Birja savdolarida Ai-80 benzinning tonnasi 78,1 ming so‘mga qimmatlab, 9 million 726 ming so‘mga chiqqan. Bu haqda UZEX xabar bermoqda.
Bir yil avval Ai-80 benzinning tonnasi o‘rtacha 7 million 228 ming so‘mdan sotilgan. Ya’ni, bir yil davomida mazkur markadagi benzinning narxi 35 foizga qimmatlashgan.
8-oktyabr kuni o‘tkazilgan savdo yakunlari bo‘yicha:
- dizel yoqilg‘isining tonnasi 12 million 138 ming so‘m, yarim foizga;
- suyultirilgan gazning tonnasi 8 million 465 ming so‘m, 2,7 foizga arzonlagan.
Iyul oy davomida benzin 0,7 foizga arzonlashgan, metan narxi o‘zgarmagan, propan esa 3,8 foiz qimmatlashgani qayd etilgan.
Markaziy bank tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, sentyabr oyi yakunlari bilan sezilgan inflyatsiya 13,4 foizni tashkil etgan. Poytaxt Toshkentda eng yuqori 15,4 foizli inflyatsiya sezilgan.
Izoh (0)