• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +42°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Abdulla Aripov SHHT hukumat rahbarlari kengashining majlisida ishtirok etdi

    Islomobod shahrida 15—16-oktyabr kunlari Shanxay Hamkorlik Tashkiloti hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston bosh vaziri matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: O‘zbekiston bosh vaziri matbuot xizmati

    Maʼlum qilinishicha, bosh vazir Abdulla Aripov 16-oktyabr kuni mazkur sammitda ishtirok etdi.

    Uchrashuvda tomonlar xalqaro vaziyat keskinlashayotgani, davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro ishonch susayayotgani, qarama-qarshilik va raqobat kuchayayotgani, ekologiya, oziq-ovqat va energetika xavfsizligi sohasidagi tahdidlar natijasida geosiyosiy keskinlik vujudga kelayotganiga eʼtibor qaratdi.

    Shavkat Mirziyoyev SHHTning Ostona sammitida so‘zlagan nutqida ushbu masalaga to‘xtalib “Bunday murakkab vaziyatda SHHTning asosi bo‘lgan tamoyillarga sodiqligimizni saqlash va yanada mustahkamlash favqulodda muhimdir. Ana shu tamoyillar tufayli Tashkilot bugungi yutuqlarga erishdi, xalqaro masalalarda yuksak nufuz va barqarorlashtiruvchi o‘ringa ega bo‘ldi”, deya taʼkidlagan edi.

    O‘zbekiston bosh vaziri mamlakatlar ulkan iqtisodiy salohiyatga ega ekanini inobatga olib, birgalikdagi saʼy-harakatlar bilan tashkilot makonida ko‘ptomonlama sheriklik mustahkamlanishini taʼminlash mumkinligini qayd etdi. Davlat rahbari tomonidan bu borada Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar rahbarlari kengashining Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida ilgari surgan taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.

    Savdo to‘siqlarini bartaraf etish, texnik reglamentlar va sertifikatlashtirish, fitosanitariya hamda veterinariya nazorati tizimlarini yaqinlashtirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlarni kiritish muhim ahamiyatga egaligi qayd etildi.

    Foto: O‘zbekiston bosh vaziri matbuot xizmati

    O‘zaro investitsiyalarni, birinchi navbatda, infratuzilma, yuqori texnologiyali sanoat va xizmat ko‘rsatish sohasini rag‘batlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni tayyorlash, samarali ishbilarmonlik muloqoti platformasini yaratish maqsadida har yili SHHT Expo xalqaro sanoat ko‘rgazmasini tashkil etish taklif etildi.

    Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li va Transafg‘on yo‘lagini qurish bo‘yicha loyihalar alohida ahamiyatga ega ekani taʼkidlandi.

    Yig‘ilishda O‘zbekistonda “yashil” energetikani jadal rivojlantirish bo‘yicha kompleks dastur amalga oshirilayotgani maʼlum qilindi.

    Xususan, har yili taxminan 2 GVt quyosh va shamol energiyasini ishlab chiqarish quvvati joriy qilinmoqda. “Yashil” vodorodni sanoatda ishlab chiqarish loyihasi ustida amaliy ishlar boshlandi.

    Kam uglerodli rivojlanishga o‘tish tendensiyasini hisobga olgan holda, mamlakatlarimiz energetika vazirliklariga qayta tiklanadigan energiya manbalariga investitsiyalar va texnologiyalarni jalb qilishni rag‘batlantirish bo‘yicha keng qamrovli hamkorlik rejasini ishlab chiqish taklifi ilgari surildi.

    Majlisda IT sohasi va raqamli texnologiyalarni rivojlantirish, aholi turmush darajasini yuksaltirish, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda samarali hamkorlik qilish, o‘zaro ishonch, yaxshi qo‘shnichilik va do‘stlikni mustahkamlash singari masalalar yuzasidan ham atroflicha mulohazalar bildirildi.

    Majlis so‘nggida qator hujjatlar imzolandi.

