Toshkent shahri hokimining “Veolia Energy Tashkent MCHJ XK tomonidan ko‘rsatiladigan issiqlik taʼminoti xizmatlari uchun tartibga solinadigan yangi narxlar (tariflar)ni tasdiqlash to‘g‘risidagi” qarori qabul qilindi.
Yangi tariflar to‘g‘risidagi qaror 12-sentyabr kuni xalq deputatlari poytaxt Kengashi tomonidan qabul qilingandi.
Hokim qaroriga ko‘ra, Veolia Energy Tashkent MCHJ XK tomonidan ko‘rsatiladigan markazlashgan issiqlik taʼminoti xizmatlari uchun quyidagi narxlar tasdiqlandi:
- tartibga solinadigan bazaviy narx va budjet tashkilotlari tarifi amaldagi darajasida — 664 465 so‘m/Gkal va 801 963 so‘m/Gkal;
- aholi uchun 121 617 so‘m/Gkal;
- boshqa ulgurji tashkilotlarga 244 497 so‘m/Gkal.
Barcha narxlar qo‘shilgan qiymat solig‘isiz ko‘rsatilgan.
Avvalroq, tariflarning oshishiga issiqlik va issiq suv ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan energiya resurslari – gaz va elektr energiyasi narxlarining oshishi ta’sir ko‘rsatgani aytilgandi.
Izoh (0)