Oiladagi otani yo‘qotyapmiz.

    Muammolarning barchasi ota oilada o‘z vazifasini bajarish uchun qilayotgan saʼy-harakatlar jamiyat tomonidan qo‘llab-quvvatlanmayotgani bilan bog‘liq. Bizning qadriyatlarimizga zid bo‘lgan yevropacha “yolg‘iz oilalar”, “erkin ayol”, “faol ayol”, “ayol erkaksiz bemalol oilani boshqara oladi” kabi fikrlar juda keng tarqatilyapti, qo‘llab-quvvatlanyapti. Go‘yoki ayolning muammosiga ham erkak sababchi, jamiyatdagi muamolarga ham erkak sababchi... Mana shunday keng tarqatilayotgan va qo‘llab-quvvatlanayotgan fikr jamiyatda erkakning rolini zaiflashtirib yuboryapti. Oqibatda ajrashishlar ko‘payib bormoqda. Buning oldini olish uchun “bog‘cha-maktab-oila” uchligi orqali tarbiya uzluksizligini taʼminlash, tarbiya jarayonida faqatgina ayollar emas, erkaklarning, otalarning rolini ham qayta ko‘rib chiqishimiz kerak. Bu masalani qadriyatlarimiz nuqtayi nazaridan tadqiq qilsak, ko‘p narsa oydinlashadi.

    — O‘zbek onalari nihoyatda xokisor, zahmatkash, farzand kamoli uchun har qanday mashaqqatga tayyor. Siz maqolada “Agar onalar shavkatli farzandlar uchun halovatidan voz kechmasa, otasini tanimaydigan farzandlar nafaqat onasi, balki butun jamiyatni nafsiga qurbon qiladi”, deb yozgansiz. Shuni kengroq izohlab bersangiz, onalar qanday halovatdan voz kechishi kerak?

    — Bugungi kun onalari farzand tug‘ilgandan so‘ng 3-5 oy o‘tgach, bolani buvisiga yoki biror yaqiniga qoldirib, ishga chiqib ketyapti. Bu, albatta, iqtisodiy masala bilan bog‘liq. Yaʼni onalar o‘z daromadidan voz kechmaslik uchun farzandidan voz kechyapti. Bu qisqa davr ichida onaga va jamiyatga nisbatan bemehr insonlarning “tarbiyasi” uchun qo‘shilgan hissa sifatida o‘zimizga qaytib keladi. Halovatdan kechish nima degani? Biz onalarni qanday tasavvur qilishimizni eslaylik. Onalar kechalari o‘z halovatidan kechib, butun mehrini farzandiga beradi. Onalar shu ishni bemalol qila olishi uchun ularning suyanchig‘i otalar bo‘lishi kerak. Ayol bemalol otaga suyana olishi kerak, uni non topish dardi qiynamasligi lozim. Shundagina u butun diqqat-eʼtiborini farzandiga qarata oladi.

    Man shu “to‘liq oila” madaniyati. Shu mexanizm ishlasa, oilaga va jamiyatga mehr bera oladigan inson shakllanadi. Ko‘ryapsizmi, ota obrazi qanchalik muhimligini? Taassufki, bugun ayol o‘ta faollashishi natijasida farzandga eʼtibor susaydi, oqibatda bolalar asabiyroq bo‘lib boryapti, bolalar jinoyatchiligi kuchaydi, hatto maktablarda qotilliklar sodir etilyapti. Bularning bari onadan ko‘rilmagan mehr oqibatlaridir.

    — Shu suhbat eʼlon qilingach, “Alisher Qodirov ayollarning huquqlarini cheklamoqchi, u ayollarning ishlashiga qarshi” degan fikrlar bildirilishi ehtimolga yaqin. Siz bu kabi gap-so‘zlarga qanday munosabat bildirgan bo‘lar edingiz?

    — Ayolning ilm olishi, ishlashi va faol bo‘lishi, u olima bo‘lishi, boshqaruvchi bo‘lishi — bularning birortasiga qarshi emasman. Lekin shuni taʼkidlab aytmoqchimanki, farzandning ilk go‘daklik davrini onasiz tasavvur qilish noto‘g‘ri. Ayol farzandli bo‘lgandan so‘ng dastlabki 3-5 yil davomida farzandi oldida bo‘lishini taʼminlash zarur, kerak bo‘lsa, qonunlarimizga ham o‘zgartirishlar kiritish lozim. Bu yerda ayolni kamsitish emas, ayolning tabiiy va voz kechib bo‘lmas vazifasini amalga oshirish uchun sharoit yaratish haqida gap ketmoqda. Va bu jarayonda otaning muhim roliga ahamiyat qaratilyapti. Ayol farzandi uchun zarur mehrni berar ekan, biz jamiyatda asabiy va qotillikka qo‘l urishdan qaytmaydigan odamlarni ko‘rmaymiz. Chunki jinoyatning ildizi bemehrlikka borib taqaladi. Shuningdek, farzand ko‘rgan ayollarga tarbiya treninglarida ishtirok etish sharti bilan 3 yilgacha haq to‘lanadigan onalik taʼtili berish taklifi ustida ishlayapmiz.