    16.10.2024, 18:18   Izoh (0)   2326
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Abdulla Aripov#Bosh vazir#SHHT

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar hukumat rahbarlari Toshkentda yig‘ildi

    02.11.2019, 11:05

    Abdulla Aripov ShHT davlatlarini o‘zaro parvozlarni bosqichma-bosqich tiklashga chaqirdi

    30.11.2020, 22:11

    Qirg‘iziston prezidenti SHHT sammitida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga yetib keldi

    14.09.2022, 17:30

    “Afg‘oniston tadbirkorlari barcha soliqlardan ozod etiladi” — Laziz Qudratov ikki davlat o‘rtasida erishilgan kelishuvlar haqida

    19.08.2024, 20:20

    Ozarbayjon prezidenti rafiqasi hamrohligida O‘zbekistonga keldi (foto)

    22.08.2024, 16:28

    “Daryo” dayjesti: 22-avgustning eng muhim xabarlari

    22.08.2024, 22:50

    Ko‘ksaroyda Ozarbayjon prezidentini rasmiy kutib olish marosimi — suratlarda 

    23.08.2024, 12:53

    “Do‘stlaringni o‘zingga yaqin tut, dushmanlaringni yanada yaqinroq”: siyosatshunos O‘zbekiston tomonidan Afg‘onistonda qurib berilayotgan madrasa haqida fikr bildi...

    23.08.2024, 12:40

    “Tolibon” delegatsiyasi Termizga tashrif buyurdi 

    29.08.2024, 15:05

    Termizda Markaziy Osiyodagi birinchi erkin savdo zonasi ochildi (foto)

    29.08.2024, 20:06

    Rossiya hukumati raisi Mixail Mishustin O‘zbekistonga keldi

    09.09.2024, 18:06

    “Daryo” dayjesti: 9-sentyabrning eng muhim xabarlari 

    09.09.2024, 22:45

    Toshkentda O‘zbekiston va Rossiya hukumatlararo qo‘shma komissiyaning navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi 

    10.09.2024, 00:40

    O‘zbekistonda Rossiya dronlari ishlab chiqarilishi mumkin

    10.09.2024, 16:38

    O‘zbekistonda “Rossiya temir yo‘llari”ning vakolatxonasi ochiladi

    19.09.2024, 13:40

    Yerevanda Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasi va O‘zbekiston hukumatining 2024—2026-yillarga mo‘ljallangan qo‘shma tadbirlari rejasi imzolandi 

    01.10.2024, 20:50

    Abdulla Aripov Eron birinchi vitse-prezidenti Muhammad Rizo Orif bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi

    01.10.2024, 21:20

    Abdulla Aripov O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi raisi etib saylandi

    04.10.2024, 13:10

    “Daryo” dayjesti: 4-oktyabrning eng muhim xabarlari

    04.10.2024, 22:45

    O‘zbekiston Afg‘onistonda gaz qazib olish uchun 1 mlrd dollar sarmoya kiritadi. Maqsad “Tolibon”ni tinchlantirishmi yoki ...

    10.10.2024, 21:05
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Gitler haqidagi qo‘shiq tufayli Kanye Uestga Avstraliyaga kirish taqiqlandi

    Musiqa | 4 iyul, 11:51

    Gollivud aktyori Maykl Medsen vafot etdi

    Kino | 4 iyul, 11:34

    Tramp migrantlarga AQSH fermalarida qolishga ruxsat berishini aytdi

    Dunyo | 4 iyul, 11:25

    “Real” sobiq futbolchisi: “Ronaldu klubdagi barchaga iPhone va Apple Watch sovg‘a qilgan edi”

    Sport | 4 iyul, 11:17

    O‘zbekistonda 5-iyul kuni chang-to‘zon kuzatilishi mumkin

    O‘zbekiston | 4 iyul, 10:54

    Saudiya Arabistoni mudofaa vaziri Tramp bilan yashirincha uchrashdi

    Dunyo | 4 iyul, 10:43
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.