“Afrosiyob” tezyurar poyezdlari harakatlanish jadvaliga 8-oktyabrdan boshlab o‘zgartirish kiritiladi. Bu haqda “Temiryo'lekspress” matbuot xizmati xabar berdi.
Yangilangan jadvalga ko‘ra, yo‘lovchi poyezdlari quyidagi vaqtdan boshlab harakatlanadi:
- 764-sonli Toshkent—Qarshi yo‘nalishi: Toshkent 6:28 — Qarshi 10:07
- 766-sonli Toshkent —Samarqand yo‘nalishi: Toshkent 6:51 — Samarqand 9:21
- 768-sonli Toshkent — Buxoro yo‘nalishi: Toshkent 7:27 — Buxoro 11:38
- 770-sonli Toshkent — Buxoro yo‘nalishi: Toshkent 7:54— Buxoro 12:11
- 778-sonli Toshkent — Buxoro yo‘nalishi: Toshkent 6:03— Buxoro 10:14
- 774-sonli Toshkent — Shahrisabz yo‘nalishi: Toshkent 6:28— Shahrisabz 11:12
- 772-sonli Toshkent — Buxoro yo‘nalishi: Toshkent 19:39 — Buxoro 00:01
- 763-sonli Qarshi — Toshkent yo‘nalishi: Qarshi 17:29 — Toshkent 21:10
- 765-sonli Samarqand — Toshkent yo‘nalishi: Samarqand 17:39 — Toshkent 20:12
- 767-sonli Buxoro — Toshkent yo‘nalishi: Buxoro 16:24 — Toshkent 20:38
- 769-sonli Buxoro — Toshkent yo‘nalish: Buxoro 15:00 — Toshkent 19:19
Bundan bir necha oy avval “O‘zbekiston temir yo‘llari” xorijiy hamda mahalliy sayyohlarning tarixiy shaharlarda uzoqroq bo‘lishini ta’minlash maqsadida yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” poyezdlari ertalabki qatnovlarini bir soat oldinga ko‘chirishni rejalashtirganini ma’lum qilgandi.
Izoh (0)