    Suhbat davomida
    Foto: “Daryo”

    — “Otalar kuni jiddiy siyosiy-ijtimoiy kun sifatida ommalashtirilishi zarur”, deb yozgansiz. Bu qanday amalga oshadi va, umuman, siz o‘z tasavvuringizdagi ota obrazini chizib-taʼriflab bera olasizmi?

    — Ota, birinchi navbatda, o‘z oilasi, farzandlari va ayoli oldidagi masʼuliyatini anglab yeta oladigan, daromadini oila farovonligi uchun yo‘naltiradigan inson. Ishsizlik, yetishmovchilik... Bugungi kunda erkaklar juda ko‘p muammolar qarshisida qoldi, buni tan olishimiz kerak. Lekin erkak kurashuvchan, u tabiatan jangchi. Ota deganda o‘sha muammolarni yengib o‘tib, o‘z oilasini himoya qilayotgan insonni tasavvur qilaman. Mana shunga intilayotgan va mana shu “jang” ichida bo‘lgan erkakni davlat qo‘llab-quvvatlashi kerak. Yaʼni erkak obrazi to‘g‘ri shakllanishi lozim. Salbiy misollarni hadeb ko‘rsataversangiz va ularga urg‘u beraversangiz, albatta, o‘z-o‘zidan yomon obraz paydo bo‘laveradi.

    Yuqorida aytilganidek, otaning, erkakning to‘g‘ri obrazini shakllantirib olishimiz zarur. Nima uchun Otalar kunini eʼlon qilish mumkin emas? Deylik, 8-martda ayollarga qanchalik hurmat-ehtirom ko‘rsatamiz... Shu singari otalarga va erkaklarga ham eʼtibor beriladigan, ularning mehnatiga rahmat aytiladigan, ularni ulug‘laydigan kun bo‘lsa, tadbirlar, ijtimoiy loyihalar tashkil etilsa, eng mushkul muammolarni hal etayotgan otalarimiz uchun bu juda yaxshi qo‘llab-quvvatlash bo‘lar edi. Bu o‘z navbatida, ko‘pgina inqirozlarni bartaraf etishda ijobiy rol o‘ynaydi. Men hozircha faqat Otalar kuni haqida gapiryapman, lekin umuman olganda, keng qamrovli tahlillar o‘tkazilishi kerak...

    20.06.2024, 16:28   Izoh (0)   5593
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Alisher Qodirov o‘qishga kirolmagan barcha o‘g‘il bolalarni majburiy harbiy xizmatga jo‘natishni taklif qildi

    20.03.2024, 11:02

    “O‘zbekistonda yashayotgan barcha millatli vatandoshlar o‘zbek tilini bilishlari shart”. Alisher Qodirov Rossiya Davlat dumasi spikeriga javob qaytardi

    14.05.2024, 10:06

    “Sovetofob ekanimni tan olaman” — Alisher Qodirov

    29.05.2024, 10:33

    “Otalar kuni jiddiy siyosiy-ijtimoiy kun sifatida ommalashtirilishi zarur” — Alisher Qodirov

    19.06.2024, 14:01

    O‘zbekistonda dollar kursi pastladi

    20.06.2024, 16:14

    “Koreya katta urushni boshidan o‘tkazgan, xarobalar va iqtisodiy muammolar ostida qolgandi” — Koreya elitasi mamlakat rivojini nimalar bilan bog‘laydi? 

    20.06.2024, 16:03
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda Equinox tez yordam mashinasi bilan to‘qnashdi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 22:50

    Samarqandda uch kishi bir bolani kaltakladi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 22:40

    Toshkentda elektr tarmoqlar korxonasining ikki xodimi 10 ming dollar pora olayotganda ushlandi

    O‘zbekiston | 12 may, 22:30

    Navoiyda maktab direktori o‘quvchilarni kaltakladi

    O‘zbekiston | 12 may, 22:20

    Yevropa Ittifoqi Ukrainaga Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan 900 mln yevro ajratadi

    Dunyo | 12 may, 22:20

    Pentagon migrantlarni Guantanamoga olib borish va qaytarish uchun millionlab dollar sarfladi

    Dunyo | 12 may, 22:10

    Qamchiq dovonida ikki kishi yuk mashinasi xandaqqa tushib ketishi oqibatida kabinaga qisilib qoldi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 21:50

    “Turmushga chiqishimni o‘ylab bunday rollarni rad etyapman”. Aktrisa Nozanin Gaffarova kasbidan voz kechmasligi va katta tanqidga uchragani haqida

    Layfstayl | 12 may, 21:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.